Superliga. Dragan CHeran ketma-ket 6-mavsum to'purarga aylandi
30 noy 2024 17:23
Yangiliklar
Superliga. Dragan CHeran ketma-ket 6-mavsum to'purarga aylandi
"Paxtakor" hujumchisi o'tgan mavsumdagi natijasini takrorladi.
"Paxtakor"ning serbiyalik hujumchisi Dragan CHeran ketma-ket oltinchi marotaba chempionat to'purariga aylandi. 37 yoshli futbolchi raqib darvozalariga 13 ta to'p kiritib, undan bitta kam gol urgan "So'g'diyona" hujumchisi Lyupcho Dorievni ortda qoldirdi.
CHeran 2019 yildan beri O'zbekiston chempionati to'purari bo'lib kelmoqda. "SHerlar" tarkibida forvard Superliga doirasida avvalgi besh mavsumda 23, 21, 16, 20 va 13 tadan gol urgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq serbiyalik legionerning "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix bilan kelishmovchilikka borib, asosiy tarkibdan chetlatilgani haqida xabar berilgandi.
SHuningdek, hujumchining "Bunyodkor"ga o'tishi mumkinligi haqida aytib o'tilgandi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar