So’nggi yangiliklar

13:23Раҳмоналиев Россияга қайтадими?  0 12:51"Реал" ёш иқтидорларининг келажаги борасида қарор қабул қилди  0 12:23АПЛдан яна бир ҳимоячи "Ливерпуль" таклифини рад этиб, "Реал"ни танлади  1 12:00Бугунги ўйинлар: Янги йилни АПЛ билан бошлаймиз  0 11:41"Манчестер Сити" АПЛ тарихидаги энг қиммат футболчилардан бири бўйича катта молиявий йўқотишга учраши мумкин  0 11:10Александр Андроникашвили: "Андижон"га ўтишим жуда тез ва кутилмаганда содир бўлди"  1 10:50"Бунёдкор" ўринбосарлари мураббийи "Локомотив"га ўтди  1 10:20"Нефтчи" U-21 жамоасида украиналик мураббий иш бошлайди  3 09:58"Интер", "Барселона" ва "Ювентус" Жоау Канселуга қизиқмоқда  1 00:55Президент қарори билан Каттақўрғон шаҳрида футбол академияси қурилади  3 00:24Ироқ. Шерзод Темировнинг ягона голи "Арбил" клубига ғалаба тақдим этди. Футболчи ажойиб натижа қайд этмоқда  9 00:15Яйпанга катта футболни қайтариш ҳаракатлари бошланди  5 23:47Луис де ла Фуэнте: "Месси ва Роналду фаолиятини якунламасликлари керак"  4 23:18"Барселона", "Интер" ва "Боруссия" "Хайдук"нинг 18 ёшли ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 22:30"Челси" яқин келажакда натижалар яхшиланмаса, Марескани истеъфога чиқариши мумкин  3

Srechko Katanec: "Gonkong qanday qilib ochko olmagani va faqat bitta gol urgani hayratlanarli" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Gonkong qanday qilib ochko olmagani va faqat bitta gol urgani hayratlanarli"

Ertaga, 21 mart kuni O'zbekiston terma jamoasi JCH-2026 va Osiyo Kubogi-2027 qo'shma saralash bosqichi doirasida Gonkong terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec va futbolchimiz Odiljon Hamrobekov Gonkongga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Srechko Katanec: "Biz bu erga g'alaba qozonish uchun keldik. Bir hafta davomida o'yinlarga yaxshi tayyorgarlik ko'rish uchun barcha ishni qilamiz. Iroq terma jamoasi murabbiyi sifatida avval Gonkong terma jamoasiga qarshi bahs olib borganmiz. Biroq bu umuman boshqa darajadagi o'yin edi. O'shanda raqib jamoa chuqur himoyalangan. Hozir vaziyat o'zgargan. Jamoa Osiyo kubogida ham yorqin o'yin namoyish etdi.

Gonkong Eronga qarshi va guruhdagi boshqa uchrashuvlarda bir qancha xavfli hujumlar tashkil etdi. Bu jamoa qanday qilib turnirda ochko qo'lga kirita olmagani va faqatgina bitta gol urgani hayratlanarli. Futbolchilarimga bu o'yinga oddiy bahs sifatida qaramasliklarini maslahat beraman. Kimdir oson o'yin bo'ladi deyishi mumkin, biroq unday emas. Gonkong tarkibida bir qancha braziliyalik mahalliylashtirilgan futbolchilar bor. Ushbu jamoani hurmat qilamiz.

Turkmanistonga qarshi suniy chimli maydonda o'ynadik, ertangi bahs o'tkaziladigan stadion maydoni esa biroz kichikroq ekan. SHundan kelib chiqqan holda ular bizga yaxshigina qarshilik ko'rsatadi deb o'ylayman.

Jahon chempionati saralash bosqichi barcha futbolchilardan jiddiy yondashuvni talab qiladigan musobaqa. Bu erga kecha oqshomda etib keldik va bir marta mashg'ulot o'tkazdik. Ertaga muhim o'yinda ishtirok etishimiz kerak. Qanday holat bo'lishini oldindan bilmaymiz. SHunga qaramay rejalar o'zgargani yo'q.

Ertangi bahsda raqib jamoa muxlislari ko'proq bo'ladi. Bu o'yinga jiddiy tasir o'tkazmaydi, deb o'ylayman".


Odiljon Hamrobekov: "Maqsadimiz sari yana bir muhim bahs bizni kutib turibdi. Jamoadoshlarimiz bilan birgalikda uchrashuvga tayyormiz".


FOTO  O'zbekiston MTJ Gonkongga qarshi bahsda qanday rangdagi libosdan foydalanadi?

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика