Skaut Olats "Barsa"dagi Grizmann haqida: "Muammolar bor, u futboldan rohat olmayapti"
30 mar 2020 10:50
Yangiliklar
Skaut Olats "Barsa"dagi Grizmann haqida: "Muammolar bor, u futboldan rohat olmayapti"
"U "Atletiko"dan ketgan payt, bunday ziddiyatli va qarama-qarshi gaplar bo'lgani meni xafa qilgandi. Bu menga tegib ketdi.
Uning nega "Barselona"ga o'tmoqchi bo'lganini tushuna olaman. "Barsa" bu "Barsa". Boshqa o'yinchilar va uning do'stlari o'yin uslubi bilan "Barselona"ning tiki-takasiga mos tushishini aytishdi, ammo uning hozirgi ishtiroki yoqmayapti.
Ko'rish mumkinki, muammolar bor. U futboldan rohat olmayapti. Bu menga og'ir, sababi men uning nimalarga qodir ekanligini bilaman. Grizmann jamoaga ko'proq narsa berishi mumkin, ammo u hech narsa aytmaydi. U hech narsa demagan holda buni amalga oshirishga urinmoqda.
Antuan u erda asosiysi emasligini biladi, ammo o'zining istedodi bilan ko'proq etiborga loyiq. U hali 29 yosh va dunyo darajasidagi o'yinchi", - deydi Olats.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Fikrlar