So’nggi yangiliklar

03:00ЕЧЛ. "Ливерпуль" "Энфилд"да "Реал Мадрид"ни ожиз қолдирди. Мбаппе муҳим паллада пенальтидан гол ура олмади  146 02:55ЕЧЛ. "Ювентус" ва "Астон Вилла" дуранг ўйнашди. "Боруссия Д"да йирик ғалаба ва бошқа натижалар  7 02:14Руд ван Нистелрой шу ҳафтанинг ўзида АПЛ клубида иш бошлайди!  0 00:50ОЧЛ-2. "Насаф" ўз уйида Қувайт клубига мағлуб бўлди, Комилов иккинчи голда қўпол хатога йўл қўйди  2 00:03"Бавария" Носир Ал Ҳелайфидан узр сўради  1 23:30ОЧЛ 2. "Шабаб Ал Аҳли" 0:2 ҳисобида орта бора туриб, якунда супер камбэк қайд этди. "Насаф" расман гуруҳда қолиб кетди  13 22:59Жамшид Искандеров "Навбаҳор"ни тарк этди(ми?)  14 22:37Рўзиқул Бердиев: "Мавсумнинг қайсидир қисмида 12 та мағлубиятсиз серия қайд этаётгандик, ҳозир эса кетма-кет тўртта мағлубият. Жуда ҳунук ҳолат"  49 21:51Тони Кроос "Golden boy" тақдимотида йил ўйинчиси мукофотига лойиқ кўрилди  4 21:2517 ёшли Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритди!  10 21:04ОЧЛ-2. "Насаф" чемпионликдан кейинги 4-ўйинида ҳам мағлуб бўлди  316 20:40Расман: "Интер Майами" Луис Суарес билан янги шартномани узайтирди  2 19:54Санья Мбаппе ҳақида: "Роналду "Реал"даги фаолиятини яхши бошламаган, Бенземанинг трансферини хато, Бекхэмникини эса омадсизлик деб аташган. Улар клуб афсоналарига айланишди"  7 19:26Моуринью: "Педри менда "Барселона"дан кўра кўпроқ таассурот қолдирди"  4 18:53Ламин Ямаль "Golden Boy" совринини қўлга киритади. Бу ҳақда бугун эълон қилинади  2

Tahlil. O'zbekiston guruh bosqichini qanday o'tkazdi? Yangiliklar

Tahlil. O'zbekiston guruh bosqichini qanday o'tkazdi?

Buni qarangki, musobaqaning guruh bosqichi o'z poyoniga etib bo'ldi.

Guruch va kurmaklar bir-biridan ajralib chiqdi. Srechko Katanec boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi guruh bosqichini 2ta durang, 1 g'alaba bilan ikkinchi o'rinda yakunladi. Aftidan olib qaralganda barchasi bizning rejamiz asosida ketmoqda. Taqdir ham bizga kulib boqmoqda. Ikkinchi o'rin kerakmidi? Yarim finalgacha o'rta darajadagi jamoalar raqib bo'lishi kerakmidi? Mana ol va imkoniyatdan foydalan. Lekin shu bilan xursandchilik qilishda davom etamizmi? Yo'q, albatta. CHunki har bir turdan so'ng qandaydir havotir yuzaga kelmoqda. Ko'ngilga taskin topmayapti. 


Startda Suriya sinovi 


Tarkib

Srechko Katanec bu o'yinga o'zining odatdagidek sxemasini tanladi. 3ta markaziy himoyachi Eshmurodov, Husanov, Ashurmatov, 2ta loterallar, Alijonov, Sayfiev 2ta tayanch yarim himoyachilari SHukurov, Hamrobekov va oldinda 2ta vinger Erkinov va Masharipov va nominal hujumchi rolida Oston O'runov. 

O'yin 

Suriyaning qanday o'ynashi, O'zbekiston ularga qanday o'yin taklif qilishi oldindan malum edi. Kuperdan ochiq va hujumkor o'yin kutish bu futbol ko'rmagan, uning uslubidan bexabar odamga o'xshardi. Katanec men kutgan tarkibni maydonga tushirdi. Oston ilk daqiqalardan SHomurodovning o'rnida harakat qildi. CHunki bu oldindan o'ylangan sxema edi. Ammo ko'rdikki suriyalik himoyachilar unga erkin harakat qilishga, istagancha o'ynashga yo'l qo'yib bermadi. Xulosa shuki, Oston yakunlovchi hujumchi emasdi. Birinchi bo'limda kim nima desa desin Farruh Sayfiev va Jaloliddin Masharipovning qanoti faolroq bo'ldi. Bu faollikka yarasha Suriyaning hujumlari ham aynan Sayfiev qanotidan keskin ko'rinish oldi.  Aytganimizdek, jarima maydonchasi ichida "zabivnoy" hujumchi yo'qligi aksariyat hollarda hujumlar faqat qanotda qolib ketishiga zamin yaratdi. Hujumlar zarbalar bilan tugagani yo'q. Etibor beradigan bo'lsak, o'yindagi dastlabki aniq zarba 85-daqiqaga kelib yo'llandi va bu Abbosbek Fayzullaevga tegishli bo'ldi. 

SHu kuni jarima maydonchasi ichida Suriya shunchalik zich himoyalandiki, individual kuchli futbolchilarimiz ham deyarli hech narsa qila olgani yo'q. Sergeev tushgach jarima maydonchasi ichiga uzatiladigan paslar ko'paydi. Mana shu joyda o'yinda taktik burilish yasash mumkin edi. Deylik 1ta himoyachining o'rniga hujumchi tushirish orqali tavakkal qaror qabul qilish mumkin edi.  Lekin Katanec ilk uchrashuvdan tavakkalga qo'l urishni istamadi va himoyachilarning o'rnini o'zgartirishsiz qoldirdi. Katanec buni quyidagicha izohladi: "Suriya ikki nafar tezkor va hujumkor o'yinchini maydonga tushirdi, shu sabab ham hech narsani o'zgartirishni istamadim. Sabab shunda". 


3ta o'yin yakunlariga ko'ra, raqib darvozasiga eng ko'p zarba 2 nafar futbolchiga tegishli bo'ldi. Abbosbek Fayzullaev 7ta zarba yo'lladi shundan 3tasi darvozaga aniq bordi. Xuddi shunday natija Otabek SHukurovda ham qayd etildi, lekin aniq zarbalar soni 1tani tashkil qildi. Aniqlilik darajasi bo'yicha Igor Sergeev eng yaxshi ko'rsatkichga ega bo'ldi, 4/3, 75 foiz. 


Uchrashuvga oid iziqarli faktlar. 

- O'zbekiston o'z tarixida ilk bor Osiyo Kubogini golsiz boshladi. 

- O'zbekiston rasmiy o'yinlarda 180 daqiqadan beri Suriya darvozasiga yo'l topa olayotgani yo'q. 

- "Oq bo'rilar" o'z tarixida ikkinchi marotaba Osiyo Kubogidagi birinchi o'yinni durang bilan yakunladi. Bunday holat 2000 yilgi Osiyo Kubogidan beri qayd etilmayotgan edi. 

- O'zbekiston oxirgi marotaba Suriyani rasmiy o'yinlarda 2016 yil mag'lub etgan edi. Keyingi 2ta o'yinda 0:1 va 0:0 natijalari qayd etildi. 

- SHu kuni O'zbekiston tarkibida 9 nafar futbolchi qita turnirida debyutini o'tkazdi. 


Mutaxassislar nima dedi?

Anvar G'ofurov: - Bu o'yinda bizning jamoa favorit edi. O'yin, to'p nazorati borasida yigitlar o'z ustunligini namoyish qildi. Tarkibga kelsak, yaxshi futbolchilarimiz ko'p. Ayniqsa hujum chizig'ida. Murabbiy to'g'ri qaror qabul qildim, deb o'ylaydi. Lekin o'yin barchasini ko'rsatadi. Balki bergan ko'rsatmalarini futbolchilar bajarmagandir. Durang hali fojea emas. Hammasi oldinda. 

Sanat SHixov: - Oldinda Sergeev o'ynashi kerak. Oston zo'r o'yinchi. Lekin o'z joyida o'ynagani yo'q. Murabbiy futbolchini kuchli tarafini ochishi kerak. Ostonning joyi hujumda emas. Bu bilan Katanec uni  muxlislarga yomon ko'rsatib qo'ymoqda. Oston hozirgi kundagi eng kuchli futbolchi. Suriya bilan o'yinni ko'rganlar, bu bola futbol o'ynaydimi, deb savol beradi. Hujumda juda yomon o'ynadi. Uning salohiyati juda yuqori. Lekin bu taktika, bu joyda Oston yopiladi. 

Baxtiyor Ashurmatov: - Abbosbek Fayzullaevni hozirgi paytda O'zbekistonning eng kreativ, eng tezkor va o'yinni o'z qo'liga oladigan futbolchisi, deb bilaman. Lekin terma jamoa murabbiyi vaziyatni yaxshiroq biladi. Ko'pchilik qatori Abbosbek Fayzullevning asosiy tarkibda bo'lmayotgani meni ham ajablantirmoqda, chunki Rossiya chempionatida bunday saviyada o'yin ko'rsatish hammaga ham emas. Avval ham yaxshi saviyada o'ynayotgandi. CSKA tarkibida esa o'yinini yanada kuchaytira oldi. Rossiya chempionatini yaxshi bilaman, u erda ko'proq jismoniy kuch talab qilinadi. SHunga qaramay o'zini ko'rsata olyapti. Rossiya chempionatining eng omadli transferi, deb bejiz aytilmayapti. Fayzullaev tarkibga qo'yilsa to'g'riroq bo'lardi. 


Hindiston ustidan oson g'alaba 


Tarkib

Suriya bilan o'yindagi kamchiliklar, bildirilgan etirozlardan kelib chiqib Hindistonga qarshi hujumkor taktika va tarkib tanlandi. Bu safar Katanec 3ta himoyachi sxemasidan voz kechdi va Husanov, Eshmurodov tandemini qoldirdi. Qanotlarda Nasrullaev va Sayfiev, tayanchda o'sha juftlik Hamrobekov va SHukurov, hujumchi ortida Abbos Fayzullaev, Jaloliddin Masharipov va Oston O'runov qanot hujumchilarida, nihoyat Sergeev sof hujumchi sifatida tarkibdan o'rin egalladi. Etiborga molik tomoni, Hindistonga urilgan 3ta golda ham dastlabki o'yinda zaxirada qolganlar ishtirok etdi. Fayzullaev 2ta golda qatnashdi, Sergeev gol urdi, Nasrullaev ham o'z hisobiga gol yozdirib qo'ydi. Nasrullaevga esa Sayfiev uzatmani amalga oshirgandi. Biz jurnalistlar murabbiychalik futbolni tushunmasmiz, lekin to'g'ri maslahat bera olamiz. 


O'yin 

Hindiston Suriya kabi himoyada o'ynashini va bunda tezkor gol ishimizni ancha engillashtirishi mumkinligi ham mulohazalar yuritgandik. Amalda 4-daqiqada Nasrullaev - SHukurov - Fayzullaev kombinaciyasi gol bilan tugadi. 

Abbosbek Fayzullaev O'zbekiston terma jamoasi tarkibida Osiyo Kuboklarida god urgan 21, SHerzod Nasrullaev 22, Aziz Turg'unboev 23-futbolchi bo'ldi.

Ikkinchi golda ham Abbos katta hajmdagi ishni bajarib berdi. Maydon markazida o'zi boshlagan hujumni o'zi davom ettirdi va katta tezlikda oldinga o'tib to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi. Ilk urinishda himoyachilar to'pni qaytargandek bo'ldi, qaytgan to'pni Sergeev osonlikcha darvozaga kiritib yubordi. Bu uning faoliyatidagi ikkinchi Osiyo Kubogidagi ikkinchi goli edi. 2015 yil Avstraliyadagi Osiyo Kubogida ilk turda KXDR darvozasiga urgan yagona goli g'alaba keltirgandi. Uning uchun barcha xursandligiga shubha qolmagan, aynan kerakli poziciyada paydo bo'lgani hujumchining maydondagi o'rnidan dalolat berardi. 

Uchinchi golda esa Farruh Sayfiev qanotdan to'pni jarima maydonchasiga tashlab berdi va Nasrullaev imkoniyatni qo'ldan boy bermadi. Umuman shu kuni raqib Hindiston bo'lganligi va uning fonida bizning yigitlar kuchli ko'ringanligini ham takidlash joiz. Futbolchilar o'z o'rnida harakat qildi va kuchli taraflarini ishga sola olishdi. Ochiq zonalar ko'p bo'ldi, terma jamoa azolari erkin to'p tepishdi. 

Qiziqarli faktlar 

- O'zbekiston 22 yildan so'ng Hindistonga qarshi maydonga tushdi va o'zaro o'yinlardagi mag'lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. 

- Hindistonga qarshi uchrashuvda Zafarmurod Abdirahmatov va Jamshid Boltaboev Osiyo Kubogida debyut qildi. 

- Igor Sergeev O'zbekiston terma jamoasidagi o'zining 20-golini urdi.

- Hindistonning 24 iyun sanasidan beri 8ta o'yinlik g'alabasiz seriyasi davom etdi. Ular so'nggi bor Nepal terma jamoasini mag'lub etgandi. 

- O'zbekiston Osiyo Kuboklaridagi gollari sonini 45taga etkazib oldi. 

Mutaxassislar nimalar degan edi?

Islom To'xtaxo'jaev: - Hindiston bilan o'yindan ishonchli g'alaba kutyapman. O'tgan o'yinda 1ta gol etishmadi, bugun o'shani ko'ramiz, deya olaman. Umuman musobaqada barchamiz ko'p narsa kutyapmiz. O'ylaymanki, ortga yaxshi natija bilan qaytishadi. 

Server Jeparov: - O'ylaymanki, Hindiston terma jamoasi ham himoyada o'ynaydi. O'zbekiston bugun raqib darvozasini ishg'ol qiladi va gollar ko'ramiz, degan umiddaman. Raqiblar tartibli va zich himoyalanadi. Bu qiyin bo'ladi. Murabbiy esa vaziyatlardan foydalanish kerakligi haqida ko'rsatmalar berishi tabiiy. Hujumdagi ishlarning muvaffaqiyatli bo'lishi esa yarim himoyachilarga bog'liq. 

Azamat Abduraimov: -  Suriya bilan birinchi bo'limdagi o'yin shuni ko'rsatdiki, biz bu tarkibdagi futbolchilar bilan raqibning himoyasini yorib o'ta olmaymiz. Bugun ham shunday manzara guvohiga aylansak kerak. Klubida samarali harakat qilayotgan Igor Sergeev markaziy hujumchi rolida o'ynashi kerak.  Qanotlarda Fayzullaev va O'runovni ko'rishni istardim. Ular nostandart qarorlar orqali raqib himoyasini yorib o'tishi mumkin bo'lgan futbolchilardir. Sergeev esa ikkinchi qavatda yaxshi o'ynaydigan "klassik" hujumchi hisoblanadi. 


"Kengurular" bilan nohush seriya tugadi


Tarkib 

Uchinchi tur va O'zbekiston guruhdan chiqish maslasi deyarli hal bo'lgan pallada Katanec yana rotatciyalarga qo'l urdi. Murabbiy guruh bosqichi davomida terma jamoaning asosiy tarkibini aniqlashda qiynaldi, deya olamiz. Bunga sabab jarohatlar, ayrim futbolchilarda o'yinning chiqmasligi va poziciyalardagi xato yondashuv. Bu narsa Avstraliya bilan ham o'yinda ko'rindi. 2 metrlik himoyachilarga qarshi Abbosbek Fayzullaev hujumchi poziciyasida tushirildi. Husanov esa sariq kartochkalarni oldini olish va nimchorak final oldidan yo'qotishga uchramaslik maqsadida qaydnomaga kiritilmadi. Jarohat olgan Nasrullaev o'rnida Sayfiev, Alijonovning qanotida yosh Zafarmurod Abdirahmatov harakat qildi. Tanyach yarim himoyachilari o'zgarmadi. Qanotlarga O'runov va Erkinov joylashatirildi. 

O'yin 

Birinchi bo'limda nisbatan Avstraliyaning ustunligi sezildi. Lekin hujumlarining zarbasiz yakunlanishi, jarima maydonchasi ichida aniqlikning kamligi sabab golga etib bormadi. Deylik raqibimiz Hindistonga qarshi o'yinda 6ta, Suriya bilan 1ta aniq zarba g'alaba uchun etarli bo'lgan edi. Bu safar penaltini hisobga olmaganda Avstaliyaning hujumlari samarasiz yakunlandi. O'z o'rnida O'zbekistonning ham hujumlaridan faqat 1tasi aniq zarba bilan tugadi va o'sha gol bo'ldi. Penaltiga alohida to'xtalmaslikning iloji yo'q. Odatda terma jamoamiz yaponiyalik hakamlardan jabr ko'rib kelgan va bu anana yana davom etdi. Har safar Yaponiya mamlakatidan hakamlar o'yinimizga tayinlansa yuragimiz tahlikaga tushadi. Xo'sh, penalti haqida , rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev nima dedi?

"Bu holatda qo'l, albatta, tayanch vazifasini bajargan. To'p tayanch vazifasini bajargan qo'lga tegsa, bu, odatda, qoida buzilishi hisoblanmaydi. Agar tirgak qo'l tana ortida qolgan holda maysazor bo'ylab harakatlanishda davom etsa, buning uchun himoyachi javobgar sanaladi"

Ko'rgan takroriy vaziyatlarga asoslangan holda shuni aytishim mumkinki, mazkur holatni qoida buzilishi va o'yinni davom ettirish o'rtasidagi nozik chegara deb aytash mumkin. Yani penalti berish ham bermaslik ham mumkin. Menimcha, VAR vaziyatga aralashmasligi kerak edi, chunki yuqorida takidlaginimdek, mazkur holat fol va toza o'yin "chegara"sini anglatadi. Ehtimol, hakam yiqilishdan so'ng to'p qo'lga tekkanini ko'rmagandir. Lekin har qanday holatda ham bu vaziyatni "50/50" baholash mumkin.

To'pga tashlangan himoyachining hujum qilayotgan raqib futbolchisiga juda yaqin turgani ham uning qaror qabul qilishini qiyinlashtirgan. Hamrobekov to'pdan qo'lini olib qochishga ulgurmadi. Ikki o'yinchi orasidagi masofani, umuman olganda, vaziyatning murakkablini inobatga oladigan bo'lsak, men baribir penalti belgilamagan bo'lardim. SHuningdek, VAR epizodga noo'rin aralashganini ham etirof etish joiz"


Qiziq malumot, O'zbekiston terma jamoasining pozicon hujumlarni ko'proq chap qanotdan uyushtirmoqda (92bor, 8tasi zarba bilan tugagan, 1ta gol urilgan, 9 foiz). O'ng qanotda bu natija 59tani tashkil qilgan, 6tasi zarba bilan tugagan va 1ta gol urilgan.

Qarshi hujumlarda chap qanot faol bo'ldi, 22ta hujum, 2ta zarba va 1ta gol. O'ng qanotdan 12 bor qarshi hujum tashkil qilingan va faqat 1tasi zarba bilan tugagan. Markazdan 9 bor hujum qilingan va vaziyatlarning 3tasi zarba bilan tugagan, 1ta gol urilgan.  


Ikkinchi bo'limda Oston O'runov Jaloliddin Masharipovga almashtirildi. Keyinchalki Abbosbek Fayzullaev va Xojimat Erkinov ham o'yindan olindi. Turg'unboev va Sergeev o'yinga qo'shildi. Etibor bersangiz, O'zbekiston o'z gollarini maydonda nominal hujumchi bor pallada urmoqda. Tailand bilan o'yinda Bobur Abdixoliqov yoki Aziz Amonovdan birini asosiy tarkibda ko'ramiz, degan umiddamiz. 


Qiziqarli faktlar

- O'zbekiston tarixda ilk bor Avstraliya darvozasiga gol urdi va ochko ishladi.  

- O'zbekiston so'nggi Osiyo Kuboklari bilan solishtirganda eng kam ochko bilan guruhdan chiqish vazifasini uddaladi. Malumot uchun, 2004 yil 9, 2007 yil 6, 2011 yil 7, 2015 yil 6, 2019 yil 6 ochko bilan keyingi bosqichga yo'llanma olgan edi. 

- O'zbekisto terma jamoasining mag'lubiyatsiz seriyasi 10ta uchrashuvga etdi. Srechko Katanec shogirdlari so'nggi marotaba sentyabr oyida AQSHga mag'lub bo'lgan edi. 

- Aziz Turg'unboev Osiyo Kuboklaridagi debyut golini urdi. 

- Srechko Katanec O'zbekiston terma jamoasini guruh bosqichidan olib chiqqan 6-murabbiyga aylandi. U Ravshan Haydarov, Rauf Inileev, Vadim Abramov, Mirjalol Qosimov, Ektor Kuperning natijasini takrorladi. 


Osiyo Kubogi guruh bosqichida O'zbekiston tarkibida eng ko'p dribling ishlatgan futbolchi Oston O'runov bo'ldi. Uning 18ta driblingidan 8tasi muvaffaqiyatli yakunlandi. Yuz foizlik natija qayd etgan futbolchilar: Jaloliddin Masharipov 7/7, Odil Hamrobekov 4/4, Abduqodir Husanov 2/2, Igor Sergeev 1/1

3ta o'yin yakunlariga ko'ra, eng ko'p pas bergan futbolchi Otabek SHukurov bo'ldi 215/199 93 foiz aniq. Hujumlarni boshlashda va ularning muvaffaqiyatli chiqishida ham Otabek SHukurov etakchi bo'ldi, 28/17

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика