"Siti" Holandni Premer-ligadagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylantirmoqchi
18 noy 2024 17:45
Yangiliklar
"Siti" Holandni Premer-ligadagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylantirmoqchi
"The Mirror" xabariga ko'ra, Erling Holand Premer-liganing eng ko'p haq oluvchi o'yinchisiga aylanishi mumkin.
Unga yangi shartnoma tayyorlanmoqda, unga ko'ra u haftasiga 500 ming funt oladi.
Ayni paytda Kevin De Bryuyne ingliz klublarida eng yuqori maoshga ega – haftasiga 400 ming funt.
Holand bilan muzokaralardagi muammo sotib olish bandiga bog'liq. Futbolchining vakillari 150 mln funtlik bandni saqlab qolmoqchi. "Manchester Siti" esa ushbu bandni olib tashlashni afzal ko'radi.
Eslatib o'tamiz, norvegiyalik futbolchi 2022 yildan buyon "Manchester Siti"da o'ynab kelmoqda. Holand jamoa bilan Premer-liga (2), Angliya Kubogi, Angliya Superkubogi, UEFA Superkubogi va CHempionlar Ligasida g'olib chiqdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar