"Surxon" hujumchisiga "Neftchi" va "Astana" qiziqmoqda
04 dek 2023 22:35
Yangiliklar
"Surxon" hujumchisiga "Neftchi" va "Astana" qiziqmoqda
"Surxon" hujumchisi Silvanus Nimeli kelasi mavsumni boshqa klubda o'tkazishi kutilmoqda.
2023 yilgi O'zbekiston Superligasi kashfiyotlaridan biri bo'lgan Silvanus Nimeliga "Neftchi" va Qozog'istonning "Astana" klublari jiddiy qiziqishmoqda.
Yakuniga etgan mavsumda liberiyalik hujumchi barcha musobaqalarda 30 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Malumot uchun, Nimelining "Surxon" bilan 2024 yil oxirgacha shartnomasi mavjud va qaysidir klub uni o'z safida ko'rishni xohlasa Termiz klubidan uni sotib olishi kerak bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar