Diego Simeone: "Barcha omadsizliklarimiz murabbiyning qarorlari natijasi edi"
03 okt 12:32
Yangiliklar
Diego Simeone: "Barcha omadsizliklarimiz murabbiyning qarorlari natijasi edi"
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone jamoasining CHempionlar Ligasi 2-turi doirasida "Benfika"ga imkoniyatni boy bergani (0:4) haqida gapirdi.
"Unchalik omadli o'yin bo'ldi, deya olmayman. Biz vaziyatni nazorat qila olmadik. Raqib esa har bir xatodan maksimal ravishda foyda chiqarishga urindi – ularni tabriklashdan boshqa choramiz yo'q. Uchrashuvning turli qismlarida ular faollik ko'rsatib, gol urish uchun imkoniyatlarga ega bo'lishdi.
Biz katta ko'lamdagi ishni bajardik va bugun bo'lishi kerak bo'lmagan narsalar sodir bo'ldi. Ilk daqiqalardan sezish mumkin ediki, barchasi biz taxmin qilgandek ketmadi. Ikkinchi bo'limdagi penalti esa bizni butkul o'yindan chiqarib yubordi. Barcha omadsizliklarimiz murabbiyning qarorlari natijasi edi".
Fikrlar