Superliga. Nima uchun "Navbahor" bronza medallari sohibiga aylandi?
30 noy 2024 17:43
Yangiliklar
Superliga. Nima uchun "Navbahor" bronza medallari sohibiga aylandi?
Turnir reglamentiga muvofiq, ikki va undan ortiq qatnashchi to'plagan ochkolar teng bo'lib qolsa, ularning o'rni quyidagi ketma-ketlik bo'yicha aniqlanishi ko'zda tutilgan:
• o'zaro uchrashuv(lar) natijasiga ko'ra;
• o'zaro uchrashuvlarda olingan ochkolar natijasiga ko'ra;
• o'zaro uchrashuvlarda urilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqiga ko'ra;
• barcha uchrashuvlarda urilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqiga ko'ra;
• barcha uchrashuvlarda urilgan to'plar soniga ko'ra;
• barcha uchrashuvlarda raqib maydonida urilgan to'plar soniga ko'ra;
• barcha uchrashuvlarda erishilgan g'alabalar soniga ko'ra;
• barcha uchrashuvlarda uchralgan mag'lubiyatlar sonining aks tasiriga ko'ra;
• barcha uchrashuvlarda safar o'yinlarida erishilgan g'alabalar soniga ko'ra;
• barcha uchrashuvlarda uy o'yinlarida uchralgan mag'lubiyatlar sonining aks tasiriga ko'ra.
Superliganing joriy mavsumida oxirgi turdan so'ng uchta klub — "Navbahor", "So'g'diyona" va "Neftchi" klublari 43 ochkodan jamg'ardi.

Regmalentga muvofiq, bu holda dastlab o'zaro uchrashuvlar natijasi inobatga olinadi:
"So'g'diyona" — "Navbahor" 1:2
"Navbahor" — "Neftchi" 1:0
"Navbahor" — "So'g'diyona" 0:3
"Neftchi" — "So'g'diyona" 0:3
"So'g'diyona" — "Neftchi" 1:2
"Neftchi" — "Navbahor" 2:2
Uch klubning o'zaro o'yinlarida "Navbahor" — 7, "So'g'diyona" — 6, "Neftchi" 4 ochko jamg'ardi.
Demak, "Navbahor" uchinchi, "So'g'diyona" to'rtinchi, "Neftchi" esa beshinchi o'ringa joylashadi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar