So’nggi yangiliklar

20:59Игорь Сергеев: "Мавсумни муносиб якунлаш керак"  1 20:39"Сурхон"нинг футболчилари олдида қарзлари бор  5 20:19Суперлига. "Пахтакор" "Насаф"ни мағлуб этиб, турнир жадвалида ортда қолдирди  147 20:05Суперлига. "Сурхон" – ОКМК 0:0  0 19:47Бьелса Уругвай терма жамоасини тарк этиши мумкин  1 19:18Миржалол Қосимов жамоасининг ушбу мавсумдаги ўйинларига неча баҳо қўйди?  4 19:05Февзи Давлетов: "Бу каби баҳсларда кўп ҳам вазиятлар яратилмайди"  0 18:52Kelme бренди Аёллар Осиё Кубоги-2026 мусобақаси учун расмий тўпни тақдим этди  0 18:25Антони: "Месси ҳар доим менинг кумирим бўлган"  4 17:58Суперлига. ОКМК Термизда ғалаба қозона олмади, "Сурхон" учрашувни 10 киши бўлиб тугатди  4 17:47ЖЧ-2026 Европа плей-офф босқичига қуръа ташланди: иккита мундиални ўтказиб юборган Италия Шимолий Ирландия билан тўқнашади  15 17:28ЖЧ-2026 Қитъалараро плей-офф босқичига қуръа ташланди: саралашда 18 ўйиндан 10 тасида ютқазган Боливияда ҳам ҳали имкон бор  9 16:45Самвел Бабаян "Андижон" бош мураббийи бўладими?  24 16:29Суарес: "Мен доим танқид билан курашганман"  1 15:53"Бунёдкор"нинг ОЧЛдаги энг йирик ғалабасини ёдга оламиз   7

Srechko Katanec: "Qanday qilib so'nggi daqiqada oddiy gol o'tkazdik, buni bilmayman" (to'liq) Yangiliklar

Srechko Katanec: "Qanday qilib so'nggi daqiqada oddiy gol o'tkazdik, buni bilmayman" (to'liq)

JCH-2026 saralashi doirasidagi Qatar - O'zbekiston uchrashuvi yakunlandi. Terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanec o'yindan keyingi matbuot anjumanidi ishtirok etdi.


"Birinchi bo'limda yo'q joydan ikkita gol o'tkazib yubordik. Keyin o'zimizni o'nglab ikkita gol urdik. Bu futbol, biz oxirida gol o'tkazib mag'lubiyatga uchradik", - deydi murabbiy bugungi bahs haqida.

- Uchta golni ham uchta markaziy himoyachi taktikasida to'p tepib o'tkazdik...

- (kuladi) Ular hujumchi tushirishdi. Keyin biz charchagan edik.

- Masharipov shamollagan bo'lsada o'yinga tushdi...

- U yaxshi saviyadagi futbolchi bo'lganligi uchun ham uni tushirdik. U o'yinni ikkinchi bo'limda tushirishni iltimos qilgandi. Zaxira paytida men tavakkalchilikka qo'l urdim.

- Fayzullaev bilan Masharipov bir vaqtda maydonda harakat qilishgan payt, ikkisi bir nuqta atrofida o'ynab qoldi...

- Bu borada qo'shimcha izoh bermayman. Hammaning o'z fikri bor.

- Uchrashuvda terma jamoangiz so'nggi daqiqada gol o'tkazib alamli mag'lubiyatga uchradi. Keyingi imkoniyatlar haqida gapirib o'tsangiz? (qatarlik jurnalist tomonidan berilgan savol).

- Qanday qilib so'nggi daqiqada oddiy gol o'tkazdik, buni bilmayman. Ancha paytdan beri mag'lubiyatga uchramayotgan edik, shuning uchun bu muxlislar uchun og'ir. Oldimizda yana 5 ta o'yin bor.

- O'zgarishlar yaxshi bo'ldi, lekin 2:2 bo'lganidan keyin himoyalanish aytildimi yoki vaziyat shuni taqazo qildimi?

- Yo'q, yo'q! Men futbolchilarga bunday demadim. Bilmayman nima uchun bunday bo'ladi, boshqa o'yinlarda ham ko'rsangiz ham shunday voqealarni ko'rasiz. Bu savolga dunyoning eng kuchli muarbbiylar ham tushuntira olmaydilar. Bunday vaziyatda futbolchilar durang natija qoniqarli bo'ladi deb o'ylashadi.

Reyting: -29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика