"Sosedad" darvozaboni: "Bu penalti emas"
02 apr 15:15
Yangiliklar
"Sosedad" darvozaboni: "Bu penalti emas"
Kecha "Sosedad" Ispaniya Kubogi yarim finalida "Real"ga qarshi javob o'yinini o'tkazdi (4:4, birinchi o'yinda 0:1).
49-daqiqada darvozabon Aleks Remiro to'pga etishga urinar ekan, Jud Bellingemning yuziga qo'li bilan tegib ketdi. Bosh hakam Xaver Alberola Roxas qoida buzilishi yo'q deb hisobladi.
"Menimcha, bu penalti emas. Men lavhani ko'rdim. Men faqat gol urishiga to'sqinlik qilmoqchi edim va xato qilib unga tegib ketdim. Hakam bizga hammasini tushuntirdi.
"Real"ning uchinchi golidan oldin, burchak to'pi oldidan, ehtimol Mbappe ofsaydda edi – u Subeldiya yonida [va unga xalaqit berdi].
Keyin Vinisius bilan birga-bir chiqqanda qutqardim, to'pni ushlab turdim, lekin u qo'limdan to'pni chiqarib yubordi. Men buni hakamga aytdim, lekin u ko'rmaganini aytdi.
Ko'p narsa sodir bo'ldi. Ikkala tomondan to'rttadan gol urildi. Oldinga qadam tashlashda davom etishimiz kerak", – dedi "Sosedad" darvozaboni El Chiringuito dasturi efirida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar