So’nggi yangiliklar

00:57"Арсенал"га МЮ тарбияланувчиси керак  0 00:24Мане 2015 йилда нега МЮга ўтмаганини айтди  0 23:54Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:37"Пахтакор" 7 ўйин деганда Суперлигада "Насаф"ни мағлуб этди  2 23:13Дуайт Йорк "Юнайтед"да Шешконинг ўрнига кимни ўйнатиш кераклигини айтди  1 22:50Каррагер "Ливерпуль" ҳақида: "Мавсумни тўлақонли пароканда қилиш учун марказий ҳимоячи жароҳат олса бўлгани"  0 22:16Жорди Альба: "Ямал ва Мессини солиштириш нотўғри"  0 21:54Камолиддин Тожиев: "Мухлисларга ёқадиган ўйин бўлди"  2 21:39Рўзиқул Бердиев "Пахтакор" майдонидаги мағлубиятдан кейин нималар деди?  36 21:21Аденис Шала: "Пахтакор"дан яхшироқ ўйнадик"  5 20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  3 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  14 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  172 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1

Superliga 2025 yildan start olishi mumkin! Yangiliklar

Superliga 2025 yildan start olishi mumkin!

Teglar :  Superliga
Superliga tashkilotchilari turnirning formati haqida bosh qotirishmoqda.

Eslatib o'tamiz, avvaliga ushbu ligada 12 jamoa ishtirok etishi kutilgandi. Biroq barcha jamoalar ligadan chiqib ketgan va faqatgina "Barselona" va "Real" qolgandi.

"Mundo Deportivo" malumotiga ko'ra, turnir uch divizionga bo'linadi. Eng yuqori "Yulduzli" ligada kuchli beshlik ligalarining 16 jamoasi hamda Portugaliyaning kuchli jamoalari ishtirok etadi.

Ikkinchi - "Oltin" divizionda 16 va uchinchi "Ko'k" divizionda 32 jamoa ishtirok etishi va shularning 20tasi har yili almashishi kutilmoqda.

Tashkilotchilar Superliganing boshqa o'zgarishlarini ham muhokamaga qo'ishgan. Garchi tarixi katta bo'lmasa-da, ayrim klublar "Yulduzli" ligadan ham o'rin olishlari mumkin.

SHuningdek, turnirning davomiyligida ham o'zgarishlar bo'lib qolishi ehtimoli yo'q emas. Ayni damda "Yulduzli" divizionning guruh bosqichida jamoalar 8tadan ikki guruhga bo'linadi va ular ikki davrali bosqichda 14ta o'zaro o'yinlar o'tkazishadi.

SHundan keyin dastlabki to'rt o'rinni egallagan jamoalar chorak finalga yo'llanma olishadi. CHorak va yarim finallar ikkita o'yinli, final esa bir o'yinli tarzda o'tkaziladi. Umumiy hisobda chempion 19 o'yinda ishtirok etadi. ECHLning hozirgi formatiga ko'ra, chempionning umumiy o'yinlari soni 17tani tashkil qiladi.

Hozircha ushbu o'yinlar sonini 17 yoki 18tagacha tushurish variantlari ham ko'rib chiqilmoqda. O'yinlar har haftaning o'rtalarida bo'ladi va milliy chempionat bahslariga tasir qilmaydi.

Superliga kelasi yilning sentyabrida yoki 2026 yilning sentyabrida start olishi kutilmoqda.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика