So’nggi yangiliklar

23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  1 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  0 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  31 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  4 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  2 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  168 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1 19:18Миржалол Қосимов жамоасининг ушбу мавсумдаги ўйинларига неча баҳо қўйди?  4 19:05Февзи Давлетов: "Бу каби баҳсларда кўп ҳам вазиятлар яратилмайди"  0 18:52Kelme бренди Аёллар Осиё Кубоги-2026 мусобақаси учун расмий тўпни тақдим этди  0

Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi? 26-tur intrigalari Yangiliklar

Superligani qaysi klub tark etadi? Kumush medal kimga nasib qiladi? 26-tur intrigalari

30 noyabr kuni O'zbekiston Superligasida 2024 yilgi mavsum yakuniga etadi.

26-turdan avval faqat mamlakat chempioni nomi malum. Kumush va bronza medal egalari oxirgi turda malum bo'ladi. Superligani to'g'ridan-to'g'ri tark etadigan klub nomi ham hozircha aniq emas. O'tish o'yinida ishtirok etuvchi klublar ham 30 noyabr kungi bahslardan keyin malum bo'ladi.




Kumush medal uchun kimlarda imkoniyat bor: OKMK, "So'g'diyona" va "Navbahor"

Bronza medal uchun kimlarda imkoniyat bor: OKMK, "So'g'diyona" va "Navbahor"

Yani mana shu uch klubdan ikkitasi medallarga ega chiqadi. Bittasi chempionatni hech nimasiz yakunlaydi. To'g'ri "Neftchi" ochkolar soni bo'yicha tepadagi klublarga etib olishi mumkin. Lekin qo'shimcha ko'rsatkchilar bo'yicha Farg'ona klubi baribir kuchli uchlikka kira olmaydi. Sababi "Neftchi" o'zaro o'yinlarda "So'g'diyona"dan ham, "Navbahor"dan ham ustun kela olmagan.



Superligani to'g'ridan-to'g'ri tark etishi mumkin bo'lgan klublar soni ikkita: "Lokomotiv" va "Metallurg". Hozircha bu klublar orasidagi farq 1 ochkoga teng. Oxirgi turdan keyin qaysi klub 14-o'rinda bo'lsa o'sha Pro ligaga ravona bo'ladi.

Agar "Lokomotiv" va "Metallurg" klublarining ochkolari teng bo'lib qolsa dastlab o'zaro o'yinlarga qaraladi: 2:2 va 1:1. Bu borada mutlaq tenglik. So'ngra barcha o'yinlardagi to'plar farqiga qaraladi: Bu borada "Metallurg"ning imkoniyati yaxshi. Yani oxirgi turda "Lokomotiv" mag'lub bo'lsa va "Metallurg" durang o'ynasa Bekobod klubi 13-o'ringa chiqadi.

Pro liga klublari bilan o'tish o'yinlarida qaysi klublar ishtirok etishadi? 12 va 13-o'rinlarni quyidagi klublar egallashi mumkin: "Qizilqum", "Bunyodkor", "Olimpik", "Lokomotiv" va "Metallurg".




Yana bir intriga Superliga to'purari kim bo'ldi? Oxirgi turdan oldin "Paxtakor" vakili Dragan CHeran 13 ta gol bilan peshqadam bo'lib turibdi. Bugun gol urgan "So'g'diyona" legioneri Lyupcho Doriev o'z gollarini 12 taga etkazib oldi. CHeran juda katta ehtimol bilan bu yil boshqa maydonga tushmaydi. Dorievda esa 90 daqiqa vaqt bor. "Navbahor" hujumchisi Toma Tabatadze so'nggi turda xet-trik qayd etsa CHeranga etib oladi. "Dinamo" vakili Anvarjon Hojimirzaev esa mavsumni 10 ta gol bilan yakunlaydigan bo'ldi. Sababi uning sariq kartochklari soni 4 taga etdi va 26-turda maydonga tusha olmaydi.



Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика