So’nggi yangiliklar

10:39"Манчестер Сити" 40 йиллик натижани такрорлади  1 10:04Невилл МЮ учун идеал мураббий ким эканлигини айтди  2 09:28Анвар Раҳимов - "Локомотив" U-21 жамоаси бош мураббийи!  3 09:01Ниҳоят "Андижон" ўз мақсадига эришди  13 08:32Эронга қарши учрашувдан сўнг Равшан Ҳайдаров нималар деди?  10 08:01Африка Миллатлар кубоги. Ярим финал жуфтликлари билан танишинг  3 07:35Жейми Милнер рекорд қўйди  1 02:59Англия Кубоги. "Челси" Росеньорнинг дебютида "Чарльтон" майдонида йирик ҳисобда ғалаба қозонди  0 02:12Олег Зотеев: "Жаҳон чемпионатидаги рақиблар Ўзбекистонни менсимай майдонга чиқади"  2 01:56Африка Миллатлар Кубогининг сўнгги ярим финалчиси аниқ бўлди  3 01:33Анзур Исмоилов: "Роналду билан тенгдошмиз. Бу ёшда ўйнаш учун футболни севиш керак"  8 01:15Лиам Росеньор: "Одамлар менинг "Манчестер Юнайтед" мухлиси бўлганимни танқид қилишлари мумкин"  1 00:46Англия Кубоги. "Астон Вилла" "Тоттенхэм"ни мусобақадан чиқариб юборди  2 00:32"Хоразм" "Сурхон" футболчисини таркибига қўшиб олди  0 00:17А Серия. "Рома" 3 дақиқада киритилган икки гол эвазига ғалабага эришди  0

Darvozani "quruq" saqlagan posbon, markaziy uchrashuvda g'olib bo'lgan murabbiy, "2+1" natija qayd etgan futbolchi - Superligada 29-turning eng yaxshilari Yangiliklar

Darvozani "quruq" saqlagan posbon, markaziy uchrashuvda g'olib bo'lgan murabbiy, "2+1" natija qayd etgan futbolchi - Superligada 29-turning eng yaxshilari

Championat.asia sayti O'zbekiston Superligasi 29-turining eng yaxshilarini aniqladi.

Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 29-turning eng yaxshi darvozaboni – Abdumavlon Abdujalilov ("Bunyodkor")

"Bunyodkor" bu tur Zominda "So'g'diyona" mehmoni bo'lib, ortga 2:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytdi. Ushbu muvaffaqiyatda "qaldirg'ochlar" darvozaboni Abdumavlon Abdujalilovning o'rni beqiyos. U uchrashuv mobaynida bir qator jiddiy seyvlarni amalga oshirib, darvozani "quruq" saqladi va g'alabada munosib hissa qo'shdi. Championat.asia ijodkorlari aynan "Bunyodkor" posboni Abdujalilovni tur darvozaboni deb topdi. 


Championat.asia sayti talqinida 29-turning eng yaxshi murabbiyi – Kamoliddin Tojiev ("Paxtakor")

"Paxtakor" ushbu turda "Nasaf" bilan bahs yuritib, o'zi uchun muhim g'alabaga erishdi (1:0). Kamoliddin Tojiev bahs uchun to'g'ri tarkibni tanladi va himoyani ham mustahkam tuta oldi. Shunday qilib, shogirdlari mazmunli o'yin ko'rsatgan "sherlar" ustozi Tojiev Championat.asia xodimlari tomonidan tur murabbiyi bo'lishga loyiq ko'rildi.


Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, 29-turning eng yaxshi futbolchisi – Alisher Odilov ("Neftchi")

"Neftchi" ushbu turda "Qizilqum"ni yirik hisobda (4:1) engib, 24 yil deganda chempionlikka etishdi. Bunda farg'onaliklar vingerining 2 ta goli va 1 ta golli uzatmasi muhim o'rin tutdi. Uchrashuv shunchaki Odilovning benifisiga aylanib ketdi. 19 daqiqada dubl qilishga ulgurgan vinger uchinchi golda assistent vazifasini ham bajardi. Championat.asia ijodkorlari bir ovozdan 24 yoshli futbolchini turning eng yaxshi o'yinchisi sifatida etirof etdi.  


Championat.asia sayti talqinida 29-turning eng chiroyli goli muallifi – Imeda Ashortia ("Bunyodkor")

Yuqorida yozib o'tganimizdek, "Bunyodkor" bu turda "So'g'diyona"ni 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Mehmonlarning gruziyalik futbolchisi 60-daqiqada olis masofadan chap oyoqda darvozaning to'qqizligini nishonga oldi — raqib posboni zarbani bartaraf etishda shunchaki ojiz qoldi. Shu tariqa, tajribali o'yinchi turning eng chiroyli goli muallifi deb topildi.



Reyting: +5   

Fikrlar

   
25 noy 19:11:21
Тохир
Абдумавлон сизга рахмат.
Бунёдкорни ютукларида сизнинг хиссангиз катта.
Кугусида сизга омад тилайман.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика