So’nggi yangiliklar

09:00Флик Ямаль қачон сафга қайтишини маълум қилди  0 08:36Паулу Фонсека: "Бунга ҳаққимиз йўқ!"  0 08:11Викарио "Ман Сити"га қарши 60 дақиқа синган оёқ билан ўйнаган  1 07:49"Реал Мадрид" Мартин Субименди учун курашга киришди  0 07:25Венсан Компани: "Яқин йилларда ПСЖнинг қатор футболчилари Месси, Неймар ва Ибрагимович даражасига чиқади"  1 05:05Остон Ўрунов жамоаси Қатар клуби билан муроса кўчасини танлади  0 04:53АПЛ. "Арсенал" ва "Челси"ни мағлуб этган "Ньюкасл" ўз уйида ютқазиб қўйди  1 01:00Элит ОЧЛ. "Истиқлол" – "Пахтакор" 0:0  19 00:33Шацких: "Ҳужумда эса бизга охирги узатма ёки зарба етишмади"  11 00:05Роналду 30 ёшга тўлганидан бери 450та гол урди  26 23:37Шавкат Мирзиёев - Ўзбекистон Миллий Олимпия қўмитасининг раиси  12 23:20"Ал Аҳли" муддатидан аввал кейинги босқичда, Роналдунинг голлари "Ал Насср"га 3 очко тақдим этди  16 22:54Элит ОЧЛ. "Истиқлол" ва "Пахтакор" ўртасидаги зерикарли ўйинда ҳисоб очилмади  46 22:30Ансу Фати Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  1 22:20"Барселона"нинг XXI асрдаги энг яхши футболчилари  14

Superliga. Birinchi davrada murabbiylar tomonidan aytilgan sara iqtiboslar Yangiliklar

Superliga. Birinchi davrada murabbiylar tomonidan aytilgan sara iqtiboslar

Birinchi davra davomida bosh murabbiylar tomonidan bildirilgan esda qolarli jumlalarni yodga olamiz.

Ro'ziqul Berdiev ("Nasaf" bosh murabbiyi):

Har yili katta natijalarni maqsad qilamiz, ammo hali chempion bo'lmaganmiz. Rahbariyat aynan shu maqsadni bu yil oldimizga qo'ygan. 

Jamoani o'yini yaxshi chiqmasa, bu barcha futbolchilarga tasir o'tkazadi.

"Paxtakor" oddiy o'yinchilarni tarkibda olib yurmaydi. 

2:0 juda xavfli hisob.

Bugungi durangdan boshqa klublar manfaat topdi.

"Bunyodkor" qizil kartochkadan so'ng 8-1-0 sxemada o'ynadi.

Biz futbolchilarga keskin o'ynashni aytamiz, biroq qo'pollik bilan emas.

Futbolda barchaga birdek yoqish qiyin.

Bizda etakchilar yo'q. Bu har bir o'yinga tasir ko'rsatyapti.

Mirjalol Qosimov (OKMK bosh murabbiyi):

Har doim bir ishni boshlab olish qiyin kechgan.

Bizda doimgidek nima bo'lishidan qatiy nazar yuqori maqsad qo'yilgan.

Qaysi jamoaga qarshi o'ynashimizning farqi yo'q. Eng yomon ko'rganim — bashorat berish. 

Jamaodagi biror bir o'yinchini ajratib ko'rsatish noo'rin, sababi jamoadagi barcha o'yinchi natijaga o'z hissasini qo'shadi. Agar boks yoki kurash sport turi haqida gap ketganda, javobim boshqacha bo'lardi.

Futbolchining 50 yoshida ham harakati yaxshi bo'lsa, nega endi o'ynamasligi kerak?

Daraxt eksang, hosil berishi kerak.

Futbol shashka yoki boshqa sport turiga o'xshash emas, balki kurashlarga boy o'yin hisoblanadi.

Klubning akademiyasi qanchalik kuchli bo'lsa, asosiy jamoa ham kuchli va raqobatdosh bo'ladi. 

Klubda hech kim abadiy emas, men ham qachondir ketaman. Lekin akademiya, tizim va infratuzilma qoladi. 

Tizimsiz futbol qachondir natija berishdan to'xtaydi.

Zo'r o'ynagan uchrashuvda har doim ham g'alaba qozonavermaysiz. Yorqin o'ynashingiz mumkin, ammo natija bo'lmasa foydasi yo'q. 

Yosh futbolchining oyog'i erdan uzilishi kerak emas. 

Men futbolchilarning yurgan qadamidan nima bo'layotganini sezaman.

Statistika bo'yicha futbol eng ko'p jarohat olinadigan sport turi hisoblanadi.

Mirjamol Qosimov ishxonada futbolchi, uyda esa o'g'lim.

Avvalambor, bir kishi kelgan bo'lsa ham, o'sha muxlis uchun o'ynaymiz, u bahsdan xursand bo'lib ketishi kerak.

Natijalarimiz sal yaxshilansa barcha maqtaydi. Biroz omadimiz kelmay, natijalar yomonlashsa tanqid qilishadi. Bu hayot. Bunday gap-so'zlarga normal munosabat bildiraman. 

Hozirgi kunda transfer amalga oshirish juda qiyin ish. Futbolchilar shartnomaga qo'l qo'ymaganiga qadar mashg'ulotga ham chiqmayman deb turib olishadi. 

Medallar uchun kurashadigan jamoa futbolni esdan chiqarib qo'yishi mumkin emas.

Ivan Boshkovich ("So'g'diyona" bosh murabbiyi):

Futbolchilarning sifati o'yin rejasini hal etadi.

CHempionatimizda zaif jamoaning o'zi yo'q. Istalgan jamoa istalgan raqibini mag'lub etishi mumkin. 

Men ham insonman. O'yin vaqtida emociya bo'ladi.

Men nechta o'zgarish amalga oshirdim? Jarohatlar nechta bo'ldi. Siz hozir arabcha futbolga qiyoslarsiz balki. Faktlar bilan o'z o'yinimizni izoxlab bera olaman. Men uch marta shifokorlarni maydonga tushishdan qaytardim, bu fakt.

Futbolda yaxshiroq o'ynagan jamoa har doim ham g'alaba qozonavermaydi.

Maksim SHackix ("Paxtakor" bosh murabbiyi):

Bosh murabbiyning jamoadan har doim ham ko'ngli to'lmaydi. Biz shunday yo'nalishni tanladik va o'zgarishlar bir kunda ro'y bermaydi.

Asosiy maqsadimiz — terma jamoalar uchun ko'proq futbolchi etkazib berish.

Biz hech kimni majburlab ushlab o'tirmaymiz. Hatto, amaldagi shartnomasi bor futbolchilar bilan ham hayrlashishga tayyormiz, agar ular jamoadagi o'rnidan norozi bo'lishsa.

"Paxtakor" har doim chempionlik ruhiga ega bo'lgan jamoa. Jamoa kim kelishidan qatiy nazar jamoada chempionlik ruhi bor. 

Dastlabki golni urib olganimizdan so'ng negadir g'alati o'yin ko'rsatishni boshladik. SHu, gapiradigan boshqa gapim yo'q.

"Metallurg"ga qarshi bahs murabbiylar uchun qo'lda validol ushlab ko'radigan o'yin bo'ldi.

Hozirgi "Paxtakor"ga qarab baho bermanglar, sababi biz katta o'zgarishlarga qo'l urdik. Bu hali tayyor mahsulot emas.

Bizda esa katta o'zgarishlar bo'lib ketdi. To'g'ri, juda iqtidorli yosh futbolchilar ham uchrab turadi, lekin ular sanoqli. Masalan 40 ta yosh futbolchidan Abbos Fayzullaevga o'xshagan bittagina "vunderkind" chiqishi mumkin.

Imkoniyatlar hammada teng. Kim kuchliroq ekanligini dekabrda bilib olamiz.

3-5 yil ichida terma jamoada hujumchi etishmovchiligi boshlanadi.

Bilasizmi, meni nima xursand qilmoqda? "Paxtakor" kuchsiz vaqtida ham barcha bizdan cho'chimoqda.

Hamma xato qiladi. Buyuk futbolchilar ham xatolar qilgan.

Butun stadion sizga qarshi muxlislik qilsa ham siz professional sifatida o'z o'yiningizni o'ynashingiz kerak.

Bizni sovrinli o'rinlar qiziqtirmaydi. Bizga faqat chempionlik kerak. Men hech qachon musobaqa jadvaliga qaramayman. Jadvalga faqat dekabr oyi yakunida qarayman. 

Superliga Angliya chempionatini eslatadi, u erda, aytaylik, "Manchester Siti" "Brentford" yoki "Stok Siti" maydoniga borib yutqazishi mumkin. 

Bizda asosiy darvozabon, zaxira darvozabon degan tushuncha yo'q. Kim tayyor bo'lsa, o'sha o'ynaydi.

Aleksandr Xomyakov ("Andijon" bosh murabbiyi):

Kuchli raqib bilan o'ynasak, tajribamiz ortadi va o'yin sifati yanada kuchayadi.

Futbolda hamma narsa har doim ham o'xshayvermaydi.

Har 10 ta o'yinda bitta xatoga yo'l qo'yish normal holat.

Muxlislarimiz bizdan har doim g'alaba kutishadi.

Tez orada natijaga erishib bo'lmaydi. Men sehrgar emasman.

Mavsum avvalida medallar uchun kurash haqida o'ylamayotgandik. Bizning asosiy vazifamiz yaxshi va stabil jamoa tuzib olish edi.

Timur Kapadze ("Olimpik" bosh murabbiyi):

Mag'lubiyatdan xech kim qoniqmaydi. Barcha g'alaba uchun maydonga tushadi.

Alam qilayotgani — "Lokomotiv"ga o'z o'yinimiz sabab yutqazganimizda ham mayli edi.

Mag'lubiyatni yomon ko'raman. Bu normal holat. Qaerdadir nohaqliklar bo'lsa bunga chiday olmayman.

Hozir yoshlarimiz 2028 yilgi Olimpiada uchun tayyorgarlikni boshlab yuborgan.

Jamoa Superligada va oxirigacha kurashamiz. Yakuniy qarorni rahbariyat hal qiladi, men bir narsa deya olmayman. Hammasini vaqt ko'rsatadi.

Maydonga chiqdingmi, kurashishing shart.

Olimpiadaga eng kuchli va munosiblar borishi lozim. 

OKMKga qarshi o'yinda qaysi jamoa birinchi gol ursa, g'alabani o'sha jamoa qo'lga kiritardi.

Biz sovg'adan foydalana olmadik.

Futbolchilar o'ziga yaxshi qaray olsa, jarohatlar bo'lmaydi.

Samvel Babayan ("Navbahor" sobiq bosh murabbiyi):

Odil Hamrobekov darajasidagi futbolchini har bir murabbiy orzu qiladi. 

Muxlislarga murojaat qilmoqchiman, "Navbahor"ga muxlislik qiling, joriy mavsum bu yigitlar bilan kerakli natijaga erishamiz.

"Bunyodkor"ni hurmat qilaman, biroq bunday darajadagi jamoalarni mag'lub etishimiz kerak.

Bizda teng kuchli ikkita tarkib bor emas. Asosiy tarkibga munosib deb hisoblayotganlarimiz 12 nafarni tashkil etadi, qolgani yosh futbolchilar.

Har bir seriya qachondir tugaydi. Bugun g'alaba qozondik va men faqat g'alabaga oid savollarga javob beraman.

Yangi mavsumda barcha jamoalar "Navbahor"ga qarshi alohida tayyorgarlik ko'rishmoqda. 

"Olimpik" birinchi daqiqadanoq vaqt cho'zish va o'yin tempini o'ldirishga harakat qildi. Bu ishni kasb qilib olgan boshqa bir jamoani bilardim. "So'g'diyona"ni nazarda tutyapman. U erda murabbiy va futbolchilar o'zgarsa ham uslub o'zgarmasdi. Endi bu safga "Olimpik" qo'shilibdi. Olimpiya terma jamoasi asosini tashkil qiluvchi futbolchilarga bu yarashmaydi. 

Hozirgi kunda nominal hujumchi to'purar degani emas. Jiru Rossiyadagi Jahon chempionatida birorta gol urmagan. Lekin Franciya termasi bosh murabbiyi uni juda maqtagan.

Men hech qachon terma jamoaga chaqirilayotgan futbolchilarni tanqid qilmayman. Sababi men o'zim barchasidan o'tganman. 

Ko'p gapirishga hojat yo'q. Jamoaga nimadir bo'lyapti. Balki omad etishmayotgandir.

Penaltini ko'rdingiz, 100 tadan 100 ta gol uradigan futbolchi noaniq zarba yo'lladi. 

Men ham Namanganda chempionlik bayrami bo'lishini xohlayapman. Yordamchi murabbiylar bilan kuniga 24 soat ishlayapmiz. Bor etiborim jamoada, baribir nimadir etishmayapti. 

O'zimizga bo'lgan ishonch so'nib bormoqda. Bu bizga ortiqcha bosim yuqlayapti. Futboldagi eng qiyin vazifa — raqib darvozasiga yo'l topish.

Ettita uchrashuvda durang qayd etgandan ko'ra, bir marotaba mag'lub bo'lgan yaxshi.

Oxirgi ikki o'yinga jamoani to'liq tayyorlay olmadim, bu o'yin sifatiga tasir qildi. “Navbahor” bilan yana 1,5 yillik shartnomam bor va tovon pulidan bosh tortdim hamda hech qanday moliyaviy davolarsiz ketyapman. Uzoq muddatli shartnoma tuzib, klubdan pul siqib chiqarib, uni qiyin moliyaviy ahvolga solib qo'yish adolatdan emas. Ishonamanki, “Navbahor” ko'zlangan natijalarga erishadi.

Vitaliy Levchenko ("Neftchi" bosh murabbiyi):

"Navbahor" va "Paxtakor" "Neftchi"dan kuchlimi? Buni jurnalistlar aytishi kerak".

Futbolda raqobat kerak. Raqobat bor joyda futbolchi o'sishga erishadi.

Biz yangi jamoa tuzdik. Barcha muammolar hal etilib, bir tizimga o'tishimiz uchun biroz vaqt kerak. Jamoani yig'ish birinchi bosqich. Ikkinchi bosqich esa yangi jamoani bir uslubga moslashtirish. Biz ikkinchi bosqichdamiz. Bizga stabillik etishmayapti. 

OKMKga qarshi asabiy yakun bo'lmaganda, jamoa o'yinini maksimal ball bilan baholagan bo'lardim. 

Jamoada ichki muammolar bor. O'sha muammolarni hal etishimiz kerak. Bu haqda ommaga jar solishni istayman. Umid qilamanki barchasi tez orada to'g'irlanadi.

Effiong nega erta zaxiraga olindi? Agar meni o'rnimga murabbiylik kursisiga o'tirsangiz, qaror qabul qilishingiz mumkin. Ana shunda, kimni almashtirish va olib qolishni hal qilasiz. Sizningcha u yaxshi o'ynadi-mi? Maydonda juda yomon ko'rindi. Tezlik etishmadi. Hujumchilarga, mahorat, balki omad etishmagandir. 

Bizga hozircha mahalliy futbolchilar kerak. Sababi o'zimizning futbolchilarga adaptaciya uchun vaqt kerak emas. Legionerlarga esa vaqt kerak. Ular jamoaga kirishib ketishi qiyinroq.

Hozir "Neftchi" bilan amaldagi shartnomam bor va faqat shu haqda o'ylayapman. 

Futbol hayoti shunaqa, hech kim uchun doimiy joy kafolatlanmaydi.

Fevzi Davletov ("Surxon" bosh murabbiyi):

Maqsadimiz o'tgan yilgi o'yin sifatini saqlab qolish. 

Jamoada hammasi yaxshi, faqatgina natija yo'q.

Nimelining jarohati bor va u hali tiklanishga ulgurmadi. Potapov ruhiy tomonlama o'ynashga tayyor emas.

Hisobda oldinga chiqib olganimizdan so'ng himoyaga yotib olish yaxshi emas. Bu bizga boshog'riq bo'lmoqda.

Ikkinchi davrada Termizga qaytamiz.

"Lokomotiv"ga qarshi bahsda naqd 14 ta keraksiz xato qildik. 

Nimeli haqida gapirishni istamayman. No comment.

Legioner jamoa uchun o'ynashi kerak. Nimeli jamoada o'z kelajagi haqida o'ylasin, "Surxon"da o'ynagisi kelyaptimi yoki yo'qmi tushunib olishi kerak.   

Jamshid Saidov ("Qizilqum" bosh murabbiyi):

Jamoamiz maqsadi: o'tgan mavsumdan yaxshiroq natija qayd etish.

Yigitlarga kuchli hohish va o'z-o'ziga bo'lgan ishonchning tasiri muhim hisoblanadi.

Bilasizmi, ikki-uch nafar futbolchimizga kuch etishmadi. Menimcha, bunga ularning ro'za tutgani sabab bo'ldi.

Uyda devorlar ham yordam beradi. Hamma o'yinni mehmonda o'tkazayotgandekmiz. Navoida ko'proq muxlislar stadionga kelgan bo'lardi.

Futbol o'zi shunaqa o'yin, qanday natija bilan tugashini taxmin qilish qiyin. 

Hozirgi kunda "lider" va "autsayder" degan tushunchalar yo'q.

Men hech qachon hakamlarni tahlil qilmayman, bu ish bilan shug'ullanadiganlar bor. 

Men VAR ko'p hollarda jamoalar katta yordam bermoqda deb hisoblayman. Masalan, milli soniyalarda hakam va men ham vaziyatlarni ko'rmay qolishimiz mumkin, ammo keyinchalik takroriy lavhalarda bu ko'rinadi.

Mavsumni yaxshi boshlagandik, lekin birinchi davra so'ngida omad bizdan yuz o'girdi. O'ylashimcha, jamoa yomon emas. Ammo birinchi davradan so'ng kuchayishimiz aniq. 

Jamoamizga keladigan legioner bizning principlarga mos tushishi kerak.

Vadim Abramov ("Dinamo" bosh murabbiyi):

"Navbahor"ga qarshi o'yinda hisob 2:1 edi, ammo keyin penalti va VAR... O'sha vaziyatni ko'rdim. U erda ikki futbolchi o'zaro kurashga kirishgandi, kim birinchi raqibni ushlab qolgani ko'rinmadi. Hakamlar vaziyatni yakunini ko'rishdi, xolos. To'g'ri, men takroriy vaziyatlarni to'liq ko'rmadim. Lekin hakam vaziyatni VAR orqali ko'rayotganda men ham o'rnimdan turdim va VARga qaradim. To'p uchib kelayotganda Dushan kurashda edi. Hakam penalti qo'yganidan so'ng, bunga nima sabab bo'lganini  so'radim. Ular SHarofiddinovga ishora qilishdi. Takroriy vaziyatni to'liq ko'rish kerak. U erda kurash kechgandi. Agar bunday vaziyatda penalti berilsa, har bir burchak zarbasida 11 metrlik nuqta ko'rsatilishi kerak bo'ladi.

Futbolda har qanday murabbiyning taqdiri shunday. Rahbariyat sizdan natija talab qiladi. Bu normal hodisa. Men bu holatga tushishi mumkin bo'lgan birinchi yoki oxirgi odam emasman. Buning ajablanarli joyi yo'q.

Samarqand — turistik shahar va princip jihatdan, ikkinchi poytaxt hisoblanadi. SHunday ekan, bu erda yaxshi jamoa bo'lishi kerak. 

Akbar Ismatullaevni jamoaga olib kelmoqchi edik. SHaxsan o'zim uni "Dinamo"ga taklif qildim. U o'shanda faoliyatini tugatmoqchi edi. Men uni yana o'ynashga ko'ndirdim. Keyin biz yig'inlarga borganimizda ko'rdimki, u bizga yordam beradigan formada emas. Agar o'ynashni istaganda, men unga imkoniyat berardim. Ismatullaev esa faoliyatini yakunlashini aytgandi.

Hech kim pul haqida so'ramadi. 4 oydan buyon oylik berilmayotgan bo'lsa, qanday qilib natija talab qilish mumkin.

Raqib safida futbolchi chetlatilgan ekan, ochko yo'qotdik deb hisoblaymiz.

Bazan yaxshi o'ynab turib ham natija bo'lmasligi mumkin. Bugun yaxshi ham o'ynadik, natijaga ham erishdik.

Har qanday seriya qachondir yakunlanishi kerak. Afsuski, u bugun tugadi.

Bilasizmi, hozir gapirganimdan va hamma shubhalarni oshkor qilgandan ko'ra, ahmoq bo'lib ko'ringan yaxshiroq. Mayli, hammasiga ko'nikamiz. 

Meni bir anana hayron qoldirmoqda. "Olimpik" safida bizga qarshi o'yinda ishtirok etgan futbolchi bundan oldin qizil kartochka olgan ekan va u o'yinni o'tkazib yuborishi kerak bo'lgan. Lekin qizil kartochka bekor qilinibdi. "Andijon" futbolchisi so'ngi uchrashuvda olgan qizil kartochkasini ham bekor qilingani haqida hozir bilib oldim. Bu bizga qarshi yaxshi anana bo'lib qoldi. Bizning o'yindan oldin raqiblarimizning kartochkalari bekor qilinyapti. "So'g'diyona"ga ham bemalol qizil kartochka olaverishni maslahat beraman. CHetlatish keyinchalik baribir o'z ko'chini yo'qotadi.

"So'g'diyona"ga qarshi o'yin xuddi bizning 0:2 hisobidagi mag'lubiyatimiz bilan boshlangandek taasurot qoldirdi.

Aleksandr Stoymirovich ("Lokomotiv" sobiq bosh murabbiyi):

"Lokomotiv" jamoasi bugun katta loyihaga dastlabki qadamni qo'ydi. Yangi jamoa qurish va yosh futbolchilarni tarkibga qo'shish maqsadimiz sanaladi. Bugungi uchrashuvga bir oy tayyorlandik, ammo bor-yo'g'i 15 daqiqa yaxshi o'yin namoyish etdik.

"Paxtakor"ga qarshi o'yinda 11 metrlik jarima belgilaganda penaltini tepish borasida Sanjar Tursunovni tanlagandik. Lekin u Damyan Krayishnikka yo'l berdi va etakchi, inson sifatida qandayligini yana bir bor ko'rsatdi. "Sen tep, gol urding, senga ishonaman" dedi. Bu haqiqiy sardorning gapi bo'ldi. 

Futbol juda qiyin sport turi. Har bir futbolchining o'ziga hos organizmi bor. Qaysidir jarohatlar oldini olishning iloji yo'q. Sababi o'yin vaqti yugirayotgan chog'i jarohat olib qolishingiz mumkin.

Bizning imkoniyatlarimiz va qurbimiz etgan futbolchilar avvalgi klublarida zaxirada o'tiradigan o'yinchilar edi. Ular hali hamon asosiy tarkib futbolchisi ekanligiga ko'nikib keta olishmayapti. Asosiy maqsadimiz — ligada jon saqlab qolish.

Futbolchilar, ilk navbatda, o'z ichidagi muammolarini hal etishlari kerak. Futbolchi butun faoliyati davomida o'zi bilan o'zi kurashishi kerak. Ichki muammolarni ruhshunos yoki bosh murabbiy hal etib bera olmaydi. Futbol — erkaklar o'yini.

Ilyos Zeytullaev ("Bunyodkor" bosh murabbiyi):

G'alabani butun jamoa qo'lga kiritganidek, mag'lubiyatni ham butun jamoa bosh murabbiy bilan birga qabul qiladi.

Hozir kamroq gapirib, ko'proq ishlashimiz kerak.

"Bunyodkor" so'nggi o'rinlarda yuradigan jamoa emas.

Taktik uslub deganda, aynan nimani nazarda tutayotganingizni bilmayman, balki chiroyli va hujumkor futbolni nazarda tutayotgandirsiz. Lekin men Pep Gvardiola emas, Ilyos Zeytullaevman. To'g'ri, Italiyada ko'p vaqt davomida istiqomat qildim. Jan Pero Gasperini va Mauricio Sarri kabi mashhur murrabiylar bilan ishladim, ammo men Ilyos Zeytullaevman va mening futbolim boshqacha bo'ladi. Men hali hamon angrenlik oddiy bir yigitman, faqatgina Italiyaga ko'chib ketganman.

0:3 hisobida mag'lub bo'lganimizdan so'ng qanday qilib ijobiy jihatlar haqida gapirishim mumkin?

"Bunyodkor" ayni damda ligada jon saqlab qolish uchun qurashmoqda. Joriy mavsumdagi asosiy maqsadimiz shu.

Agar Xudo biz bilan birga bo'lsa, kim qarshilik qilishi mumkin? 

Futbol shunday sport turiki, unda yaratilgan imkoniyatlardan foydalanishingiz kerak.

Men joyimdan qo'rqmayman. Ertaga nima bo'lishini bilmaymiz. Murabbiy hayotida bo'ladigan narsa. Rahbariyat mendan bo'shatishni va boshqa odam kelishini aytsa men faqat "Bunyodkor"ning muxlisi bo'lib qolaman.

Vesko Steshevich ("Metallurg" sobiq bosh murabbiyi):

Bu erdagi bir ochko Afrikada ham bir ochko hisoblanadi. 

Gol, albatta, bir tomonning mahorati va ikkinchi tomonning xatosi evaziga yuzaga keladi. 

"Andijon"ga qarshi haqiqiy erkakcha futbol guvohi bo'ldik va durang adolatli natija bo'ldi.

Men muxlislarni tushunaman. Bu kabi natijalar ularga yoqmasligi aniq. Bugun ham mag'lub bo'ldik. Natijalarimiz juda-juda yomon.


Superliga-2024. Birinchi davraning esda qolarli lahzalari

Coca Cola Superligasi-2023. Murabbiylardan sara iqtiboslar


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика