So’nggi yangiliklar

18:55"Жар" стадиони "Фейр-плей" совринига лойиқ кўрилди  0 18:34Бруну Фернандеш: "Манчестер Юнайтед" кетишимни истаган, бундан кўнглим оғриган"  1 18:12Александр Хомяков: "Аввало, руҳий босимни енгиб ўтишимиз лозим эди"  1 17:58Неъматулла Қуттибоев: "Маҳорат ўз сўзини айтди"  5 17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  5 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  5 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  34 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  3 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3

"So'g'diyona" – "Qizilqum" bahsini boshqarib borgan SHavkat Nasibullaev 4 ta o'yinga chetlatildi, "Bunyodkor" – "Neftchi" uchrashuvida ishlagan Aziz Asimov ogohlantirish oldi Yangiliklar

"So'g'diyona" – "Qizilqum" bahsini boshqarib borgan SHavkat Nasibullaev 4 ta o'yinga chetlatildi, "Bunyodkor" – "Neftchi" uchrashuvida ishlagan Aziz Asimov ogohlantirish oldi

O'zbekiston futbol assosiasiyasi Hakamlar qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi hakamlar harakatlari ko'rib chiqildi.

"So'g'diyona" – "Qizilqum" (O'zbekiston Coca Cola Kubogi. 1/4 final)

2022 yil 2 sentyabr kuni O'zbekiston Kubogi 1/4 finali doirasidagi "So'g'diyona" – "Qizilqum" uchrashuvi bosh hakami SHavkat Nasibullaev va zaxira hakami Ravshan Abduvohidov uchrashuv yakunidan so'ng nazoratchi tomonidan qoniqarsiz bahoga loyiq ko'rilgan.

Hakamlar qo'mitasi qaroriga ko'ra:

SHavkat Nasibullaevga nisbatan Coca Cola Superligasi va O'zbekiston Kubogi uchrashuvlaridan 4 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi;

Ravshan Abduvohidovga intizom kodeksining 2.3 bo'limning 1-bandiga asosan takroriy past natija qayd etgani uchun Coca Cola Superligasi va O'zbekiston Kubogi uchrashuvlaridan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.


"Nasaf" – "Lokomotiv" (O'zbekiston Coca Cola Kubogi. 1/4 final)

2022 yil 3 sentyabr kuni O'zbekiston Kubogi 1/4 finalida "Nasaf" – "Lokomotiv" uchrashuvining hakamlari G'ayrat Jo'raev, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Abdurashid Xudoyberganov uchrashuvida xato va kamchiliklar kuzatilgan bo'lsa-da, nazoratchi Zokir Qodirov tomonidan bosh hakam va zaxira hakamiga past baho, biroq yordamchi hakamlar baholari ko'tarib ko'rsatilgan. Ekspert hakamlar komissiyasi talabiga ko'ra, mazkur holat bo'yicha tegishli chora ko'rish so'ralgani tufayli hakamlar qo'mitasi tomonidan holat atroflicha muhokama qilindi va tegishli qaror chiqarildi.

Unga ko'ra:

G'ayrat Jo'raevga nisbatan intizom kodeksining 2.3 bo'limning 1-bandiga asosan takroriy past natija qayd etgani uchun Coca Cola Superligasi va O'zbekiston Kubogi uchrashuvlaridan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi;

Sanjar SHoyusupovga nisbatan ogohlantirish va jarima intizom chorasi;

Alisher Usmonovga nisbatan ogohlantirish va jarima intizom chorasi;

Abdurashid Xudoyberganovga nisbatan ogohlantirish va jarima intizom chorasi;

Zokir Qodirovga nisbatan ogohlantirish va jarima intizom chorasi qo'llanilsin.


"Bunyodkor" – "Neftchi" (O'zbekiston Coca Cola Superligasi 18-turi)

2022 yil 8 sentyabr kuni Coca Cola Superligasining 18-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Neftchi" uchrashuvi bosh hakami Aziz Asimov va yordamchi hakami Artyom Kalinin uchrashuv yakunidan so'ng nazoratchi tomonidan qoniqarsiz bahoga loyiq ko'rilgan.

Hakamlar qo'mitasi qaroriga ko'ra:

Aziz Asimovga nisbatan ogohlantirish intizom chorasi;

Artyom Kalininga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanilsin.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика