Tachmurad Agamurodov: "Qizilqum"ning bugun olgan ochkosi g'alabaga teng"
26 may 2023 22:49
Yangiliklar
Tachmurad Agamurodov: "Qizilqum"ning bugun olgan ochkosi g'alabaga teng"
"Qizilqum" - "Neftchi" o'rtasidagi Superliganing 12-tur o'yinidan (1:1) so'ng mezbon jamoa ustozi Tachmurad Agamurodov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Tachmurad Agamurodov: "O'yin biz uchun og'ir o'tdi. Tarkibda yo'qotishlar bor edi. Payqagan bo'lsangiz, zaxirada yoshlar jamoasi vakillari o'tirgandi. Bahs chempionatning etakchilaridan biriga qarshi bo'ldi. Yigitlar yaxshi harakat qilishdi. "Qizilqum"ning hozirgi holatini hisobga olsak, bu ochko g'alabaga teng. Ushbu durang jamoaga ishonch beradi.
- "Qizilqum"da 3 nafar yo'qotish bo'lishiga qaramay, yaxshi o'yin namoyish etdi. Jamoaning keyingi rejalari haqida gapirib bera olasizmi?
- Biz "Qizilqum" Superligada qolishi uchun hamma ishni qilamiz. Birinchi davradan so'ng tarkibni futbolchilar bilan kuchaytirmoqchimiz. Jamoa xavfli zonadan chiqib, teparoq o'rinni egallashiga harakat qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar