Futzal bo'yicha Oliy liganing 6-tur uchrashuvlari qaerda o'tishi aniq
25 noy 2025 12:32
Yangiliklar
Futzal bo'yicha Oliy liganing 6-tur uchrashuvlari qaerda o'tishi aniq
Turga viloyat futbol akademiyasi sport zali mezbonlik qiladi.
Mazkur tur 2025 yil hisobidan so'nggisi bo'lgani bois barcha jamoalar maksimal tarzda ochko jamg'arish payida bo'lishadi. Bu esa tur o'yinlarining qiziqarli hamda murosasiz kurashlar ostida o'tishiga asos bo'ladi. Shu manoda 6-turda biz yana keskin raqobat, hujumkor va sermahsul o'yinlar guvohi bo'lamiz.


6-tur oldidan amaldagi chempion BMB eng yaqin taqibchilari SQB hamda “Oil Star” bilan 5 ochkolik tafovutni saqlab qoldi. Shuningdek, OKMK ham etakchilarni izma iz quvib kelmoqda. Liganing "oltin o'rtaligidan" o'rin olgan jamoalar istalgan bahsda kutilmagan natijani qayd etishlariga ko'p bora shohid bo'ldik. Ligada o'z mavqeini saqlab qolish harakatidagi jamoalar ham bo'sh kelishmayapti.
O'FF hamda “Sport” ijodiy birlashmasining o'zaro kelishuviga muvofiq 6-turning barcha o'yinlarni “Sport-TV” hamda “Futbol-TV” telekanallarida hamda O'zbekiston futzal federaciyasining YouTube kanali orqali to'g'ridan to'g'ri, jonli tarzda efirga uzatiladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar