So’nggi yangiliklar

14:58Холанд 2025 йилнинг ёзида испан клубига ўтишга тайёр  1 13:50АҚШ терма жамоаси Почеттино қўл остидаги илк ўйинда ғалаба қозонди  1 13:21Инсайдер Романо Гюлернинг режалари ҳақида гапирди  0 12:48Мухтор Қурбонов: "БАА билан уйда ўйнаётганимизни илк дақиқалардан кўрсатишимиз керак"  1 12:27Ямалнинг жароҳати жиддийми?  3 11:53Подольски 39 ёшида фаолиятини якунлади. Хайрлашув ўйини Кёльнда 50 000 мухлис қаршисида бўлиб ўтди  5 11:20"Ювентус" ёзда Влаховични сотиши мумкин, нега?  0 10:50Баҳром Ҳайдаров: "Биринчи навбатда узоқ кутилган ғалаба билан барчани табриклайман"  0 10:16Ҳарри Магуайр қишда жамоани тарк этaди. МЮ футболчига нарх қўйди  7 09:44Алексей Евстафеев: "Бундай учрашувларда мағлуб бўлиб аламли"  3 09:10"Барселона" етакчиси жароҳат олди  3 08:37Бугун ёшларимиз Аргентинага қарши иккинчи учрашувини ўтказади  2 08:03Вадим Абрамов: «Нотўғри ўйнадик, кетма-кет икки ўйинда ҳам одатдаги ўйинимизни кўрсата олмаганимиз мени кўпроқ безовта қилади»  4 07:29Теннис афсонаси "Реал Мадрид" президенти бўлмоқчи  4 01:46Ўзбекистон терма жамоасининг шанба кунги машғулоти  6

Srechko Katanec: "Bugungi o'yinimizdan qoniqdim, kimdir qoniqmagan bo'lsa, bu ularning muammosi" Yangiliklar

Srechko Katanec: "Bugungi o'yinimizdan qoniqdim, kimdir qoniqmagan bo'lsa, bu ularning muammosi"

Osiyo kubogi nimchorak final bosqichidan o'rin olgan O'zbekiston va Tailand uchrashuvidan so'ng milliy jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanec hamda uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi Abbosbek Fayzullaev matbuot anjumanida qatnashdi.

- Abbosbek, o'yin haqidagi fikringiz qanday?

- O'zbek xalqini g'alaba bilan tabriklayman. Ular g'alabaga loyiq edilar. Stadionda va televizor orqali bizni ko'llab-quvvatlagan barchaga rahmat aytaman. SHu sabab ham ular uchun borimizni berdik va keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritdik.

- Abbosbek, bugun ham hujumchisiz o'ynadik. Siz o'yin davomida o'z poziciyangizni o'zgartirib turdingiz. Bu sizga qiyinchilik tug'dirmadimi? O'zingizga qulay poziciyada o'ynaganingizda balki yaxshiroq harakat qilardingiz?

- Asosiysi jamoaga yordam berish. Bugun oldindagi uchlik yaxshi harakat qildi. Poziciyalarni tez almashtirganimiz uchun tailandlik himoyachilar chalg'ib qolishdi. Bu taktika juda foydali bo'ldi deya olaman.

- Abbosbek, o'yinning boshida sizni ikki marta qo'pollik bilan to'xtatib qolishdi. Hakam esa bunga etibor bermadi. Bu sharoitda o'ynash sizga qiyin emasmi? O'yin oxirida nega almashtirildingiz? CHarchoq sababmi yoki taktik qaror tufayli?

- Yoshligimdan shunga o'rganib qolgan. Rahmatli tog'am doim menga agar yuqori darajada o'ynamoqchi bo'lsang, har doim xarakter ko'rsatishing kerak derdilar. O'yin oxirida charchab qoldim. Mening o'rnimga yangi futbolchi tushgani yaxshiroq edi.

- Abbosbek, keyingi raqibimiz Qatar. Qatar ham Tailand kabi ikkita markaziy himoyachi bilan o'ynaydi. O'yin haqida fikringiz qanday?

- Qatarga qarshi o'yin juda qiziqarli bo'ladi, chunki ular o'z uylarida o'ynashadi. Hozir tiklanish jarayonini to'g'ri o'tkazish kerak. Ertadan Qatarga qarshi o'yinga tayyorlanishni boshlaymiz.

Abbosbek Fayzullaevga barcha savollar berilgach, matbuot anjumani Srechko Katanec bilan davom ettirildi.


- Srechko Katanec, o'yin haqidagi fikringiz qanday?

- O'yin menga juda yoqdi. Futbolchilarimning harakatidan qoniqdim. Ular yaxshi harakat qilishdi. Muxlislarga rahmat, ularni xursand qildik deb o'ylayman. Birinchi bo'limda bir necha gol kiritishimiz mumkin edi. Keyingi o'yinda bugungi kabi imkoniyatlarni ko'kka sovursak, keyingi bosqichga o'tishimiz qiyin bo'ladi.

- Janob murabbiy, Qatarga qarshi o'yin haqida nimalar deya olasiz?

- Qatar ushbu Osiyo kubogida yutqazmagan. Bu safar ham ular faqat g'alaba qozonish uchun o'ynashadi. Men o'z jamoamga ishonaman. Ularning harakatlaridan qoniqmoqdaman. Bugun ham o'yindan oldin bizda bazi muammolar bor edi. Ko'p futbolchilarda qandaydir virus bor edi. SHukurov ham aynan shu sabab o'yinni o'tkazib yubordi. Biz shu holatda ham yaxshi o'ynadik. Nega Qatarni hayron qoldira olmasligimiz kerak?

- Janob murabbiy, g'alaba bilan tabriklayman. Ko'p futbolchilar jarohat olishmoqda. Bugun Otabek SHukurov shamollab qolgani haqida xabar chiqdi. Qatar juda issiq davlat, bu qanday bo'lgani qiziq. Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha masul shaxslar yoki doktorlar ishidan qanchalik qoniqmoqdasiz?

- Hammasi yaxshi. Ularning ishidan qoniqyapman.

- Janob Katanec, g'alaba bilan tabriklayman. Bugun jamoaning birinchi bo'limdagi o'yini yaxshi chiqdi. Avvalroq, bo'yi pastroq o'yinchilarga ishonmayman deb aytgandingiz. Bugun ikkinchi bo'limda juda ko'p bo'yi past futbolchilar maydonga tushdi. Demak o'zbek futbolchilari sizning fikringizni o'zgartira oldimi yoki boshqa sabab bormi? Ikkinchi savolim, bugun hujumchisiz o'ynadingiz. Sergeev jarohat olganda ham, bugun ham Amonov va Abdixoliqovdan foydalanmadingiz. Ularni nega musobaqaga olib kelgansiz? Buni muxlislar so'rashmoqda.

- Fikrimcha, siz bugungi g'alabimizdan xursand emasdek taassurot qoldiryapsiz. Hujumchisiz o'ynagan bo'lsak ham oldindagi uchta o'yinchi bugun yaxshi harakat qildi. Sal kamtarroq bo'laylik. Terma jamoa ichkarisidagi muammolarni ko'pchilik bilmaydi. Biz dunyoning eng zo'r jamoasi emasmiz. Bugungi g'alabamizdan qoniqishingiz kerak. Ishoning, bu oson emas. Oxirgi payt futbolchilarimizda o'yin amaliyoti kam edi. Masharipov oxirgi olti oy ichida qancha o'yin amaliyotiga ega bo'lganini bilasizmi? SHunday holatdan keyin uning bugungi ko'rsatgan o'yini oldida shlyapamni echaman. Bazida, Braziliya yoki Argentina terma jamoasi murabbiyimanmi deb o'ylab qolaman. Hozir imkoniyatlarimizdan kelib chiqib harakat qilyapmiz. Sal kamtarroq bo'lishimiz kerak.



- Janob murabbiy, ayni damda necha nafar futbolchi jarohat sabab o'ynay olmayapti?

- Yaxshi savol. Bilasizmi Eronga qarshi o'tkazilgan JCH saralashi doirasidagi o'yindagi asosiy tarkibdan SHomurodov, Sergeev, Aliqulov, Alijonov va Nasrullaev bugun maydonga tushmadi. Ularning barchasi asosiy tarkib o'yinchilari. SHomurodovni jamoaga dalda bo'ladi deya qaydnomaga kiritmoqchi edik, ammo "Kalyari" bunga ruxsat bermadi. Men o'z ishimni juda yaxshi bilaman. Futbol bu shunchaki o'yinchilarni poziciyalarga joylashtirib chiqish emas. Men bugun qayd etgan natijamizdan mamnunman. Yuqorida sanalgan o'yinchilarning birortasi Qatarga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi.

- Terma jamoada debyut qilgan Diyor Xolmatovning o'yini haqida gapirsangiz...

- Diyor bugun juda zo'r o'ynadi. Aynan uning harakatlari sabab maydon markaziga kelgan ikkinchi to'plarning deyarli barchasiga ega chiqdik. Diyor texnik jihatdan juda kuchli. Uning kelajagi porloq. Terma safida Zafarmurod, Abduqodir va Abbosbek kabi yosh o'yinchilar o'ynashmoqda. Bu albatta yaxshi.

- Qatarga qarshi qanday taktika tanlaysiz? Ularning himoyasi juda kuchli. Balki bu o'yinda bizga hujumchi kerak bo'lar?

- O'yinda ko'rasiz. Qatarda ikki juda kuchli o'yinchi bor. Ular uchta markaziy himoyachi bilan o'ynashadi. Kecha ikkita himoyachi bilan o'ynashga o'tishlari bilan muammoga duch kelishdi. Biz ham bu o'yinda har xil o'yin ko'rsatamiz. Men o'rtadagi balansni topishim kerak. Men terma jamoa taktikasi bilan hazillasha olmayman. Bugun men o'yinimizdan qoniqdim, kimdir qoniqmagan bo'lsa, bu ularning muammosi. Men o'yindan oldin motivaciya berishni yoqtirmayman. Lekin bugun yigitlarga o'yindan oldin birinchi navbatda o'z o'yinlaridan qoniqish hosil qilishlari kerakligini tushuntirdim. O'yinchilar o'z maksimumlarida harakat qilishsa, muammo bo'lmaydi. Mag'lub bo'lamizmi, g'alaba qozonamizmi, OAV buni ikki kun yozadi. Keyin hammasi unutiladi.

Reyting: +99   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика