So’nggi yangiliklar

21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  0 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0 20:22Эрон. "Персеполис" сафарда ғалабага эришди ва пешқадам бўлиб олди  0 19:49Каталония дербиси қайноқ ўтади. "Эспаньол" "Барселона"га қарши ўйин олдидан эҳтиёт чораларини кўрмоқда  2 19:30Эрон чемпионати. "Трактор" "Шамс Азар" меҳмони бўлди, Ҳамробеков 56 дақиқа ўйнади  1 19:13Расман: Ўзбекистон МТЖнинг дарвозабонлар бўйича собиқ мураббийи ОКМКда иш бошлади  2 18:56​Расман: "Андижон" грузиялик футболчи трансферини эълон қилди  4 18:36"Барселона" ва АПЛ клублари Камерун терма жамоаси ҳужумчисини кузатмоқда  1 18:07"Хоразм" футболчиси "Сурхон"га ўтмоқда  1 17:39"Ювентус" ва "Рома" афсонаси Левандовскини "Милан"га ўтишдан огоҳлантирди  2 17:05Азмиддинов "Андижон"дан кетди  10 16:38"Барселона" АПЛ жамоаси ҳимоячисининг трансфери бўйича музокара олиб бормоқда  1 16:10"Шўртан" ҳимоячиси "Андижон"га ўтди  8 15:47City Football Group Ҳиндистон клубидаги улушини сотди  2

Superliga-2022. 25-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Superliga-2022. 25-turning eng yaxshilari

Teglar :  Tur laureatlari
Kuni kecha Coca Cola Superligasining 25-turidan o'rin olgan o'yinlarga yakun yasaldi.

Championat.asia o'tkazilgan bahslar asosida tur laureatlarini aniqladi.

CHempionlik uchun kurashayotgan Namanganning "Navbahor" jamoasi bu tur Bekobodda mehmon bo'ldi. O'yin davomida "Metallurg" raqib darvozasi tomon ko'plab zarba berdi ammo gol ura olmadi, bunga "lochinlar" posboni O'tkir Yusupov "aybdor". "Navbahor" darvozaboni O'tkir Yusupov Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 25-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi.



Bu turda "Bunyodkor" yarim himoyachisi Umarali Rahmonaliev "Qo'qon-1912"ga qarshi bahsda jarima maydonchasi tashqarisidan chiroyli gol urdi va tur goliga mualliflik qildi. VIDEO



CHempionlik uchun kurashayotgan "Nasaf" o'z maydonida "Neftchi"ni qabul qildi. SHu o'yingacha peshqadamlik qilayotgan "ajdarlar"ni faqat g'alaba qoniqtirardi. "Neftchi" esa uchrashuvdan avval ligada qolish vazifasini uddalab bo'lgandi. SHunga qaramay farg'onaliklar safarda g'alabaga erishishdi va "Nasaf"ni uchinchi o'ringa tushirib yuborishdi. Musobaqa jadvali tomonidan olib qaraganda o'zi uchun keraksiz bo'lgan bahsda g'alabaga erisha olgani uchun, Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, Vitaliy Levchenko 25-turning eng yaxshi murabbiyi deya etirof etildi.



Qarshidagi bahsda "Neftchi"ning o'yinini boshqargan futbolchi tajribali Lutfulla To'raev bo'ldi. Aynan u raqib hujumlarini to'xtatish va o'z jamoasining hujumini boshlashda faol bo'ldi. Yakunda "Neftchi" Qarshidan 3 ochko bilan qaytdi. SHu bois, Lutfulla To'raev Championat.asia talqiniga ko'ra 25-turning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.



O'zbekiston chempionati turnir jadvali va to'purarlar ro'yxati >>>>> Superliga

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика