So’nggi yangiliklar

13:29"Нефтчи": Бугун 10 минг дона чипта сотилди, чунки...  0 12:57Ўзбекистон Австралияни 4:0 ҳисобида ютганини биласизми?  5 12:45Фабио Каннаваро Италиянинг йирик ҳисобдаги мағлубиятига изоҳ бермади  3 12:17"Нефтчи" - "Қизилқум" учрашувига чипталар 2 соатда сотиб бўлинди  9 12:04U-17 Жаҳон чемпионати. Осиёдан учта жамоа қолди  3 11:43Жалолиддин Машарипов: "Каннаваро менга қўнғироқ қилди ва жамоага кераклигимни таъкидлади"  21 10:45ПСЖ Аргентина терма жамоаси футболчиси учун 120 миллион евро беришга тайёр  2 10:07U-17 Жаҳон чемпионати. Бугунги рақибимиз – Италия: улар мусобақани қандай ўтказяпти?  14 09:40Бугун Олимпия терма жамоамиз Хитойга қарши баҳс олиб боради  2 09:13ФИФА президенти табрик йўллади  2 08:45"Андижон"нинг асосий футболчисининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  4 08:18Жаҳон чемпионатида иштирок этувчи 48 жамоадан 34 таси маълум бўлди  6 07:50U-17 Жаҳон чемпионати. Ўсмирларимиз чорак финал йўлланмаси учун майдонга тушади  15 07:22Бугун ФИНАЛ  13 04:38ЖЧ-2026 саралаши. Германия ва Нидерландия мундиал йўлланмасини қўлга киритди, Польша ва Словакия саралашни давом эттиради  1

Superliga. "Nasaf" Qarshida bir kishi kam bo'lib qolgan "Bunyodkor"ni yutolmadi Yangiliklar

Superliga. "Nasaf" Qarshida bir kishi kam bo'lib qolgan "Bunyodkor"ni yutolmadi

Superliga 7-turidan o'rin olgan bellashuv yakuniga etdi.

Superliga

7-tur

Nasaf

Superliga. 7-tur

13/05/2024, 19:00

0
:
0
Tugadi

Bunyodkor

45'
90'
17'  Igor Golban (Marko Stanoevich)
55'  Islom Kenzhaboev (Viktor Da Silva)
71'  Marko Stanoevich
73'  Jambuli Jigauri (Bobir Abdixoliqov)
80'  Shuhrat Muhammadiyev
39'  Mahmud Mahamadzhonov
52'  Farhod O'tkirov (Muzaffar Olimjonov)
60'  Mirzhahon Mirahmadov (Usmonali Ismonaliev)
67'  Momchilo Raso
68'  Rasul Yo'ldoshev
76'  Franye Chiryak (Amirbek Saidov)
76'  Rasul Yo'ldoshev (Samir Jelkovich)
90'  Toni Yovich
90'  Amirbek Saidov

"Nasaf" – "Bunyodkor" 0:0 

Qarshi. "Markaziy" stadioni. 19:00

Bosh hakam: Rustam CHoriev

Yordamchi hakamlar: Sardor Hakimov, Ruslan Samandarov

Zaxira hakami: Maruf Tilloev

VAR: Ilgiz Tantashev

AVAR: Akmal G'iyosov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

Komissar: SHerzod Rajabov

"Nasaf": 35.Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 14.SHarof Muhitdinov, 22.Igor Golban (88.Marko Stanoevich, 17), 27.Islom Kenjaboev (20.Viktor Da Silva, 55), 28.SHuhrat Muhammadiev, 32.Zoran Marushich, 34.SHerzod Nasrullaev, 70.Jambuli Jigauri (10.Bobir Abdiholiqov, 73), 77.Oybek Bozorov.

Zaxira: 91.Zafar Safaev, 9.Javohir Sidiqov, 21.Doniyor Narzullaev, 25.Bekjon Rahmatov, 30.Temur CHogadze, 44.SHahzod Akramov.

"Bunyodkor": 1.Marin Lyubich, 3.Mahmud Mahamadjonov, 4.Najmiddin Normurodov, 5.Momchilo Raso, 7.Suhrob Izzatov, 8.Frane CHiryak (25.Amirbek Saidov, 76), 10.Rasul Yo'ldoshev (6.Samir Jelkovich, 76), 14.Mirjahon Mirahmadov (22.Usmonali Ismonaliev, 60), 45.Farhod O'tkirov (77.Muzaffar Olimjonov, 52), 66.Azizbek To'lqinbekov, 92.Toni Yovich.

Zaxira: 71.Sarvar Karimov, 9.Umid Sultonov, 18.Narimon Ahmadjonov, 19.Bilol Tupliev, 78.Toxirbek To'xtasinov.

Ogohlantirishlar: Mahmud Mahamadjonov (39), Rasul Yo'ldoshev (68), Marko Stanoevich (71), SHuxrat Muhammadiev (80), Toni Yovich (90), Amirbek Saidov (90+4).

CHetlatish: Momchilo Raso (67).


UCHRASHUV YAKUNLANDI! 

90+10. Uuuux! Bobir Abdixoliqovning kuchli va aniq zarbasi Lyubich tomonidan bartaraf etildi! Dahshat!

90+10. Suhrob Izzatov jiddiy etirozlar uchun og'zaki ogohlantirildi. 

90+7. "Nasaf" vakillaridan ketma-ket zarbalar! Hozircha "Bunyodkor" bu hujumlarga dosh bermoqda.

90+4. Amirbek Saidov SHuhrat Muhammadievni yiqitgani uchun sariq kartochka oldi. 

90+1. Zarbaaa! Oybek Bozorovning aylanma zarbasini Marin Lyubich qaytardi! CHiroyli zarba, chiroyli seyv!

90. Ikkinchi taymga naqd 10 daqiqa qo'shildi. 

90. Toni Yovich Muhammadievga nisbatan atayin qilgan qo'polligi uchun sariq kartochkaga loyiq ko'rildi. 

85. Usmonali Ismonaliev maydon markazida SHerzod Nasrullaevni yiqitishga majbur bo'ldi.

80. SHuhrat Muhammadiev qoidani buzgani uchun ogohlantirish oldi. 

79. "Paxtakor" stadionida projektorlarning ayrim chiroqlari o'chib qolgani va o'yin to'xtab turgani haqida xabar berishmoqda.

76. "Bunyodkor"da 2 ta o'zgarish: CHiryak o'rniga Saidov, Yo'ldoshev o'rniga Jelkovich tushirildi.  

73. "Nasaf"da o'zgarish: Jigauri o'rniga Abdixoliqov maydonga tushdi.

71. Bu gal Marko Stanoevich ogohlantirildi. U Muzaffar Olimjonovga nisbatan fol ishlatdi. 

68. Rasul Yo'ldoshevga etiroz uchun sariq kartochka berildi. 

67. Zoran Marushichga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun Momchilo Rasoga qizil kartochka ko'rsatildi!

67. Toni Yovich himoyachilardan qochib ketib, birga-bir holatga chiqib ketdi va zarba yo'lladi, Nematov jamoasini qutqardi. 

64. Akmal Mozgovoyning uzatmasidan so'ng tshp "Bunyodkor" futbolchisining qo'liga tegdi, jarima zarbasi. 

62. Uuux! SHerzod Nasrullaevning bosh bilan bergan zarbasini Marin Lyubich qaytardi.   

60. "Bunyodkor"da o'zgarish: Mirahmadov o'rniga Ismonaliev o'yinga qo'shildi.

58. Muxlislar "Nasaf"ni olg'a borishga chorlashmoqda.

55. "Nasaf"da almashtirish: Kejaboev o'rniga Da Silva tushirildi.

52. "Bunyodkor"da o'zgarish: O'tkirov o'rniga Olimjonov bahsni davom ettiradi.  

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob – 0:0. Tanaffus! 

45+2. Uuux! Suhrob Izzatov Abduvohid Nematov darvozasini tashlab, ancha oldinga chiqib ketgani payqadi va uzoq masofadan zarba berib ko'rdi, noaniq. 

45+1. Zarba! Jigauri ijrosidagi akrobatik zarba muvaffaqiyatsiz chiqdi. To'p noaniq ko'rinish oldi.

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

44. Zarbaaa! Zoran Marushichning chap oyoqda bergan zarbasini Marin Lyubich qaytarishga erishdi. 

39. Mahmud Mahamadjonov darvozabonga ochiqchasiga xalaqit qilgani uchun ogohlantirildi.  

36. SHarof Muhitdinov o'yinni davom ettira oladi. U maydonga qaytdi.   

34. SHarof Muhitdinov zarba berish chog'ida himoyachi bilan to'qnashib, oyog'idan lat edi.  

27. Zarbaaa! Marko Stanoevichning olis masofadan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

21. Azizbek To'lqinbekov raqiboga nisbatan qo'pol harakat qilgani uchun hakam tomonidan jiddiy ogohlantirildi. 

19. Zarbaaa! Farhod O'tkirovning zarbasi kutilmaganda Mirjahon Mirahmadovga borib tegdi. 

17. "Nasaf"da o'zgarish: jarohat olgan Golban o'rniga Stanoevich tushirildi. 

15. Igor Golbanga tibbiy yordam ko'rsatildi. SHu vaqt oralig'ida Ro'ziqul Berdiev Islom Kenjaboevga ko'rsatma berishga ulgurdi. 

11. SHarof Muhitdinovning darvozani nishonga olishga urindi, biroq noaniq.

8. O'yin xuddi bir darvozaga davom etayotganga o'xshaydi. "Nasaf" katta ustunlikka ega.

4. Zarbaaa! Marushich qanday imkoniyat! Hujumchi yaqin masofadan noaniq zarba berdi. 

3. Suhrob Izzatov chap qanotdan oldinga borayotgan Oybek Bozorovni yiqitdi. 

1. O'yin boshlandi! 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика