Superliga. "So'g'diyona"ning "kumush" sari yo'li
01 dek 2021 01:01
Yangiliklar
"So'g'diyona" 29 yillik tanaffusdan keyin medal yutganidan xabaringiz bor. Ulug'bek Baqoev bu yo'lda 21 nafar futbolchining xizmatidan foydalandi.

Darvozabonlar: SHirinboy Abdullaev, Milan Mitrovich
Himoyachilar: Ergash Ismoilov, Luka CHermel, Asiljon Begimqulov, Elyor Orifov, Marko Kolakovich, SHaxboz Jo'rabekov, Sardor Qulmatov
Yarim himoyachilar: Iskandar SHoyqulov, Ayubxon No'monov, Arslanmirat Amonov, Jasur Hasanov, Jamshid Boltaboev, Darko Stanoevich, Muhsin Bozorov, Daniel Nasriddinov
Hujumchilar: Sahob Rashidov, SHohruz Norxonov, Jasur Hakimov, Bahodir Nasimov

Jizzax klubining mudofaa chizig'i bu yil eng yaxshisi bo'ldi. "So'g'diyona" 26 uchrashuvda atigi 15 ta gol o'tkazib yubordi.

Jamoaning muvaffaqiyatida serbiyalik Milan Mitrovichning hissasini alohida takidlash kerak. U 19 uchrashuvda maydonga tushib, o'z darvozasidan faqat 8 ta gol o'tkazib yubordi (12 ta "quruq" o'yin).

"Bo'rilar" tarkibidan maydonda eng ko'p harakatlangani Luka CHermel bo'ldi. 26 yoshli himoyachi 26 o'yinda 2 266 daqiqa o'ynadi.

Bu yilgi "So'g'diyona"ning hujum chizig'ini SHohruz Norxonovsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Aynan uning gollari jamoaga 15 ochko olib berdi. SHohruz 10 ta gol bilan jamoaning eng yaxshi to'purari bo'ldi.

Jasur Hasanov esa golli uzatmalar borasida jamoada eng yaxshisi — 4.

26 o'yinninn 12 tasida g'alaba, 11 tasida durang qayd etgan "So'g'diyona" barchadan kamroq engildi - 3.

Klub tarixidagi ilk kumush medal bevosita Ulug'bek Baqoevning nomi bilan bog'liqligini alohida takidlash kerak. "So'g'diyona" ko'plab o'yinlarda aynan uning xarakteri evaziga muvaffaqiyat qozondi. Agar bunga shubhangiz bo'lsa, "bo'rilar" tarkibiga etibor qarating: so'nggi yillarda terma jamoada muntazam o'ynab kelayotgan biror futbolchi bormi? Yo'q. Hattoki, milliy jamoa libosida rasmiy o'yin o'tkazganlar ham sanoqli. Demak, buxorolik mutaxassis "qo'lidagi masalliqlardan shirin ovqat tayyorlashni" uddaladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?
Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин
Fikrlar