So’nggi yangiliklar

15:39"Насаф" аламли тарзда мағлубиятга учраган муҳташам "Қирол Абдуллоҳ" стадионидан ГАЛЕРЕЯ  0 15:05"Реал" умидли ҳимоячи билан шартномани узайтирди  0 14:38"Арсенал" "Атлетик" билан ўйинда икки асосий ўйинчисидан фойдалана олмайди  1 14:04Лизаразю "Ал Насср"га трансфер бўлган Команни танқид қилди  1 13:35Беллингем ва Камавинга "Реал"нинг ЕЧЛ учун қайдномасига киритилган ҳамда "Қайрат"га қарши ўйнаши мумкин  1 13:08Гвардиола мураббий сифатида топ-лигалардаги 600-ўйинида қатнашди. Ғалабалар фоизи сизни ҳайратда қолдиради  8 12:40"Насаф"нинг халқаро майдондаги мағлубиятли серияси давом этмоқда  9 12:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли"нинг мағлубиятсиз серияси 19 та ўйинга етди  0 11:56"Насаф"нинг асосий ҳимоячиси "Ал Ҳилол"га қарши ўйнай олмайди  6 11:38Гол ўтказмаган посбон, "Нефтчи"ни ютган мураббий ва 30 ёшли легионер — Суперлигада 21-турнинг энг яхшилари​  3 11:20Дориев, Норчаев, Яшин, Йўлдошев ва бошқалар... Суперлига 21-тур рамзий терма жамоаси  2 11:04Футзал. Бугун терма жамоамиз Осиёнинг номдор жамоасига қарши баҳс олиб боради  0 10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  5 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  9 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1

“SuperMokh Cup 2015”. “Bunyodkor-2003” g'oliblik uchun kurashmoqda Yangiliklar

“SuperMokh Cup 2015”. “Bunyodkor-2003” g'oliblik uchun kurashmoqda

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida davom etayotgan "SuperMokh Cup 2015" musobaqasi qizg'in pallaga kirib bormoqda.

“Bunyodkor-2003” futbolchilari musobaqani muvaffaqiyatli o'tkazishmoqda. Furqat Samegov va Alisher Ibrohimov shogirdlari guruh bosqichining so'nggi turida Tailandning “Buriram Yunayted” jamoasidan 3:0 hisobida ustun keldi. Po'latxo'ja Xoldarxonov “dubl” qayd etgan bo'lsa, Saidmurod Karimov yana bitta golga mualliflik qildi. SHu tariqa, “Bunyodkor” guruh bosqichining 4ta uchrashuvida 3ta g'alaba qayd etgan holda keyingi bosqichga 2-o'rin bilan yo'llanma oldi.
“Bunyodkor” U-12 jamoasi chorak finalda Tailandning boshqa bir jamoasi “CHonburi” bilan kuch sinashadi.

“SuperMokh Cup 2015”
U-12, “A” guruhi
5-tur, 11 dekabr
08:30. “Bukit Jalil” stadioni
“BUNYODKOR” – “BURIRAM YUNAYTED” (Tailand) 3:0 (1:0)
Gollar:
Po'latxo'ja Xoldarxonov 2ta, Saidmurod Karimov
“Bunyodkor” tarkibi: 1.Xumoyunshoh Sayyotov, 4.Sardor Dusebaev, 5.Bahodir Toxirov, 7.Ibrohimbek Bahodirov (S), 8. Po'latxo'ja Xoldarxonov, 11.Konstantin Usov, 16.Usmonali Abdukarimov, 17.Diyorbek Odiljonov, 18.Umarali Rahmonaliev
Zaxiradan maydonga tushganlar: 3.Zufarjon Abdunabiev, 6.Xusan Mo'minov, 9.Saidmurod Karimov, 13.Usmonjon Ravshanov, 14.Mustafo Abdumannopov, 15.O'tkirbek Rahimov

Sergey CHigodaev va Akmal Risqullaev boshchiligidagi “Bunyodkor-2002” azolari Zagrebning “Dinamo” jamoasi bilan qiyin uchrashuv o'tkazishdi. O'yinning birinchi bo'limidayoq “qaldirg'ochlar” maydonda 9 kishi bo'lib qolishdi. Darvozabon Mo'minmirzo Qodirov va hujumchi SHoxjahon Ibrohimovga uchrashuvni boshqarib borgan hakam qizil kartochka ko'rsatdi. SHunga qaramasdan vakillarimiz tanaffusgacha 0:0 hisobini ushlab turishdi. Biroq o'yin oxirigacha bunday sharoitda to'p tepish tarbiyalanuvchilarimizga og'irlik qildi. Ikkinchi bo'lim o'rtalarida xorvatiyaliklar darvozamizga ikkita to'p kiritishib, g'alabani ilib ketishdi.

Endi “Bunyodkor”ning U-13 jamoasi ertaga (12 dekabr) Braziliyaning “Korintians” jamoasi bilan kuch sinashadi.

“SuperMokh Cup 2015”
U-13. 11 dekabr
“Pley-off” bosqichi
11:00. Kuala-Lumpur futbol akademiyasi stadioni
“BUNYODKOR” – “DINAMO” (Xorvatiya) 0:2 (0:0)
CHetlatishlar
: Mo'minmirzo Qodirov, SHohjahon Ibrohimov
“Bunyodkor” tarkibi: 25.Mo'minmirzo Qodirov, 2.Abdul-Aziz Yusupov, 4.Diyorbek Rahimqulov, 5.Abbosbek Ashiraliev, 3.Lyubomir Bondarenko, 7.Jasurbek Jaloliddinov (S), 9.Abdurauf Bo'riev, 10.SHohjahon Ibrohimov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 13.Abrorbek Neymatov, 17.Jasurbek Abdulekov
Zaxiradan maydonga tushganlar: 1.Gleb Xarin, 6.Jo'rabek Rixsiboev, 15.Abduqodir Xusanov, 16.Sardor Abdurashidxo'jaev, 18.Sobir Norboev, 19.Farruhbek Xojibekov

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика