So’nggi yangiliklar

19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  0 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:27Суперлига. "Машъал" - "Шўртан" 2:1 (матнли трансляция)  4 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  11 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  16 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  0 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1 13:57Тимур Кападзе: "Атрофдаги воқеалардан жуда чарчадим"  121 13:34Ямаль: "Олтин тўп"ларим кўп бўлишини орзу қиламан"  7

Sultonboy og'a, tavallud ayyomingiz muborak! Yangiliklar

Sultonboy og'a, tavallud ayyomingiz muborak!

Urganch shahridagi 5-son futbolga ixtisoslashtirilgan maktab-internati Xorazm vohasida muhim o'rin tutadi.
Ushbu mahorat maskanida talim olish istagini bildirayotgan yoshlar soni  yildan-yilga oshmoqda. Mana, bir necha yildirki mazkur o'quv maskaniga Sultonboy Dosov rahbarlik qilmoqda. Bugungi kunda bu erda Alisher Vapaev, Azamat Jabborov, SHerzod Ibodullaev, Otabek Rahimov singari sobiq futbolchilar o'zlarining amaliy tajribalarini shogirdlari bilan baham ko'rishyapti.

Umuman, S. Dosov rahbarlik qilayotgan maktab-internatda ko'plab taniqli futbolchilar etishib chiqqan. Respublikamiz futbol ahliga yaqindan tanish bo'lgan hujumchi Ro'zimboy Ahmedov (“Neftchi”, Farg'ona), himoyachi Maqsudbek Karimov(“Nasaf”, Qarshi), darvozabon G'ayrat O'daev,  yarim himoyachi Ilyos Xayrov, Marks Quronboev(“Xorazm”, Urganch)lar ushbu maskan tarbiyalanuvchilari hisoblanishadi. SHuningdek, yana qator futbolchilar mamlakatimizning birinchi liga jamoalari safida to'p surishmoqda. Albatta, ularning mahoratli futbolchilar bo'lib etishishida nafaqat murabbiylarning, qolaversa bilim dargohi rahbarining ham munosib ulushi bor. Vaholanki, futbolchilarning to'laqonli bilim olishi, mashg'ulotlar jarayonini nazorat qilish, tarbiyachilarning musobaqalarda ishtirokini taminlashdek masuliyatli vazifa aynan maktab-internat direktorining zimmasidadir. Mubolag'a emas, bu borada Sultonboy og'a o'z vazifasini talab darajasida ado etib keldi.

Bugun o'quv maskanlarida so'nggi qo'ng'iroq jarangladi. Bu bitiruvchi yoshlarga olam-olam quvonch ulashdi. SHular qatori S. Dosov ham sevindi. Birinchidan u o'qishni tugatayotgan tarbiyalanuvchilarini kamolot sari yo'llayotgan bo'lsa, ikkinchidan o'zining 60 yillik tavallud ayyomini tantana qildi.

Sultonboy og'ani muborak ayyomi bilan qutlar ekanmiz, unga oilaviy baxt, totuvlik va bitmas-tuganmas baraka tilaymiz. Doimo sog'-salomat bo'ling, USTOZ!

Xorazm viloyati futbol federaciyasi nomidan
         Ravshanbek Otajonov,
         Ikrom Xudoyberganov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика