So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  3 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  15 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  7 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

“So'g'diyona”: "Buxoro" bilan o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tadi va boshqa xabarlar… Yangiliklar

“So'g'diyona”: "Buxoro" bilan o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tadi va boshqa xabarlar…

Teglar :  So'g'diyona
"So'g'diyona" Toshkentdagi yig'inga kirishgan va ayni kunlarda mashg'ulotlar qizg'in davom etmoqda.

Aleksandr Mochinov boshchiligidagi jamoa har kuni ikki mahal mashg'ulot olib bormoqda. Ertalabki mashg'ulot asosan futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan holda o'tkazilmoqda. Unda futbolchilar trenajyor zallarida va suniy qoplamali maydonlarda mashg'ulotlarni olib borishmoqda.

Kechgi mashg'ulotlar davomida futbolchilar to'plar bilan mashqlar bajarish turli xil o'yin  taktikalarni amalda sinab ko'rmoqda. Nazariy darslarda murabbiylar shtabi tomonidan dunyoning kuchli jamoalari ishtirokidagi o'yinlar lavhalari namoyish etilib futbolchilarga o'yinning qay paytida qanday harakat qilish borasida batafsil tushunchalar berilayapti.

Avvalgi xabarlarda "So'g'diyona" 25 yanvarda “Paxtakor”, 28 yanvarda “Navbahor”,  5 fevralda “Qizilqum”  jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilishi xaqida xabar bergan edik. Jamoa murabbiylar shtabi bugun yana bir jamoa bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishni qaror qildi. Sparrning raqib sifatida “Buxoro” jamoasi tanlandi. Bellashuv 1 fevral kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.


Toshkentdagi yig'inga bir nechta futbolchilarni kelib qo'shilgani haqida aytib o'tish lozim. “Neftchi” jamoasida ajoyib o'yinlarni o'tkazgan SHerzod Xakimov, “Navbahor” dan Murod Rajabov, 2015 yilda jamoa safida harakat qilgan Izzat G'aniev, “Dinamo”dan  SHoxrux Holmatov va “Buxoro” jamoasida ajoyib mavsum o'tkazgan ammo jarohati sabab bir muddat futboldan tashqarida bo'lgan darvozabon Sardor Qobuljonov ayni paytda jamoa bilan mashg'ulotlarni olib bormoqdalar.

Jamoa murabbiylar  shtabiga yana bir murabbiy kelib qo'shildi. “Metallurg”  jamoasida yordamchi murabbiy bo'lib faoliyat olib borgan Mikola SHevchenko endilikda bosh murabbiy Aleksandr Mochinovga yordam beradi.

Yig'in davomida bir nechta futbolchilar ham ko'rikdan o'tmoqda. Rossiyaning CSKA va “Dinamo”  klublarining yoshlar ligasida to'p so'rgan Sergey Evtushenko jamoa bilan yig'in olib bordi ammo ayrim sabablarga sabablarga ko'ra  yosh iqtidor egasi jamoa lagerini tark edi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика