So’nggi yangiliklar

14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  1 13:50АҚШ терма жамоаси Почеттино қўл остидаги илк ўйинда ғалаба қозонди  1 13:21Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  1 12:27Ямалнинг жароҳати жиддийми?  3 11:53Подольски 39 ёшида фаолиятини якунлади. Хайрлашув ўйини Кёльнда 50 000 мухлис қаршисида бўлиб ўтди  5 11:20"Ювентус" ёзда Влаховични сотиши мумкин, нега?  0 10:50Баҳром Ҳайдаров: "Биринчи навбатда узоқ кутилган ғалаба билан барчани табриклайман"  0 10:16Ҳарри Магуайр қишда жамоани тарк этaди. МЮ футболчига нарх қўйди  7 09:44Алексей Евстафеев: "Бундай учрашувларда мағлуб бўлиб аламли"  3 09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  3 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  2 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  4 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  4 01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  6

Tailand va O'zbekiston o'zaro o'yinlar tarixi. Xirosima-94, Osiyo kubogi-2004 saralashi va Bangkokdagi mag'lubiyat Yangiliklar

Tailand va O'zbekiston o'zaro o'yinlar tarixi. Xirosima-94, Osiyo kubogi-2004 saralashi va Bangkokdagi mag'lubiyat

O'zbekiston terma jamoasi bugun Osiyo kubogi nimchorak final doirasida Tailand terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Biz esa milliy terma jamoamizning Tailandga qarshi uchrashuvlarini eslaymiz

Tailand terma jamoasiga qarshi dastlabki uchrashuvni uzoq 1994 yilda o'tkazganmiz. Sakkizinchi Osiyo o'yinlarida bo'lib o'tgan uchrashuvda terma jamoamiz 5:4 hisobida g'alaba qozongan.

Sakkizinchi Osiyo o'yinlari(Xirosima-94)

07.10.1994

Stadion: "Bingo kompleks", 721 muxlis

O'zbekiston 5:4 Tailand

Gollar:

1:0 - Mirjalol Qosimov, 10

2:0 - SHuhrat Maqsudov, 27

2:1 - Ornsomchit Somrit, 37

3:1 - Mirjalol Qosimov, 42

3:2 - Damrong Txavatchay, 50

4:2 - SHuhrat Maqsudov, 61

5:2 - Igor SHkvirin, 66

5:3 - Ornsomchit Somrit, 71

5:4 - PXANPRAPXAST Suchin, 88

O'zbekiston: Berdax Allaniyazov, Fevzi Davletov, Andrey Fedorov, Aleksandr Tixonov, Ulug'bek Ro'zimov, Abdusamat Do'rmonov, Abduqahhor Marifaliev, Mirjalol Qosimov, Rustam Do'rmonov, Igor SHkvirin, SHuhrat Maqsudov


Tailand terma jamoasiga qarshi dastlabki mag'lubiyatimiz 1999 yilda qayd etilgan. Bangkok shahrida bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida terma jamoamiz kichik 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan.

O'rtoqlik uchrashuvi

24.07.1999

Stadion: "Supachalasay", 30000 muxlis

O'zbekiston 0:1 Tailand

Gollar:

1:0 - Promrut CHokatevi, 13

O'zbekiston: Pavel Bugalo, Bahtiyor Ashurmatov, Rustam SHaymardonov, Mirjalol Qosimov, Davron Fayziev, Ilhom SHaripov, Aleksandr Xvostunov, Nikolay SHirshov, Ravshan Bozorov, Leonid Koshelev, Jafar Irismetov


Bir yil o'tar o'tmas Tailandga qarshi yana bir o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazganmiz va yana bir marotaba terma jamoamiz mag'lubiyatga uchragan.

O'rtoqlik uchrashuvi

18.05.2000

Stadion: "Depxassadin", 20000 muxlis

O'zbekiston 0:2 Tailand

Gollar:

1:0 - CHayman Terdsak, 29

2:0 - CHayman Terdsak, 75

O'zbekiston: Georgiy Zabirov, Fevzi Davletov, Asror Aliqulov, Davron Fayziev, Bahtiyor Qambaraliev, Gennadiy SHaripov, Bahrom Haydarov, Abduqahhor Marifaliev, Muxtor Qurbonov, Eldor Qosimov, Jafar Irismetov

2000 yilda Tailandliklar bilan ikki marotaba to'qnash kelganmiz va ikki uchrashuvda ham Tay yurti vakillariga engilganmiz. "To'rt millat kubogi" turnirida bronza medali uchun kechgan bahsda terma jamoamiz 2:4 hisobida raqibga engilgan.

"To'rt millat kubogi", 3-o'rin uchun bahs

03.09.2000

Stadion: "SHanxay", 40000 muxlis

O'zbekiston 2:4 Tailand

Gollar:

1:0 - CHalermsan Dusit, 9

2:0 - Suksomkit Suti, 18

3:0 - Pituratana Sakesan, 25

4:0 - CHayman Terdsak, 30

4:1 - Jafar Irismetov, 40

4:2 - Umid Isakov, 45

O'zbekiston: Georgiy Zabirov, Bahtiyor Ashurmatov, Rustam SHaymardonov, Bahtiyor Qambaraliev, Abdumajid Toirov, Otabek SHomurodov, Aleksandr Xvostunov, Vladimir Baranov, Muhtor Qurbonov, Jafar Irismetov, Quttiboev Nig'matulla



2001 yilgi "Merdeka" kubogida jamoalar yana bir bor to'qnash kelishgan. Ketma-ket ikki mag'lubiyatdan so'ng va nihoyat terma jamoamiz Tailandni mag'lub etishgan.

"Merdeka" kubogi, 1-tur

22.06.2001

Stadion: "SHoh Alam"

O'zbekiston 1:0 Tailand

Gollar: 

1:0 - Bahtiyor Hamidullaev, 69

O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Bahtiyor Ashurmatov, Oleg Sobirov, Asror Aliqulov, Fevzi Davletov, Ilya Klikunov, Bahodir Seitkamalov, Aleksandr Xvostunov, Bahodir Annamatov, Nig'matulla Quttiboev, Bahtiyor Hamidullaev


Osiyo kubogi-2004 saralashida Tailand bilan bir guruhdan joy olgandik. Toshkentdagi uchrashuvda terma jamoamiz ishonchli tarzda raqibni mag'lub etgandi.

Osiyo kubogi-2004 saralash musobaqasi, 2-tur

08.11.2003

Stadion: "Paxtakor", 8000 muxlis

O'zbekiston 3:0 Tailand

Gollar:

1:0 - Maksim SHackix, 22

2:0 - Vladimir SHishelov, 26

3:0 - Vladimir SHishelov, 71

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Nikolay SHirshov, Andrey Fedorov, Oleg Pashinin, Asror Aliqulov, Aleksandr Xvostunov, Vladimir Maminov, Server Jeparov, Andrey Akopyanc, Vladimir SHishelov, Maksim SHackix


Saralash musobaqasining javob uchrashuvini esa mehmonda o'tkazganmiz va yirik hisobda mag'lub bo'lganmiz, yakuniy hisob 1:4.

Osiyo kubogi-2004 saralash musobaqasi, 6-tur

21.11.2003

Stadion: "Rajamangala", 25000 muxlis

O'zbekiston 1:4 Tailand

Gollar:

1:0 - Noyvech Manich, 38

2:0 - Surasaing Nirut, 56

3:0 - Tongmaen Piavat, 78

4:0 - CHaykadi Sarayut, 81

4:1 - Leonid Koshelev, 88

O'zbekiston: Evgeniy Safonov, Asror Aliqulov, Sergey Lushan, Aleksey Nikolaev, Andrey Fedorov, Vladislav Kiryan, Timur Kapadze, Viktor Karpenko, Server Jeparov, Vladimir SHishelov, Andrey Akopyanc


2017 yil JCH-2018 saralash bosqichida ishtirok etayotgan terma jamoamiz Tailandga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini tashkil etadi. "Bunyodkor"da bo'lib o'tgan uchrashuvda esa terma jamoamiz 2:0 hisobida g'alaba qozongan. Sardor Rashidovning uzoq masofadan kiritgan goli ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak

O'rtoqlik uchrashuv

06.06.2017

Stadion: "Bunyodkor", 3556 muxlis

O'zbekiston 2:0 Tailand

Gollar:

1:0 - Temurxo'ja Abduholiqov, 67

2:0 - Sardor Rashidov, 90+3

O'zbekiston: Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreev, Egor Krimec, Otabek SHukurov, Akmal SHorahmedov, Aziz Haydarov, Vadim Afonin, Server Jeparov, Marat Bikmaev, Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeev

Hozirgi kunda Qatar maydonlarida bo'lib o'tayotgan Osiyo kubogiga saralash bosqichida terma jamoamiz Tailandga qarshi o'yin o'tkazgan edi. Namanganda bo'lib o'tgan uchrashuvda terma jamoamiz 2:0 hisobida g'alaba qozongan

Osiyo kubogi-2023 saralash musobaqasi, 3-tur

14.06.2022

Stadion: "Markaziy"(Namangan)

O'zbekiston 2:0 Tailand

Gollar:

1:0 - Jaloliddin Masharipov, 8

2:0 - Aziz Turg'unboev, 23

O'zbekiston: O'tkir Yusupov, Farruh Sayfiev, Rustam Ashurmatov, Dilshod Saitov, Umar Eshmurodov, Odil Hamrobekov, Otabek SHukurov, Jaloliddin Masharipov, Aziz Turg'unboev, Igor Sergeev, Eldor SHomurodov

 


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика