Niderlandiya terma jamoasi azosi 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi
14 fev 2024 16:21
Yangiliklar
Niderlandiya terma jamoasi azosi 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Amsterdam sudi "Spartak" hujumchisi Kvinsi Promesni giyohvand moddalar kontrabandasida aybdor deb topdi va futbolchini 6 yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Bu haqda Niderlandiyaning "De Telegraaf" nashri xabar berdi.

Avvalroq Promes og'irligi 1370 kg bo'lgan kokain kontrabandasida ishtirok etgani uchun 9 yilga ozodlikdan mahrum etilishi haqida xabar berilgandi. Niderlandiya prokuraturasi sud majlisida futbolchi uchun bu muddatni so'ragan.
Sudga ko'ra, Promes 2020 yil yanvar oyida Antverpen portiga kelgan ikki partiya kokain kontrabandasida "hal qiluvchi rol" o'ynagan. Sud majlisida Kvinsining o'zi ishtirok etmadi, Niderlandiya prokuraturasi uning ekstradiciya qilinishiga erisholmadi. Hujumchi joriy mavsum "Spartak" safida 21 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Миср терма жамоаси собиқ юлдузи кечаги учрашувдан сўнг жамоа бош мураббийини танқид қилди
Fikrlar