So’nggi yangiliklar

15:58"Локомотив" футболчиси "Бухоро"га йўл олди  0 15:29Рамос таклифларни кўриб чиқишга тайёр бўлган Европа лигалари аниқ бўлди  1 15:00Орзулар рўёби: Ўзбекистон футболининг тарихий йилидаги муҳим воқеалар  1 14:33ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди  6 14:12Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!  17 13:52Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!  19 13:30Кроос ЖЧ-2026 форматига қарши чиқди: "5:0 ёки 6:0 ҳисобидаги ғалабаларни эмас, сифатли ўйинларни кўришни истайман"  8 13:05Йилнинг охирги ўйинлари TVCOM'да  0 12:57"Арсенал" ва "Манчестер Сити" собиқ футболчиси "Кан" бош мураббийи этиб тайинланди  1 12:31Ўзбекистон U-18 терма жамоасининг Туркияга йўл оладиган таркиби эълон қилинди  2 12:15Маурицио Сарри юрагидан операция қилинди  2 11:52Кореяга кетиши кутилган футболчи "Сўғдиёна" билан шартномасини узайтирди  1 11:29Артета қишки трансфер ойнасида "Арсенал" таркибини кучайтиришга бел боғлади  2 11:05Бугун Қатарга қарши ўйнаймиз  3 10:21Расман. "Локомотив" ва "Сўғдиёна" каби жамоаларни бошқарган мураббий Пролига клуби бош мураббийига айланди  2

Superliganing 8 ta jamoasi reglament talabini bajarmagani bois jazolanadi Yangiliklar

Superliganing 8 ta jamoasi reglament talabini bajarmagani bois jazolanadi

Bu haqda O'zPFL xabar berdi.

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 10.18-bandiga ko'ra Superliga klubi rasmiy uchrashuvlar davomida futbolchining funkcional holatini masofadan turib monitoring qilish imkonini beruvchi moslamadan foydalanishi hamda bu bo'yicha hisobotni O'FA uchun taqdim etib borishi belgilangan.

O'zini hurmat qilgan har qanday murabbiy uchun bu kabi moslamadan foydalanish odatiy holga aylangan. Biroq o'zbekistonlik mutaxassislar mazkur masalaga yuzaki qarab kelayotganidan kelib chiqib, Liga associaciya bilan hamkorlikda uni reglamentga kiritishga majbur bo'lgan. O'FA terma jamoalarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar futbolchilar holatini tahlil qilib borishi uchun ham hisobot muhim hisoblanadi. Biroq 2023 yilgi mavsum davomida terma murabbiylari bu borada qiyinchilikka duch keldi. 

Sababi Superliganing 8 klubi mazkur masalaga nisbatan yuzaki munosabatda bo'lgan. Jumladan, OKMK va "Nasaf" klublari bu kabi moslamaga ega emas. "Bunyodkor", "Navbahor", "Metallurg", "Buxoro", "Neftchi" klublarida faoliyat olib boruvchi tahlilchilar O'FA mutaxassislariga hisobot taqdim etmagan. "Andijon" masalasida faqatgina birinchi davra o'yinlari hisoboti mavjud, ikkinchi davradan boshlab reglament talablarini bajarish to'xtagan. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5887-sonli farmonida professional futbol klublari faoliyatini yanada rivojlantirish uchun ularda innovacion laboratoriyalar tashkil etish, shu jumladan, futbolchilar jismoniy tayyorgarligini masofadan kuzatish qurilmalari va zamonaviy imitaciya uskunalari bilan taminlash masalasiga etibor qaratilgan. SHundan kelib chiqib, O'FA 2021 hamda 2022 yilgi mavsumlarda Superliganing har bir klubiga foydalanishi uchun Koreyaning Fitogether kompaniyasiga tegishli 36 donadan moslamani bepul bergandi. Ammo shundan keyin ham ayrim klublar zamonaviy talablar asosida faoliyat ko'rsatmayotgani, futbolchilar holati, ulardagi oylik, yillik o'zgarishlar, o'sishlar yoki pasayishlarni tahlil qilishning to'laqonli imkoniyatini bermayapti. 

Futbol klublari butun mavsum davomida reglament talabiga bepisand munosabatda bo'lgani, shuningdek, O'FAning haqli rasmiy etirozidan kelib chiqib, ish tegishli qo'mitaga oshiriladi. Qo'mita yig'ilishiga qadar biror futbol klubi mavjud hisobotni O'FA uchun rasman taqdim etsa, jazo chorasi nisbatan engillashtiriladi.

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика