Srechko Katanec: "Kechagi o'yinda so'nggi yillarda amalga oshirgan barcha ishlarimizning natijasini ko'rdim"
26 mar 12:25
Yangiliklar


Srechko Katanec: "Kechagi o'yinda so'nggi yillarda amalga oshirgan barcha ishlarimizning natijasini ko'rdim"
Uchrashuv yakunlanganidan so'ng saytimiz muxbiri Abdulvosit Bektemirov terma jamoamiz sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanec bilan bog'landi va sloveniyalik mutaxassisning terma jamoamiz o'yini haqidagi fikrlari bilan qiziqdi.
"Biz juda yaxshi o'yin o'tkazdik. Hech nima yo'qotganimiz yo'q. Bu futbol va o'yin davomida barcha xato qilishi mumkin.
O'yin davomida raqib ko'proq gol urishi mumkin edi, ammo Fayzullaev ham g'alaba golini kiritishga juda yaqin keldi. Jamoa juda sifatli o'yin o'tkazdi. Kompakt o'yin va xarakterimizni namoyish eta oldik. Tajribali va yosh futbolchilar qorishmasidan iborat yaxshi tarkib shakllandi. Kechagi o'yinda so'nggi yillarda amalga oshirgan barcha ishlarimizning natijasini ko'rdim.
Kapadzeni hech narsani o'zgartirmagani bilan tabriklayman, u va uning shtabi jamoani ruhiy jihatdan juda yaxshi tayyorlagan ekan" - deya fikr bildirdi sloveniyalik mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Kecha Eron yutib ketishi mumkinidi, Forsla yarim kuchi bilan oʻyinadi. Paxtachila boʻsa, Kapadzega paxta qoʻyish bilan ovora. !