So’nggi yangiliklar

21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  1 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  5 21:00"Барселона"да жароҳатланганлар сафига яна бир футболчи қўшилди  1 20:40"Мен халқаро танаффусларни яхши кўраман! Ҳар икки ҳафтада шундай бўлишини хоҳлардим!" — Гвардиола  0 20:08Испания футболи афсонаси фаолиятини якунлади  9 19:50"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Олимпик"ни 3 та тўп фарқи билан енгди  0 19:37Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Жанубий Америкага йўл оладиган таркиби маълум  3 19:20Евгений Жук: "Бугун, айнан бугун менинг она шаҳрим Киев 5 соат ўққа тутилди"  15 19:18Кападзе навбатдаги икки ўйинда миллий жамоамизни бошқарса...  35 19:02Жалолиддин Машарипов: "Катанец билан бундай ҳолат рўй бериши биринчи марта эмас"  16 19:00Ихор Корсун: "Турнир давомида бизни қўллаб-қувватлаб турган ўзбекистонлик ва қозоғистонлик мухлисларга миннатдорчилик билдираман"  0 18:41Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоаси КХДРга қарши сафар учрашувини Лаосда ўтказади  4 18:31Даниил Абакшин: "Энг яхши тўпурар ва ассистентлар сафида бўлиш ёқимли"  0 18:18Уассини Гирио: "Ҳисоб 0:2 пайти гол урдик, кейин нималар бўлганини билмайман"  0 18:07Суҳайл Муҳиддин: "Украинага қарши ўйинга тайёр эмасдик"  0

Superliga. 5-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

Superliga. 5-tur ramziy terma jamoasi

Teglar :  ramziy terma jamoa
Superliganing 5-turida yorqin futbol ko'rsatgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdik.

Unga ko'ra, darvozaga "Qo'qon-1912" posboni O'tkir Yusupov loyiq ko'rildi. Yusupov "Loko"ga qarshi o'yinda bir qator vaziyatlarda ajoyib seyv qilib jamoasini muqarrar gollardan qutqardi va tur qahramoniga aylandi.

CHap qanot himoyasiga esa "Buxoro" futbolchisi Sanat SHixovni qo'ydik. Tur futbolchisiga aylangan SHixov "Paxtakor" bilan o'yinda jamoasi g'alabasiga munosib hissa qo'shdi. Sababi, SHixov ikki bor darvozaga kirib ketayotgan to'pni chiziqni ustidan qaytarib qoldi. SHuningdek, uchrashuv davomida juda faol harakat qildi.

Markaziy himoyada "Navbahor"ning legioner futbolchisi Tomislav Payovichni munosib ko'rdik. "Nasaf"ga qarshi o'yinda mezbonlarning mudofaa chizig'ini mustahkam turganiga Payovichning xizmatlari katta bo'ldi.
Unga tandem sifatida "Bunyodkor"ning tajribali himoyachisi Anvar G'ofurov tanlandi. G'ofurov "Qizilqum"ga qarshi o'yinni ishonchli o'tkazdi va jamoasi darvozasi dahlsizligi saqlanishida munosib ulush qo'shdi.

O'ng qanot himoyasi esa Murod Xolmuhammedov bilan to'ldirildi. Xolmuhammedov "Qo'qon-1912"ning "Lokomotiv"ga qarshi kechgan bahsida nafaqat penaltidan gol urdi, balki butun o'yin davomida mudofaa chizig'ini ishonchli to'p surishida o'zining katta hissasini qo'shishiga muvaffaq bo'ldi.

Tayanch yarim himoyachilari sifatida Javlon Ibrohimov hamda Salamat Qutibaev tanlab olindi. Bu ikki yarim himoyachilar ushbu turda jamoalariga g'alaba keltirgan gollarga mualliflik qilishdi. SHuningdek, Ibrohimov va Qutiboev butun bahs davomida maydon markazini boshqarishda ham faollik ko'rsatishdi.

Hujumkor yarim himoyachi sifatida "Metallurg" azosi Zafar To'raev joriy turda ramziy terma jamoaga kirishga loyiq topildi. To'raev "So'g'diyona" bilan o'yinda jamoasi hujumlarini boshlashda, rivojlantirish va yo'nalish berishda faol o'ynadi. SHu bilan birgalikda, bir qator vaziyatlarni o'zi yakunlashga ham urindi. Ayniqsa birinchi bo'limda raqib darvozasi tomon xavf solib turgan To'raev, ikkinchi bo'limda jamoasining birinchi golini kiritgan SHahzod SHaymanovga assistentlik qildi.

Hujumkor vinger rolida AGMKdan SHohnazar Norbekov tanlangan bo'lsa, qarama-qarshi qanotda SHavkat Salomov qo'yildi. Norbekov Farg'onadagi bellashuvda jamoasining g'alabasiga eng katta hissani qo'shdi. Aynan uning to'p uzatmalaridan so'ng AGMK ketma-ket ikki bor "Neftchi" darvozasini ishg'ol etdi. SHavkat Salomov esa "Paxtakor" bilan o'yinda yorqin o'yin ko'rsatdi. Jamoasi hujumlarini tashkil etishda jonbozlik ko'rsatgan Salomov shabhasiz tur ramziy terma jamoasiga kirishga loyiq o'yin ko'rsatdi. Salomov aslida markazda o'ynaydi, ammo ramziy terma jamoa safida markazda o'ynaydigan futbolchilar ko'payib ketganligi bois, nisbatan universal sanalgan Salomovni hujumkor vinger sifatida maydonda joylashtirdik.

Ushbu turda atiga 10ta gol kiritildi. SHularning bittasi faqatgina hujumchi hisobiga yozildi. AGMK safidagi Vadim CHemirtan birinchi bo'limda jarohatlangan Zafar Polvonovni o'rniga tushdi va bahs yakuniga qadar gol urishga hamda AGMK foydasiga penalti ishlashga muvaffaq bo'ldi. SHu boisdan ham CHemirtan hujumchilar uchun atiga birgina ajratilgan joyga ortiqcha raqobatsiz joylashdi.


Demak 5-tur ramziy terma jamoasi bilan tanishing:
Darvozabon: O'tkir Yusupov ("Qo'qon-1912")
Himoyachilar: Murod Xolmuhammedov ("Qo'qon-1912"), Tomislav Payovich ("Navbahor"), Anvar G'ofurov ("Bunyodkor"), Sanat SHixov ("Buxoro")
Yarim himoyachilar: Javlon Ibrohimov ("Bunyodkor"), Salamat Qutibaev ("Buxoro"), Zafar To'raev ("Metallurg"), SHavkat Salomov ("Buxoro"), SHohnazar Norbekov (AGMK)
Hujumchi: Vadim CHemirtan (AGMK)

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика