So’nggi yangiliklar

17:48Расман: "Андижон" собиқ устози "Бухоро"да иш бошлади  1 17:26Эшитдик-да! "Зўр ТВ" Чемпионлар Лигасини намойиш этади  4 16:51Ўзбекистон футзал терма жамоаси Японияга қарши ўртоқлик ўйинида қатнашмоқда (онлайн ҳисоб)  1 16:35Про лига. "Локомотив" "Олимпик-MobiUz" билан рўбарў келмоқда (онлайн ҳисоб)  0 16:22Месси гол урилмаган пенальтилар сони бўйича Роналдуга яқинлашиб олди  1 15:39"Насаф" аламли тарзда мағлубиятга учраган муҳташам "Қирол Абдуллоҳ" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  4 15:05"Реал" умидли ҳимоячи билан шартномани узайтирди  0 14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  3 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  3 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  10 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  17 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  2 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  7 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3

"SuperMokh Cup 2015". Taqdirlash marosimidan fotojamlanma Yangiliklar

"SuperMokh Cup 2015". Taqdirlash marosimidan fotojamlanma

7-13 dekabr kunlari Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida "SuperMokh Cup 2015" musobaqasi o'tkazildi.

Turnir U-12 va U-13 yosh toifasida tashkil etilib, unda jami 40ta jamoa ishtirok etdi. Ishtirokchilar orasida "Bunyodkor" futbol maktabining 2002 va 2003 yillarda tavallud topgan tarbiyalanuvchilari ham bor edi va musobaqada munosib qatnashishdi.

U-13 yosh toifasidagi final bahsida Angliyaning "Manchester Siti" va Ispaniyaning "Rayo Vallekano" jamoalari o'zaro kuch sinashishdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etildi. Penaltilar seriyasida angliyaliklar 5:4 hisobida g'olib chiqishdi.

2003 yillar o'rtasidagi final uchrashuviga Malayziya jamoalari  - "Malayziya pumalari" va "Malayziya panteralari" jamoalari kuch sinashishdi. O'yinda "pateralar" g'olib chiqishdi.

Quyidagi havolalarda musobaqaning taqdirlash marosimidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin.

(Turnirda ishtirok etish uchun juda ko'plab Malayziyadagi futbol maktablari murojaat etishgan ekan. Biroq ularning hammasi ham musobaqaga qo'yilmadi. Biroq tashkilotchilar taqdirlash marosimiga Malayziyaning barcha futbol maktablarini taklif etishib, ularga medallar va maxsus kubok topshirishdi)


("SuperMokh Cup 2015" musobaqasida ishtrok etolmay, yakunda xuddi g'oliblardek taqdirlangan jamoalardan biri)

("SuperMokh Cup 2015" musobaqasida ishtrok etolmay, yakunda xuddi g'oliblardek taqdirlangan jamoalardan yana biri)

(Musobaqa g'oliblari uchun atalga sovrinlar)

("SuperMokhCup 2015" chempioni uchun atalga oltin medallar)

(Barcha ishtirokchi jamoalarga mana shunday esdalik sovg'alari topshirildi)

(Malayziya sport ishlari vaziriga "Bunyodkor" vakillari tomonidan topishirlgan zarbop to'n va do'ppi juda yarashdi)

(Malayziya sport ishlari vaziri "Dinamo" (Zagreb, Xorvatiya) menejeriga esdalik sovg'a topshirmoqda)

(Sovg'a almashish "Suvon Samsung" jamoasi vakillari bilan)

("SuperMokh Cup 2015" musobaqasi o'tkazilgan maydonlar egasiga futbolni rivojlantirish uchun qo'shgan hissasi uchun 1 mln. Malayziya ringiti (tahminan 240 ming AQSH dollari) xadya qilindi)

(Turnirning eng yaxshi futbolchisi - "Manchester Siti" tarbiyalanuvchisi)

(U-13 yosh toifasidagi vice-chempion - "Rayo Vallekano", Ispaniya)

("SuperMokh Cup 2015" U-13 chempioni - "Manchester Siti", Angliya)

(Musobaqani yoritib borgan OAV vakillari Malayziya sport ishlari vaziridan intervyu olishmoqda)

("SuperMokh Cup 2015". 2003 yillar chempioni - "Malayziya panteralari")

(Musobaqa bosh kotibi va bosh hakamiga ham "Bunyodkor" vakillari milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi sovg'alarni topshirishdi)

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика