So’nggi yangiliklar

00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  1 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  2 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  2 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  2 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  3 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  3 21:36Дмитрий Плетнёв - "Динамо" футболчиси  4 20:45Назорат учрашуви. "Қизилқум" Про лига жамоасига йирик ҳисобда мағлуб бўлди  0 20:18"Манчестер Сити" "Ньюкасл"нинг 22 ёшли ҳимоячиси учун 65 миллион фунт таклиф қилишга тайёр  6 20:00"Арсенал" ҳимоячиси Саудия Арабистони клублари қизиқишини инкор этди  1 19:38"Манчестер Сити" футболчисини 40 млн еврога сотмоқчи  1 19:16"Сурхон" тажрибали дарвозабонини "Хоразм"га ижарага берди  7 18:55Оливер Кан телевидениега қайтмоқда  3

Superliga 16talik formatga majburmi? Yangiliklar

Superliga 16talik formatga majburmi?

Superliga kelasi yil 16ta jamoa ishtirokida o'tkaziladi.

Ammo kimlar qatnashishi to'liq yuz foizga malum emas. Superligada o'z o'rnini saqlab qolgan jamoalar: "Nasaf", OKMK, "Navbahor", "So'g'diyona", "Neftchi", "Paxtakor", "Surxon", "Dinamo", "Andijon", "Bunyodkor", "Qizilqum". Demak, 11ta jamoa.

"Olimpik" o'tish o'yinida yutqazib Proligaga tushib ketdi. "Metallurg" o'tish o'yinida g'alaba qozonib, o'rnini saqlab qola oldi, biroq kelasi yil Superligada o'ynashi mavhum. Klubning hatto Prroligada ishtirok etishi ham so'roq ostida. "Lokomotiv" oxirgi o'rinni egallab Proligaga tushib ketdi.

PFL 2025 yilgi Superliga 16ta jamoa ishtirokida o'tkazilishini aytgan. Yuqorida 11ta jamoani sanab o'tdik. "Mashal" bilan "Buxoro" Proligada 1-2 o'rinlarni egallab, to'g'ridan to'g'ri Superliga yo'llanmasiga ega chiqdi. "Qo'qon-1912" bilan "SHo'rtan" pley-off orqali Superligaga chiqdi. "Metallurg" ham pley-offda g'alaba qozonib, 16-jamoa bo'ldi.

Agar "Metallurg" Superligadan voz kechsa, unda 15ta jamoa qoladi. SHuningdek, bu jamoa 24 dekabrga qadar o'z taqdiriga oydinlik kiritishi lozim. Aytaylik, "Metallurg" har qanaqasiga Superligada o'ynamaydigan bo'ldi, unda nima bo'ladi? Unda PFL o'tish o'yinida "Metallurg"ga yutqazgan "Olimpik"ka yuzlanadi. Lekin hozirgi paytda "Olimpik" klubining ham keyingi taqdiri mavhum bo'lib turibdi. Jamoa hatto Proligada ishtirok etmasligi mumkin.

Aytaylik, "Olimpik"dan ham rad javobi keldi va unda PFL Proligada 5-o'rinni olgan "Aral"ga murojaat qilishi lozim bo'ladi. CHunki Proliganing dastlabki to'rtta klubi Superligaga chiqib bo'ldi. Lekin "Aral"da OFK licenziyasini yo'qligini hisobga olsak, 6-o'rindagi "Xorazm"ga navbat keladi. "Xorazm"da licenziya bor, faqat Superligaga tayyormi degan savol yuzaga keladi. Mabodo "Xorazm" ham Superligada o'ynamaydigan bo'lsa, unda oxirgi variant sifatida "Lokomotiv" qoladi. CHunki Proligada 7-8 o'rinlarni band etgan "Olimpik Mobiuz" bilan "Do'stlik"da ham licenziya mavjud emas.


SHu o'rinda Superliga ishtirokchilari 16taga etkazilib to'g'ri qilindimi degan savol yuzaga keladi. Negaki bu o'rinda Liga rahbariyati faqat Superligani emas, balki unga raqobatchi Proligani ham o'ylashi lozim bo'ladi. Masalan, bu yil Proligada 8ta jamoa qatnashgan bo'lsa, shundan uchtasida OFK licenziyasi yo'q. Bu esa shu jamoalarning to'liq professional emasligini anglatadi.

Agar Superligada 16ta jamoa o'ynaydigan bo'lsa, unda Proliga nechta jamoa ishtirokida o'tkaziladi? 11 dekabr kuni bo'lib o'tgan ochiq muloqotda PFL rahbari Diyor Imomxo'jaev bu savolga aniq javob hozircha yo'qligini va katta ehtimol bilan Proliga kelasi yil ham 8ta klub bilan o'tishini aytib o'tdi. Unday bo'lsa, shu 8ta klub kimlar degan savol yuzaga keladi.

Proligadan to'rtta klub Superligaga chiqdi. Demak, buyoqda yana to'rtta qoldi. Agar "Olimpik" bilan "Lokomotiv"ni qo'shadigan bo'lsak, jamoalar soni 6ta bo'ladi. Yana ikkita jamoa kerak. SHunda Birinchi ligaga yuzlanamiz. SHu o'rinda bir narsani etiborga olaylik, yani Birinchi liga to'liq professional liga hisoblanmaydi.

Birinchi liganing bu mavsumi jamoalarni ikki mintaqaga bo'lib o'tkazildi. Keyin har ikki mintaqadan 4tadan jamoa final bosqichga yo'l oldi. Toshkentda o'tkazilgan final bosqich o'yinlarida "Nasaf farm" chempion, "Qiziriq", "FarDU" va "Bunyodkor farm" mos ravishda 2-3-4 o'rinlarni egalladi. Aytaylik, chempion "Nasaf farm" bilan finalchi "Qiziriq" Proligaga qo'shildi. SHunda ishtirokchilar 8taga etadi. Lekin bu ham bazi savollarni keltirib chiqarishi mumkin.

Masalan, "Nasaf farm" "Nasaf"ning farm klubi bo'lgani uchun Proligada qatnashmasligi mumkin. Negaki Proliga Birinchi ligaga nisbatan ko'proq xarajat talab etadi va "Nasaf farm" bunga tayyormi degan savol yuzaga keladi. "Qiziriq" borasida ham shu savolni berish mumkin. Mabodo "Olimpik" Proligada ham o'ynamaydigan bo'lsa, PFL navbati bilan "FarDU"ga, agar "Yo'q" javobini olsa so'ngra "Bunyodkor farm"ga murojaat qilishi bo'ladi. Lekin "Bunyodkor farm" ham "Bunyodkor"ning farm klubi ekanini unutmaylik.

Hozir nima yo'l qolyapti? 11 dekabr kungi yig'ilishda PFL rahbari orzusidagi chempionat 12ta jamoalik Superliga va 12ta jamoalik Proliga ekanini aytib o'tdi. Bir tomondan hozirgi sharoitda eng to'g'ri yo'l bo'lishi mumkin. CHunki Superliga 16ta klub qatnashgani bilan buyoqda Proliga yamoq ishtonga o'xshab qoladi. Qolaversa, hozirgi sharoitda Superliga 16talik formatga umuman tayyor emas. Superliga talablarini to'liq bajarish va sifatli ishtirok savoli hali "Mashal", "Buxoro", "SHo'rtan" va "Qo'qon-1912"da ham paydo bo'lishi mumkin.

Superliga o'z nomiga mos ravishda super bo'lishi kerak. Eng kuchli futbolchilar shu erda o'ynashi kerak. Jamoalar sonini oshirish orqali o'yinlar soni oshishiga ega bo'lamiz. Lekin bu bilan sifat oshib qoladimi? Agar D.Imomxo'jaev aytganidek, Superliga va Proligada teng 12tadan jamoa qatnashsa, ikkita ajoyib Ligaga ega bo'lamiz. Keyin bemalol uchta chiqib, uchtani tushirsa bo'ladi.


X.Xoliqov.

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика