So’nggi yangiliklar

20:04"Персеполис" — "Фулад". Таркиблар маълум  0 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  8 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  79 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  23 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  7

"Surxon" nazorat uchrashuvida durang qayd etdi Yangiliklar

"Surxon" nazorat uchrashuvida durang qayd etdi

Teglar :  Surxon
Mavsumning ikkinchi qismiga Toshkent shahrida hozirlik ko'rayotgan "Surxon" jamoasi kecha ilk nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Igor SHkvirin boshqaruvidagi "Surxon" jamoasi CHimyon tog'larida yig'inni yakunlab, ikki kunlik dam olishdan so'ng Toshkent shahrida navbatdagi yig'inni boshlab yubordi. Termizliklar kecha "Geofizika" qarorgohida yozgi o'quv-yig'inidagi ilk nazorat o'yinini o'tkazdi. Ularning sparring-raqibi "Xorazm" jamoasi bo'ldi. Urganchliklarning ustunligi ostida o'tgan bahsda durang qayd etildi. SHuni aytish lozimki, davralar oralig'ida "Surxon" tarkibni deyarli yangitdan tashkil etayotganligi uchun ham jamoaviy o'yinini yaxshi shakllanib ulgurmaganini ko'rish mumkin. 

"Xorazm"ga qarshi kechgan bahsda SHkvirin har bir taymda yangi yangi tarkibni sinovdan o'tkazdi. Xususan birinchi bo'limda "Surxon"ning tarkibi quyidagicha ko'rinishda bo'ldi: Ruslan Matniyozov, Najmiddin Normurodov, Ubaydullo Xoliqulov, Nizomjon Norov, Abbosbek Po'latov, Otabek Ahmadjonov, Alisher Mirzaev, Timur Usmonov, Sirojiddin Allaev (Ibrohim Abdullaev), SHerdor To'xtasinov, Ravshan Xursanov. 

Ikkinchi taymda tarkib butunlay yangilandi: Azamat Ahmedov, Azizbek Usmonov, Qahramon Mahamadjonov, Ibrohim Abdullaev, G'ayrat Jumaev, Daniel Nasriddinov, Javohir Aliqo'ziev, Abbos Maxstaliev, Sardor Eminov, Saidjamol Davlatjonov, Abdulaziz Yusupov. 

Uchrashuv tomoshabop ruh ostida kechdi. Ayniqsa birinchi bo'limning o'zida har ikki jamoa 2tadan to'p kiritgani, urashuvga yanada joziba bag'ishladi. Etiborlisi "Xorazm"dan 2ta golni ham Temur Ismoilov kiritgan bo'lsa, "Surxon"dan Temur Usmonov dublga erishdi. Ikkinchi taymda boshqa gol kuzatilmadi. 

SHuni ham aytib o'tish lozimki, termizliklarning tajribali hujumchisi Bahriddin Vahobov va yosh futbolchi Bek Abdullaevda kichik jaroxat borligi sababli mazkur uchrashuvda maydonga tusha olishmadi. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика