Superliganing 2006 yilgi to'purari: "Afsuski, bizda individual kuchli hujumchilar yo'q"
30 dek 2023 11:30
Yangiliklar
Superliganing 2006 yilgi to'purari: "Afsuski, bizda individual kuchli hujumchilar yo'q"
"Birinchi navbatda terma jamoamizdan yorqin o'yin kutmoqdaman. Men bashorat qilishni yoqtirmayman. CHunki futbolda oldindan nimadir deyish qiyin. Hozirda Osiyoning ko'plab jamoalari kuchaymoqda. Men milliy terma jamoamizning hech bo'lmaganda yarim finalda ko'rishni istardim. Musobaqada oson o'yinlar bo'lmaydi.
Muammo jiddiy. Afsuski, bizda individual kuchli hujumchilar yo'q. Buni Superliga to'purarlari statistikasi tasdiqlaydi. Faqat Oston O'runov bundan mustasno. Terma jamoaga kelsak, bizda yaxshi hujum chizig'i bor. Har bir futbolchi o'yinni o'z qo'liga olishi mumkin. Texnik jihatdan saralangan futbolchilar o'rin olgan. Mantiqan olib qaralganda SHomurodovning o'rnida Sergeev o'ynashi to'g'riroq bo'ladi. Igor hozir yaxshi holatda va muntazam ravishda gol urmoqda. Bobir Abdixoliqov ham musobaqada porlashi mumkin. Unda gol urish instinkti yaxshi rivojlangan",- deydi Pavel Solomin.
Batafsil intervyuni quyidagi havola orqali o'qishingiz mumkin → INTERVYU
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar