"Maydondagi yagona noprofessional - hakam!" Spalletti "Lacio" bilan o'yindan so'ng portladi
09 fev 23:39
Yangiliklar
"Maydondagi yagona noprofessional - hakam!" Spalletti "Lacio" bilan o'yindan so'ng portladi
Nima sodir bo'ldi? "Yuventus" o'z uyida 0:2 hisobida mag'lub bo'la turib, iroda ko'rsatdi va muvozanatni tikladi (2:2). Biroq o'yin davomida hakamning bazi qarorlari, xususan, birinchi bo'limda Ten Kopmeynersning goli ofsayd sababli bekor qilingani va penalti borasidagi bahsli vaziyatlar Spallettining sabrini toshirdi.
Spallettining fikrlari:
"Bugun maydonda 22 nafar professional futbolchi harakat qildi. Hakam esa maydondagi yagona noprofessional edi. Hakamlik tizimida islohotlar o'tkazish vaqti keldi. Har yakshanba yangi bir voqeaga duch kelyapmiz", — dedi mutaxassis o'yindan so'ng.
Shuningdek, Spalletti jamoasi 0:2 hisobida ortda qola turib, o'yinni qutqarib qolganidan mamnunligini, ammo bunday xatolar va hakamlik darajasi A Seriya obro'siga putur etkazishini takidladi.
Eslatib o'tamiz, ushbu durangdan so'ng "Yuventus" turnir jadvalida muhim ochkolarni yo'qotdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar