So’nggi yangiliklar

19:00Италия яна ЖЧ саралашида омадсизликка дуч келди — олдинда ўтиш ўйинлари. Буёғига нима бўлади?   0 18:55Асрор Алиқулов: "Ўз майдонимиздаги охирги ўйинда мухлисларга ғалаба совға қилишни мақсад қилгандик"  0 18:39Globe Soccer Awards талқини бўйича йил мураббийи мукофотига даъвогарлар номи эълон қилинди  0 17:55Суперлига. "Шўртан" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  4 17:44УЕФА "Барселона"га рухсат берди  2 17:27"Гулистон" қайтмоқда. Жамоа иккинчи лигада чемпион бўлди  1 17:24Максим Шацких: “Мухлисларнинг қўллаб-қувватловини доимо ҳис қилиб турдим. Барчага раҳмат”  6 17:12Италиялик мутахассис: "Миллий терма жамоадаги имконият учун Фабио Каннаваро ва ЎФАга миннатдорчилик билдираман"  2 16:54"Барселона" 2005 йил "Бернабеу"даги тарихий ғалабага бағишланган 4-комплект формасини тақдим этди  4 16:05"Globe Soccer Awards" йилнинг энг яхши футболчиси номига даъвогарлар эълон қилинди — олти карра совриндор Роналду рўйхатдан жой олмади  20 14:50Суперлига-2026. Учрашувлар интенсивлигини ошириш масаласида навбатдаги қадамлар  2 14:43ФОТОГАЛЕРЕЯ. U-17 Жаҳон чемпионати. Италия - Ўзбекистон (3:2)  0 14:34Суперлиганинг 29-турини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 14:04"Қўқон-1912" жамоасига совриндор бўлиш вазифаси қўйилди  8 13:44Максим Шацкихга қирғиз клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Superliga. Samarqanddagi olovli o'yinda "Dinamo" OKMK ustidan g'alaba qozondi Yangiliklar

Superliga. Samarqanddagi olovli o'yinda "Dinamo" OKMK ustidan g'alaba qozondi

Teglar :  OKMKDinamo
Superliganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Dinamo" - OKMK uchrashuvi bo'lib o'tdi.

"Dinamo" - OKMK 3:2 

16.08.2024. 19:00

"Dinamo" stadioni, Samarqand

Bosh hakam: G'ayrat Jo'raev

Yordamchi hakamlar: Andrey Capenko, Timur Gaynullin

Zaxira hakami: Turg'un Jumaboev

VAR: Rustam Lutfullin

AVAR: Islom Azimov

Nazoratchi: Aleksandr Popov

Komissar: Bekzod Aripov

Gol: Xurshid G'iyosov (penalti) 18 0:1, Ratino 36 1:1, Ruben Sanches (penalti) 49 1:2,  Joel Kojo (Anvar Hojimirzaev) 68, 2:2, Hislat Halilov 90+6, 3:2

"Dinamo": 13. Ravshan Yagudin, 3. Ulug'bek Abdullaev ( 6. Jahongir O'rozov, 68), 7. Francis Narx, 9. Humoyunmirzo Iminov (22. Sanjar SHoahmedov,69), 10. Joel Kojo, 11. Markos Kayk (8. Hislat Halilov, 46), 17. Salim Mustafoev, 20. Francisko Ferreyra, 21. Anvar Xojimirzaev, 44. Dushan Miyich, 70. Duglas Maykon 

Zaxira: 1. Farhod Rahmatov,14. Bahodir Nasimov, 18. Dilshod Rahmatullaev,  23. Azizbek Ahmedov, 30. Abubakr Mo'ydinov, 77. Vohidjon Oqbo'taev

OKMK: 1. Valijon Rahimov, 3. Sardor Rahmonov, 4. Mirjamol Qosimov (19. Mixael Klepac,67), 6. Avazbek O'lmasaliev, 7. Dilshodbek Ahmadaliev, 9. Ruben Sanches (18. Aziz Xolmurodov,67), 10. Xurshid G'iyosov, 11. Kleydi Daci (27. Ali Abdurahmonov,83), 21. Saidafzalxon Ahrorov, 30. Abror Sarimsoqov ( 5. Giorgi Papava,46), 99. Irakli Ruhadze (77. Nodirbek Abdurazzoqov, 46)

Zaxira: 25. Dilshod Yoqubov, 35. Javohir Ilyosov, 13. Eldorbek Begimov,   22. SHohrux Gadoev, 

Ogohlantirish: Ulug'bek Abdullaev ("Dinamo") 17, Hislat Halilov  ("Dinamo") 90+4

MATNLI TRANSLYACIYA


90+6. GOL. Hislat Halilov so'nggi soniyalarda juda sovuqqonlik bilan to'pni darvozaga qarab tepdi. Mana bu o'yin, mana bu haqiqiy drama!

90+4. Penalti bekor qilindi va Hislat Halilovga simulyaciya uchun sariq kartochka ko'rsatdi. 

90+3. Hakam VARda o'zi vaziyatni ko'radi. 

90+2. PENALTI. Valijon Rahimov jarima maydonchasi ichida Halilovga qo'pollik ishlatdi va hakam 11 metrga ishora qildi. 

90. Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

86. UUUX. Hislat Halilov jarima maydonchasi ichida ochiq xududda raqib darvozasiga noaniq zarba berdi. 

85. Avazbek O'lmasaliev qiyin vaziyatda to'p yo'liga g'ov bo'ldi. 

83. O'ZGARISH. OKMK, Kleydi Daci o'rniga Ali Abdurahmonov tushdi

76. Xolmurodovning yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

68. O'ZGARISH. "Dinamo",  Humoyunmirzo Iminov o'ringa Sanjar SHoahmedov, Ulug'bek Abdullaev o'rniga Jahongir O'rozov maydonga tushdi

68. GOL. "Dinamo"dan chiroyli kombinaciya, Iminov - Hojimirzaev - Kojo triosi yakunda hisobni tenglashtirdi. Kojo hujumga chiroyli nuqtani qo'ydi. 

67. O'ZGARISH. OKMK, Mirjamol Qosimov o'rniga Mixael Klepac, Ruben Sanches o'rniga Aziz Xolmurodov tushdi. 

64. SEYV. Valijon Rahimov birga bir vaziyatda to'pga chiqib borib xavfni bartaraf etdi. 

55. ZARBA.  Qosimovdan ajoyib zarba, Yagudindan ham ajoyib seyv. 

49. GOL. Ruben Sanches imkoniyatdan unumli foydalandi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi, 1:2

47. PENALTI. OKMK ikkinchi bo'lim boshlanishi bilan penalti ishladi. Hakam VAR bilan ikki og'iz gaplashib oldi va penalti. 

46. O'ZGARISH. "Dinamo", Markos Kayk o'rniga Hislat Halilov tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

36. GOL. "Dinamo"ning ketma-ket tashkil qilgan hujumlari yakunda samara keltirdi. Ratino uzoq masofadan kuchli zarba bilan Valijon Rahimov darvozasini aniq nishonga oldi. 

33. "Dinamo"ning braziliyalik futbolchisi Ferreyradan yaxshi zarba. Hozircha maydon egalarining hujumlari samara keltirayotgani yo'q. 

24. ZARBA. Yana mehmonlar darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga keldi. Anvar Hojimirzaevning qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. 

22. ZARBA. "Dinamo" xavfli hujum uyushtirdi, Markos Kayk to'pni shunchaki ajoyib to'xtatib olib zarba yo'lladi. Lekin noaniq. O'yinda keskinlik oshdi. 

18. GOL. Xurshid G'iyosov 11 metrlik nuqtadan zarbani xatosiz amalga oshirdi va hisobni ochdi, 0:1

16. PENALTI. OKMKning gruziyalik legioneri Irakli Ruhadzeni "Dinamo" futbolchilari jarima maydonchasi ichida yiqitdi. 

7. OKMK jamoasi ilk daqiqalardan faol harakat qilmoqda. 

- Uchrashuvga start berildi. 

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика