So’nggi yangiliklar

15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1 14:4924 ёшли дарвозабон, амалдаги чемпионни ютган мураббий, термага чақирилмайдиган вингер, турни безаб берувчи голни урган хавбек — Суперлигада 28-турнинг энг яхшилари  0 14:27Исақов, Папава, Плетнёв, Умар, Дориев... Суперлига 28-тур рамзий терма жамоаси  0 14:01Гвардиола: "Силва — мен учратган энг ақлли футболчилардан бири"  0 13:29Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин  23 13:12Арне Слот ҳакамлардан норози: "Лайнсмен байроқни кўтариш учун 13 сония вақт сарфлади"  0 12:45Фердинанд МЮ натижасига катта ҳисса қўшаётган 3 футболчини ажратиб кўрсатди  1 12:07"Челси" "Реал" ортга қайтаришни хоҳлаётган истеъдодга эътибор қаратди  4 11:40Нагельсманн Германиянинг ноябрь ойидаги йиғинидан тажриба майдони сифатида фойдаланиш ниятида эмас  0 10:49АПЛнинг ўртамиёна жамоаси "Барселона" футболчисига 80 миллион евро беришга тайёр  4 10:00Стивен Жеррард Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  2 09:32"Реал" Винисиусга нарх қўйди  16 09:07Лионель Месси: "Умид қиламанки, қачондир қайтаман"  6 08:41Италия МТЖ собиқ мураббийи "Ал Садд" бош мураббийи бўлади (Фабрицио Романо)  2 08:16Футзал. Бугун бронза учун майдонга тушамиз  0

Superliga o'yinlariga mezbonlik qilishi mumkin bo'lgan stadionlarda o'rganish ishlari boshlandi Yangiliklar

Superliga o'yinlariga mezbonlik qilishi mumkin bo'lgan stadionlarda o'rganish ishlari boshlandi

Teglar :  PFL Stadionlar
Liga Superliganing 2024-yilgi mavsumiga tayyorgarlik ishlarini boshlagan. Joriy yilning 23 dekabr sanasiga qadar musobaqaga mezbonlik qilishi mumkin bo'lgan stadionlar maydoni to'liq ko'zdan kechirib chiqiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5887-sonli farmoni ijrosidan kelib chiqib, Liga Superliga stadionlari maydoni va projektorlarini OFK talab qilgan ko'rsatkichga olib chiqdi. Bugunga kelib, Andijon, Farg'ona, Namangan, Yaypan, Olmaliq, Jizzax, Qarshi, G'uzor, Buxoro shaharlaridagi 1 tadan va Toshkentdagi bir necha stadion OFK bayrog'i ostidagi xalqaro uchrashuvlarni bemalol qabul qila oladi. 2024 yilgi mavsumda ular qatoriga Termiz shahridagi stadion ham qo'shiladi.

Endilikda Prezidentning 2023 yil 7 apreldagi “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-115-sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida Superliga va Proliga uchrashuvlari o'tkaziladigan stadionlarga talab yanada kuchaytiriladi. SHundan kelib chiqib, Liga stadionlarni monitoring qilish uchun alohida talab ishlab chiqqan. Uning yordamida Liga mutaxassislari va Liga bilan hamkorlik qilayotgan soha mutaxassislari barcha stadionlar maydonini to'liq o'rganib chiqadi. Yakunda ular orasidan talabga javob beradiganlari Superliga uchun tanlab olinadi.

Superligada ishtirok etuvchi biror klub stadioni etarlicha ball to'play olmasa, mazkur stadion Superliga uchun qabul qilinmaydi. Bunda mezbon futbol klub 2024 yilning 10 yanvariga qadar Liga ruxsat etgan stadionlardan biri bilan kelishuvga erishishi hamda talab etilgan ko'rinishda uch tomonlama shartnoma imzolashi kerak bo'ladi. 10 yanvarga qadar boshqa uy stadioni masalasini rasman hal qilmagan futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi yoki Superliga birinchi davrasidagi barcha uy uchrashuvlarni safarda o'tkazishni nazarda tutuvchi navbatdagi sankciya qo'llaniladi.

Malumot uchun, Liga talab qilgan futbol maydonini o'z vaqtida taqdim etmagani uchun o'tgan mavsumning ikkinchi davrasidan boshlab "Metallurg" uy uchrashuvlarini Olmaliq shahrida o'tkaza boshladi. 2024 yilgi mavsumda bu kabi klublar soni yanada ortishi mumkin. Talab barcha futbol klubi uchun bir hisoblanadi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика