So’nggi yangiliklar

09:38Роналду кечаги учрашувдан сўнг қисқа фикр билдирди  0 09:10Келаси мавсум Суперлига икки жамоасининг фарм клуби Пролигада иштирок этиши мумкин  0 08:42"Бухоро" директори ўз лавозимида қолади  2 08:19"Сурхон" уч нафар футболчи билан хайрлашди  3 03:20АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади  34 02:40АПЛ. ​"Челси" "Борнмут" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" ва "Эвертон" ғалаба қайд этишди  5 00:56Саудия Арабистони. "Ал Насср" мавсумда илк бор очко йўқотди. Роналду 957-голини урди  4 00:29Ўзбекистон U-21 терма жамоаси ўртоқлик учрашувида Қатар U-23 термасига ютқазди  4 00:14Ироқ. "Аманат" Бахтиёр Қосимовнинг дубли эвазига "Ал Шорта"ни мағлубиятга учратди  0 23:29"Ман Сити"га ўтаётган Семеньонинг трансфер суммаси ва маоши маълум  0 22:40"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишни истамади  0 22:15Куртуа "Реал"нинг декабр ойидаги энг яхши ўйинчиси деб топилди  0 21:42Деклан Райс жароҳат сабаб "Астон Вилла"га қарши ўйнамайди  5 21:05Футболда 2026/2027 йилги мавсумдан бошлаб "Арсен Венгер офсайди" жорий этилиши мумкин  16 20:40Иньяки Уильямс Испания Суперкубоги ҳақида: "Саудия Арабистонида ўйнаш - жуда ёқимсиз"  2

Superliga-2023. Medallar uchun kurashgan 5 jamoa orasida "Nasaf" ustunlikka ega Yangiliklar

Superliga-2023. Medallar uchun kurashgan 5 jamoa orasida "Nasaf" ustunlikka ega

Suparliga-2023 davomida medallar uchun so'nggi turga qadar kurash olib borgan jamoalarning o'zaro o'yinlari qanday kechgandi? Yani, ularning qolgan jamoalarga qarshi o'yinlari ayirib tashlansa, musobaqa jadvali qanday ko'rinishda bo'lardi?

Mana shu 5 jamoa ishtirokidagi markaziy o'yinlarning o'zinigina ajratib olsak, "Nasaf" va "Neftchi" hammadan ko'proq ochko jamg'ara olganini ko'rish mumkin. O'zaro o'yinlarda ham, to'plar farqiga ko'ra ham ustunlik "Nasaf" foydasiga.



"Nasaf" mana shu jadvalda qayd etilgan har bir raqibiga qarshi umumiy 2 ta o'yin fonida olib qaralsa, ularning hech birida raqibidan ortda qolmagan yagona jamoa hisoblanadi. Masalan, "Paxtakor" bilan to'la tenglik, "Neftchi" to'plar farqiga ko'ra mag'lub etilgan. OKMK va "Navbahor"dan ko'proq ochko ishlab olingan.   

"Nasaf"ga chempionlik uchun 5 ochko etmadi. Ro'ziqul Berdiev jamoasi Qarshida kutilmaganda quyidagi o'yinlarda ochko yo'qotdi: 

"Nasaf" 0:1 "Andijon"

"Nasaf" 0:0 "Qizilqum"

"Nasaf" 0:1 "Bunyodkor" 

"Nasaf" 0:0 "So'g'diyona" 


SHuningdek, "Nasaf" "Andijon" bilan o'zaro ikki o'yinning o'zidayoq 5 ochko boy berdi. "Bunyodkor" bilan o'zaro ikki o'yinda ham shuncha ochko yo'qotildi. "Qizilqum" bilan o'zaro ikki bahsda esa 4 ochkodan mahrum bo'ldi. 

"Neftchi" butun mavsum davomida eng ko'p durang qayd etgan jamoa bo'ldi. Yani, markaziy o'yinlarda o'zini ko'rsatgan Levchenko jamoasi, nisbatan oddiyroq o'yinlarda eng ko'p marta ochko yo'qotdi.

"Navbahor" markaziy uchrashuvlarning birortasini o'z foydasiga hal qila olmadi. O'zaro to'qnashuvlarda "Neftchi"dan tashqari qolgan uch raqibga mag'lub bo'ldi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика