So’nggi yangiliklar

23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  1 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  0 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  31 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  4 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  2 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  167 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1 19:18Миржалол Қосимов жамоасининг ушбу мавсумдаги ўйинларига неча баҳо қўйди?  4 19:05Февзи Давлетов: "Бу каби баҳсларда кўп ҳам вазиятлар яратилмайди"  0 18:52Kelme бренди Аёллар Осиё Кубоги-2026 мусобақаси учун расмий тўпни тақдим этди  0

Superliga yangi mavsumi 7 martdan start olishi kutilmoqda Yangiliklar

Superliga yangi mavsumi 7 martdan start olishi kutilmoqda

2025 yilgi mavsum ishchi taqvimi haqida.

2024 yilgi mavsum yakuniga 1 ta tur qoldi. Sir emaski, 2025 yildan boshlab Superliga ishtirokchilari soni 16 taga etadi. 

Oldinda bizni qishki transfer oynasi kutib turibdi va u kelasi yilning 25 fevral kuni yakuniga etadi. Liga ishchi rejasi bo'yicha mavsum 7 mart sanasidan start oladi. Bunda mart oyidagi FIFA kuniga qadar 2 ta tur bellashuvlarini o'tkazib olish rejalashtirilgan. 

"Nasaf" va "Andijon" jamoalari maydonga tushishi aniq bo'lgan Superkubok o'yini odatdagidek may oyida o'tishi katta ehtimol. Bu vaqt katta futbol uchrashuvini tashkil etishda har taraflama qulayligi avvalgi mavsumlarda isbotlangan. 

Taqvimdan ko'rish mumkinki, Superliganing har bir klubi birinchi davra davomida minimum 18 tadan uchrashuvda maydonga tushadi. O'zbekiston Kubogining chorak finaliga qadar etib boradigan jamoalarda esa ichki o'yinlar soni 20 tani tashkil etadi.

Ikkinchi davra davomida 3 ta FIFA kuni mavjud. SHundan kelib chiqib, jamoalar bunda asosan Superligaga o'z diqqat etiborini qaratadi. Bu vaqt oralig'ida O'zbekiston Kubogining faqatgina yarim final va final o'yinlari o'tkaziladi. 

Bu albatta ishchi reja hisoblanadi. Oldindan aniqlashning iloji bo'lmagan ayrim holatlar unga o'z tasirini ko'rsatishi mumkin.


Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика