Suares: “Messi va men Neymarga PSJga o'tgani xato ekanligini aytganmiz”
19 dek 2023 08:45
Yangiliklar
Suares: “Messi va men Neymarga PSJga o'tgani xato ekanligini aytganmiz”
Urugvaylik hujumchi Luis Suaresning fikricha, braziliyalik hujumchi Neymarning PSJga o'tishi xato bo'lgan.
“Men, Messi va Neymar yaxshi do'st edik. Agar har birimiz o'z vazifamizni alo bajarsak, “Barselona”ni hech kim yuta olmasdi. Bazida birimizning o'yinimiz chiqmay qolsa, qolgan ikkitasi o'yin taqdirini hal qilardi. Biz Neymarga PSJga o'tish xato ekanligini aytgandik.
U dunyoning eng zo'ri bo'lish uchun Messini oldida qolishi kerak edi. Biroq Neymar o'zining qarorini qabul qildi va jamoani tark etdi”,-dedi Suares.
Eslatib o'tamiz, Neymar 2017-2023 yillar oralig'ida PSJda harakat qilgan. U yozgi transfer bozorida “Al Hilol”ga ko'chib o'tdi. Ayni vaqtda 31 yoshli futbolchi jarohatini davolash bilan band.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мағлубиятга учради
Fikrlar