So’nggi yangiliklar

17:26"Нефтчи" аъзоларига чемпионлик учун iPhone совға қилинди  3 16:58"Наполи" "Реал" футболчисини ижарага олиш имконияти билан қизиқди, аммо рад жавобини олди  0 16:34"Андижон" 7 январь куни Туркияга йўл олади  3 16:06Португалия — йилнинг энг яхши терма жамоаси  4 15:41Фарғона вилояти футбол клублари ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзоланди  2 15:15Тони Кроос тарихдаги энг улуғ мураббийни айтди  2 14:4938 ёшли Кавани фаолиятини тугатмаган. Ҳаммаси 28 декабрь ҳазили бўлиб чиқди  2 14:22Владимир Йовович "Андижон"га ўтадими? Футболчининг ўзи жавоб берди  4 13:55Манба: Суперлига-2026да апрель ойи ҳақиқий "боксинг дэй"га айланади  12 13:29U-23 Осиё Кубоги олдидан: рақиблар ва имкониятлар  5 13:07Кавани бутсаларини михга илди  21 12:40"Қўқон-1912" қисқа муддатли таътилга чиқди  2 12:16Уоткинс: "Эмери — тактик даҳо"  6 11:48Одил Абдумажидов: "Андижонда – яқинларим кўз ўнгида тўп тепиш бошқача завқ бағишлайди"  0 11:21Каннаваро Ўзбекистон МТЖ футболчисининг ўйинини стадиондан томоша қилди  10

⚡️ “So'g'diyona” raqibi “Xo'jand” haqida nimalarni bilamiz? Yangiliklar

⚡️ “So'g'diyona” raqibi “Xo'jand” haqida nimalarni bilamiz?

Bugun Jizzaxning “So'g'diyona” klubi OFK kubogi pley-off bosqichida Tojikistonning “Xo'jand" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ulug'bek Baqoev jamoasiga qarshi saf tortadigan "Xo'jand" haqida nimalarni bilamiz? Bu klub ichki va xalqaro maydonda qanday mavqega ega? Tarkibda qanday futbolchilar harakatlanadi? Quyida shu haqda malumot taqdim etamiz. 

Jamoaga qachon asos solingan?

"Xo'jand" jamoasiga 1976 yilda asos solingan. Jamoaning birinchi bosh murabbiyi Vladimir Burin hisoblanadi. Jamoa o'sha kezlari SSSR chempionatida ishtirok etgan. Tojikiston chempionatida qatnashishni boshlaganidan keyin “Xo'jand”ning natijalari yildan-yilga yaxshilanib borgan. Xususan Tojikiston kubogida 1998, 2002, 2008,2017  va 2021 yillarda g'alaba qozongan. Mamlakat superkubogining 4 karra vice-chempioni sanaladi.

Biroq mamlakat chempionligini qo'lga kiritish imkoni bo'lmayapti. Jumdadan, “Xo'jand” oxirgi ikki mavsumda Tojikiston chempionatida 2-o'rinni qo'lga kiritib kelmoqda. 

Xalqaro maydondagi ishtiroki

Jamoa oxirgi 4 yilda OFK kubogida ishtirok etib kelmoqda. Xususan, o'tgan yili ham jamoa OFK kubogi guruh bosqich doirasida “Nasaf”ga qarshi maydonga tushgan edi. O'shanda qarshilik futbolchilar 3:0 hisobida zafar quchgan. Uchrashuvda gollarga Akmal Mozgovoy, Husniddin Aliqulov va SHerzod Nasrullaev mualliflik qilgandi.

Umuman olganda, jamoa OFK kubogi doirasida 19ta uchrashuvda maydonga tushgan. 5ta g'alaba, 5ta durang hamda 9 marotaba mag'lubiyat alamini tortib ko'rgan. 17 marotaba to'p kiritib, 24 bor o'z darvozasidan to'p olib chiqqan. “So'g'diyona”ga qarshi uchrashuv jamoa uchun mazkur musobaqadagi 20-bellashuvga aylanadi. 

Bosh murabbiy

Oxirgi yillarda jamoa tez-tez murabbiy alshatirmoqda. 2019 yilda Vitaliy Levchenko bosh murabbiyga aylanadi. Hozirda u “Neftchi” ustozi hisoblanadi. Biroq mavsum yakunida u istefoga chiqarilib, o'rniga Nikola Lazarevich taklif qilinadi. Undan keyin Hakim Fuzaylov, keyinchalik Nikola Lazarevich ortga qaytariladi. Ikki yildirki jamoaga Rustam Xo'jaev ustozlik qilmoqda.

Tarkib va sardor

Jamoada Tojikiston milliy va yoshlar terma jamoalariga nomzod futbolchilar to'plangan. Xususan, jamoa sardori Jahongir Ergashev ham terma jamoa azosi hisoblanadi. Ergashev “Qizilqum” klubida ham yarim mavsum o'ynagan. SHuningdek, Firdavs CHakalov, SHohruh Qirg'izboev, Alisher Barotov, Tohir Malodustov, Elchibek Rashidbekov, Ehson Boboev singari tajribali futbolchilari bor.

FK Khujand

AFC Cup Final Stage . 1/8-tur

17/08/2022, 16:30

4
:
0
Tugadi

Sogdiana

45'
90'

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика