So’nggi yangiliklar

17:33Суперлига. "Навбаҳор" кетма-кет 12 та ўйиндан буён Наманганда мағлубият нималигини билмаяпти  0 17:15Футбол ҳақиқатан ҳам биринчи ўриндами?  0 17:12Копа соврининга даъвогарлар рўйхати эълон қилинди  0 16:45"Андижон"нинг словениялик легионери қаерда?  3 16:18Беҳрузбек Облақулов: "Вадим Карленович шошилмай ўйнашни айтганди. Якунда ўйинни қутқара олдик"  3 15:56"Навбаҳор" Наманганда "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  2 15:28Суперлига. "Насаф", "Динамо", "Бунёдкор" ва "Нефтчи" меҳмонда ютқазмаяпти  4 15:00Чипта нархи Женнифер Лопес концертидан каррасига арзонроқ, шиддати эса юқорироқ бўлиши кутилаётган ўйинга превью  7 14:42Шацких бош мураббий сифатида Рўзиқул Бердиев жамоасини ҳеч қачон ютолмаган  3 14:15"Буларнинг барчаси миш-миш" - Игорь Сергеев МТЖга хорижлик мураббий келиши мумкинлиги ҳақида  8 13:49Суперлига. "Нефтчи" 10 йилдан буён Қўқонда ғалаба қозона олмаяпти   2 13:21Суперлига. "Динамо" Ғузорда аср ғалабасини қўлга киритди, кейинги турда катта имтиҳон  5 12:54"Барселона" "Камп Ноу"га қайтмоқда: клуб кузда янгиланган аренада ўйнаши мумкин  0 12:26Гринвуд "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  0 11:59Суперлига. "Навбаҳор" ўз уйида учинчи марта дуранг ўйнади, "Сўғдиёна" меҳмонда учинчи бор муроса кўчасини танлади  0

SHuhratbek Jo'raev: “CA”ni yangi bilan tabriklayman Yangiliklar

SHuhratbek Jo'raev: “CA”ni yangi bilan tabriklayman

Yana bir necha daqiqalardan keyin yangi 2015 yilni qarshi olamiz.
Bu barchamiz uchun o'zgacha his tuyg'ularga, yangidan-yangi marralarni zabt etishimizga ilhom baxsh etuvchi kabi ajoyib xissiyotlarga berilishimizga sabab bo'luvchi bayramdir.

SHu fursatdan foydalangan holda, “championat.asia” ijodkorlarini ham chin qalbim bilan tabriklab qolaman. O'zbek futbolining dovrug'ini yanada yoyishda, uning yuksalishida munosib hissasini qo'shishda davom etayotgan sayt xodimlariga yangi yilda ham ulkan zafarlar, ulkan g'alabalar yor bo'lishini tilab qolaman. “Futbol Ekspress” gazetasi mazkur sayt bilan doimiy hamkorlikda ishlash orqali yangi bosqichga ko'tarilayotganini alohida etirof etmoqchiman. Umid qilamanki, yangi 2015 yil ham hammamiz uchun muvaffaqiyat keltiradi va men bunga ishonaman. Sayt ijodkorlarining har bir xodimini va ularning amalga oshirayotgan ishlarini ezozlayman, qadrlayman va albatta hurmat qilaman. Biz birgalashib yangidan-yangi marralarni zabt etamiz.   

O'zbekiston terma jamoasiga esa Osiyo Kubogida kattadan katta omad tilayman. Umuman olganda, 2015 yil barcha yurtdoshlarimiz uchun unutilmas yil bo'lib qolishini va unda har bir yurtdoshimiz o'zining o'ylagan ezgu maqsadlariga erishishini chin dilimdan tilab qolaman.

Hurmat bilan SHuhratbek JO'RAEV.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика