So’nggi yangiliklar

23:29ЕЧЛнинг 1-тур рамзий термаси эълон қилинди  3 23:04Илёс Зейтуллаев: "Бундай ўйинлар кўпроқ дарс беради"  1 22:45Суперлига. ОКМК — “Бунёдкор” 5:1  0 22:19Саудия Арабистонида марказий ўйин: "Ал Аҳли" - "Ал Ҳилол" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 22:14"Барселона" ПСЖ билан ўйинни қайси стадионда ўтказиши маълум  1 21:55Элдор Мойлиев: "Барчамизнинг мақсадимиз битта: "Шўртан"ни Суперлигада олиб қолиш"  5 21:35Камолиддин Тожиев: "Шўртан" 10 киши бўлиб ҳимоялангани бизга қийинчилик туғдирди"  17 21:23Сардор Мирзаев 861 кундан кейин катта футболга қайтди  0 20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  63 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  9 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2 19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  1 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  21 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  19 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3

"Spartak" - "Zenit". Saytimiz xodimlari uchrashuv natijasini taxmin qilishdi Yangiliklar

"Spartak" - "Zenit". Saytimiz xodimlari uchrashuv natijasini taxmin qilishdi

Bugun futbol bo'yicha Rossiya chempionatining 10-tur bahslariga start beriladi.

Mazkur tur doirasida "Zenit" Moskvada "Spartak" mehmoni bo'ladi. Turnir jadvalida karvonboshilik qilayotgan klublar o'rtasidagi uchrashuv 21:00 da start olishi rejalashtirilgan. "Championat.asia" xadimlari ushbu o'yin natijasini taxmin qilib ko'rishdi.

Narzulla Saydullaev — Ikkala klub ham ayni paytda chempionatda bir xil ochko bilan dastlabki ikki o'rinni egallab turibdi. Qiziqarli o'yin bo'lishi aniq. Menimcha 2:2 hisobi qayd etiladi. Oston O'runovni maydonga tushishini va jamoasiga foydasi tegishini istayman.

Abdulaziz Iskandarov — Rossiya chempionatining markaziy uchrashuvi shubhasiz "Zenit" va "Spatrak" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. Kurashlarga boy o'yin kutmoqdaman. Hamyurtimiz Oston O'runov bugun ham zaxirada qolsa kerak. Domenik Tedesko uni ikkinchi bo'limda tushirish hisobiga o'yinni kuchaytirishi mumkin. Ikki teng kuchli jamoalar o'rtasidagi to'qnashuvlarda biror narsa deyish qiyin. Menimcha tomonlar durangga imzo chekishadi 2:2.

SHerzod Nurmatov — Bugungi o'yinda Aleksandr Kokorin va Artyom Dzyubaning o'ziga xos qarama-qarshilishi guvohiga aylanamiz. Eng qizig'i, jamoalar hozirgacha bir xil natija (6 g'alaba, 2 durang, 1 mag'lubiyat) va bir xil – 20 ochkoga ega. "Spartak" o'z maydonida o'ynashini inobatga olgan holda jangovar durangni taxmin qilyapman – 2:2. Oston O'runovga omad!

SHahboz Beg'amov — 1:3. "Zenit" har taraflama kuchli. Taxminimcha, bugungi o'yin Dzyubaning benifisiga aylanadi. Artyomning "Spartak" bilan o'zaro hisob-kitobi bor. Zo'r o'yin bo'lishi shubhasiz. "Spartak" Oston O'runovni asosiy tarkibga qo'yib, markazni kuchaytirmasa, unda chempionlik kurashida juda qiynaladi. Tedesko nega haligacha Umyarovni ishonch bildirib, Ostonni asosiy tarkibga qo'ymayotganiga tushunmayapman. Bugungi bahsda hakamlarga ham qiyin bo'ladi.

Faxriddin Ro'ziev — Nazarimda, hamma "Zenit"dan engilmas superklub yasab olgandek, SHahboz akani-ku aytmasa ham bo'ladi. Unutmaslik kerak, bugun oxirgi 7 o'yinida bir marta yutqazgan "Spartak" so'nggi 5 turda 8 ochko ola bilgan "Zenit"ni Moskvada qabul qiladi. "6 ochkolik" bahsda tomonlar ehtiyotkorlik bilan o'ynashi aniq, yakunda mezbonlarning qo'li baland kelsa kerak. O'runovning uzoq masofadan urilgan g'alaba golini ko'rsak yomon bo'lmasdi.

Alisher Xolmatov - Bugun poytaxtlar derbisi bo'ladi. Saytda komentlar yozishgan, yani Dzyuba va Kokorin qarama-qarshiligi bo'ladi deyishgan. Bu noto'g'ri deb o'ylayman. Birinchidan Kokorin jarohat olgan u bugun o'ynamaydi. Fikrimcha, Dzyuba va Larsonn qarama-qarshiligi bo'ladi. Barcha Oston O'runovni asosiy tarkibda tushishini istamoqda. Odatda jiddiy o'yinlarda Tedesko ko'p o'zgarishlarga qo'l urmaydi. Faqat jamoaga moslashgan va yaxshi o'ynayotgan futbolchilarni tushiradi. Balkim, Ostonni bugun umuman ko'rmasligimiz ham mumkin. Tushsa yaxshi, men ham Ostonnig o'ynashini kutmoqdaman. Taxminga kelsak, “Zenit” tarkibidagi futbolchilar bir bosh ustun deya olaman. “Zenit” Moskvadagi ohirgi ikkita o'yinda g'alaba qozona olmayapti. Ular “Lokomotiv”ni yuta olmadi. “Dinamo”ga mag'lub bo'ldi. “Spartak”da ham imkoniyat bor. Agar o'zini o'yinini qila olsa 1:0 yoki 2:1 hisobida yutishi mumkin. Lekin, baribir “Zenit” g'alaba qozonadi 2:1. Nima uchun? Bu asosiy o'yinlardan biri hisoblanadi. Ikki jamoa bir biriga princial raqib hisoblanadi. Nazarimda bugun birinchi o'rin uchun o'yin bo'ladi

Qadrli muxlis ushbu o'yindan siz qanday natija kutyapsiz?

Turnir jadvali

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика