"Barselona" "Kamp Nou"ga qaytmoqda: klub kuzda yangilangan arenada o'ynashi mumkin
07 avg 12:54
Yangiliklar


"Barselona" "Kamp Nou"ga qaytmoqda: klub kuzda yangilangan arenada o'ynashi mumkin
"Barselona" futbolchilari tez orada yana o'z stadionida o'ynash ehtimoli mavjud.
Klub sentyabr oyida "Kamp Nou"ga qaytishga umid bildirmoqda. "Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, shahar kengashi stadionni licenziyalash jarayoni boshlanishini maqullagan va maydonda vaqtinchalik chim o'rnatish bosqichi allaqachon yakunlangan.
Hozirda asosiy maydonni o'rnatish ishlari olib borilmoqda va rekonstrukciya ishlari belgilangan muddatda yakunlansa, jamoa kuz o'rtalarida yangilangan "Kamp Nou" stadionida to'p tepa boshlaydi.
Birinchi o'yinning aniq sanasi avgust oyida aniqlanadi. Stadion dastlabki o'yinlarda cheklangan sig'imga ega bo'ladi.
Arenani rekonstrukciya qilish 2022 yilda boshlangan. O'shandan beri "Barsa" uy uchrashuvlarini Lyuis Kompanis nomidagi Olimpiya stadionida o'tkazib keladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar