Suares "Atletiko"da yiliga 9 million evro maosh oladi
21 sen 2020 21:10
Yangiliklar
Suares "Atletiko"da yiliga 9 million evro maosh oladi
Marca xabariga ko'ra, urugvaylik Madrid klubi bilan 2 yillik shartnoma tuzishga va yiliga 9 million evro maosh olishga kelishib olgan.
Jurnalist Fabricio Romanoning aytishicha, kelishuvning so'nggi tafsilotlari yaqin bir necha soat ichida kelishib olinadi. Suares allaqachon "Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone bilan suhbatlashgan.
Oldinroq "Barcelona" 33 yoshli forvard bilan shartnomani bekor qilish to'g'risida kelishib olgani haqida xabar berilgan edi. Kataloniyaliklar urugvaylik futbolchini bepul qo'yib yuborishadi va u o'z navbatida, shartnoma bo'yicha so'nggi yil davomida unga to'lanadigan maoshdan qisman voz kechadi.
Futbolchi "Barsa"da 2014 yildan beri o'ynab kelmoqda. U Kataloniya jamoasi safida barcha turnirlarda 283 uchrashuv o'tkazgan va 198 ta gol urgan.
Suares "Barselona" bilan to'rt marta chempionat va Ispaniya kubogini yutgan, 2015 yilda esa hal qiluvchi golni urib, jamoa CHempionlar Ligasida g'olib chiqishiga o'z hissasini qo'shgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar