Spalletti: "Agar o'yinga "Barselona" kabi tayyorlansak, 0:18 hisobida yutqazgan bo'lardik"
05 noy 2018 17:47
Yangiliklar
Spalletti: "Agar o'yinga "Barselona" kabi tayyorlansak, 0:18 hisobida yutqazgan bo'lardik"
"Inter" bosh murabbiyi Luchano Spalletti "Barselona"ga qarshi bo'lib o'tadigan CHempionlar ligasi o'yini oldidan, raqib haqida fikr bildirdi.
"To'pga egalik qilish ularning miyasiga o'rnashib qolgan, buni osonlikcha yo'q qilib bo'lmaydi. Bu ularning ko'p yillik o'yin uslubi va jamoa ushbu uslubga mos futbolchilarni sotib oladi. "Barselona" futbolchisi boshqa klublarda muammolarga duch kelishi mumkin, ammo bu erda emas.
"Inter" qarshi "Kamp Nou"dagi bahs oldidan ularning 10 daqiqalik tayyorgarligini ko'rdim. Ular uchrashuvdan oldin qizib olishi uchun stadionda trenajyor zali borligi bilan qiziqdik, ammo yo'q ekan. Bundan tashqari, Kataloniya klubi futbolchilari o'yin kuni bolalarini maktabdan olib kelib, o'yinga o'z mashinalarida tashrif buyurganini eshitdim. Agar biz bahslarga shunday tayyorlansak, 0:18 hisobida yutqazgan bo'lardik" - deydi Spalletti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar