"So'g'diyona" liboslar bo'yicha talabni buzgani uchun jarimaga tortiladi
12 mar 14:33
Yangiliklar
"So'g'diyona" liboslar bo'yicha talabni buzgani uchun jarimaga tortiladi
Unga ko'ra, jamoalar uy uchrashuvlari uchun kiyib tushadigan uy liboslarini mavsum oldidan ligaga taqdim etishi kerak. Shundan kelib chiqib Liga mehmon jamoaga mehmondagi bahslarda qaysi liboslarda maydonga tushishini belgilashga, zaxira yoki uchinchi liboslarini talab qilishga haqlidir.
Bugun bo'lib o'tadigan Superliga 4-turi doirasidagi OKMK – "So'g'diyona" uchrashuvida OKMK jamoasi mavsum avvalida o'zi taqdim etgan uy libosida – kulrang-oq liboslarda maydonga tushishi kerak edi. Ammo mehmonda o'ynayotgan "So'g'diyona" jamoasining har ikki liboslari ham OKMKning uy libosi rangiga yaqin bo'lgan va uchrashuvda jamoalar kiyib tushadigan liboslar uchrashuv rasmiylarining xaqli etiroziga sabab bo'lgan. Liga vaziyatni o'rgandi va OKMK jamoasiga ushbu uchrashuvda ikkinchi – ko'k rangli liboslarda maydonga tushishga ruxsat berdi. "So'g'diyona" esa mehmon jamoaga belgilangan talablarga rioya qilmagani, har ikki tanlagan liboslari rangi bir-biriga o'xshagani, uchinchi zaxira liboslarini Ligaga taqdim eta olmagani bois, Musobaqa reglamentining 16.14 bandiga asosan jarimaga tortiladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar