So’nggi yangiliklar

23:22АПЛ. "Фулхэм" – "Манчестер Сити". Ҳусанов яна захирада  0 23:21Винисиус "Жирона"га қарши ўйинда ҳакамни ҳақорат қилгани маълум бўлди  0 22:52Расман: "Сўғдиёна" уч нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  0 22:35Туркия кубоги. Алиқулов ассист қайд этган ўйинда "Ризеспор" "Пендикспор"ни йирик ҳисобда таслим этди  1 22:10Игорь Сергеев – Суперлигада йил футболчиси!  12 21:40Де Йонг "Атлетико"га қарши ўйнамайди  3 21:12Расман: "Бунёдкор" Билолхон Тошмирзаев билан шартнома имзолади  1 20:45Рауль "Реал"га қайтиш истагини билдирди  3 20:29"Динамо" аъзоаси Суперлиганинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  4 20:10Ўзбекистон делегацияси бугун АҚШ пойтахтига йўл олади  18 19:44Кубок финалида "Навбаҳор" дарвозасини ишғол этган футболчи энди "лочин"га айланадими?  10 19:21Йилнинг энг яхши хорижлик футболчиси эълон қилинди  3 19:00Championat.asia ва Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасида ноябрь ойи якунларини сарҳисоб қилди  2 18:39"Навбаҳор" бир қатор легионерлари билан хайрлашди  8 18:19"Локомотив"га дарвозабон керак: "Навбаҳор" аъзоси — асосий номзод  3

Srechko Katanec: "Maqsadimiz tomoshabop o'yin emas, JCHga chiqish" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Maqsadimiz tomoshabop o'yin emas, JCHga chiqish"

JCH-2026 saralash bosqichi doirasida O'zbekiston va KXDR terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng (1:0) jamoamiz ustozi Srechko Katanec o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida...

- Jaloliddin Masharipovning fikrlariga qo'shilaman. To'g'ri, bugun yaxshi o'yin namoyish eta olmagan bo'lsak ham, g'alaba qozondik. Lekin barcha o'yinlarda mana shunday o'ynab bo'lsa ham, g'alaba qozona olsak men rozi bo'lardim. CHunki natija eng muhimi. Men bu tomonlama mamnunman. Biz gol ura oldik va KXDR esa yo'q. Biz o'zimiz ahmoqona penalti olib keldik va raqib bundan unumli foydalana olmadi. KXDR keyingi o'yinlarda raqiblarga muammolar tug'diradi deb o'ylayman.

- "Bunyodkor" stadioni maysasi hozirda ayanchli ahvolda. Jamoa o'yiniga bu tasir qildimi? Oktyabrda yana ikkita o'yinimiz bor. Sizni maydon holati tashvishga solmayaptimi?

- Albatta maydon holati yaxshi emas. Lekin bizning asosiy muammo - futbolchilarning jismoniy holati bo'ldi. Futbolchilar dushanba kuni jamoamizga qo'shilishdi. KXDR esa bir necha o'rtoqlik o'yini ham o'tkazishga ulgurdi. Ular askarlardek harakat qilishdi. Umid qilamanki, keyingi o'yinlargacha hali vaqt bor va barchasi joyiga tushib ketadi. 

- Bugun guruhdagi eng so'nggi savatchadagi jamoaga qarshi o'ynadik. Keyingi raqiblar esa kuchli bo'ladi. Navbatdagi o'yinlarda nima evaziga kuchaya olishimiz mumkin? 

- Aytib o'tganimdek, bugun etarlicha imkoniyatlarga ega bo'ldik. Biz to'rt nafar himoyachi bilan o'ynash raqibga etarlicha imkoniyatlar yaratishi mumkin edi. Bugun markazdagi o'yinchilarimiz ko'proq kreativ harakat qilishlari talab etilardi. SHuningdek, qanot futbolchilarimizdan ham faollik talab qilinardi. Agar bular amalga oshsa, bizda barchasi yaxshi bo'ladi. 

Bu terma jamoaga past nazar bilan qarash kerak emas. Ular Yaponiyaga minimal hisobda mag'lub bo'lishdi. 

Savol to'g'ri bo'ldi. Bizning asosiy vazifamiz - tomoshabop o'yin emas, JCHga chiqish. Maqsadimiz natija. Avvalgi cikllarda O'zbekiston chiroyli va tomoshabop o'yin ko'rsatgandi. Lekin JCHga chiqa olmagan. Bizga jahon chempionati kerak.

- Bizning bunday o'yinimiz navbatdagi raqiblar uchun oson bo'lib qolmaydimi? Biz yana nimadir qo'sha olamizmi? 

- Biz ikkita mashg'ulot qilamiz. Ikkitagina mashg'ulot bilan qanday qilib qo'shamiz? Imkoni bor deb o'ylaysizmi? Biz avval Qirg'izistonni yutishimiz kerak. Keyin esa Eron va Qatar bor.

- Biz ham shunday o'yin bo'lsa-da, har o'yinda 3 ochko olishga rozimiz. Lekin yakunda to'plar nisbati ham ahamiyatga ega bo'lib qolishi mumkin...

- Afsuski ko'plab imkoniyatlar yaratgan bo'lsak-da, bundan foydalana olmadik. Agar ochkolarni maksimal to'play olsak, to'plar nisbati katta ahamiyatga ega bo'lmaydi.

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика