So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. Мбаппе ва Родригонинг голи "Реал"га меҳмонда "Алавес" устидан ғалабани тақдим этди  19 02:37А Серия. "Ювентус" меҳмонда "Болонья" устидан минимал ғалабага эришди  3 02:18Бутун дуне асабига ўйнаган вазир ёҳуд Мессининг Хиндистондаги "дўсти"  3 00:28Туркия Суперлигаси. Шомуродов тўпурарлик пойгасида етакчи бўлиб олди  6 00:06А Серия. "Интер" меҳмонда ғалабага эришди  1 23:58Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди  45 23:49Бундеслига. "Бавария" ва "Боруссия" рақибларини мағлуб эта олмади  1 23:05Хосеп Гвардиола АПЛда Алекс Фергюсоннинг рекордини янгилади  1 22:38"Тоттенхэм” испаниялик футболчи учун 70 млн евро таклиф қилди  0 22:10Саудия Арабистони шаҳзодаси "Барселона"ни сотиб олиши мумкин  21 21:39А Серия. "Наполи" меҳмонда "Удинезе"га мағлуб бўлди  1 21:09АПЛ. "Ман Сити" йирик ғалабага эришди, Ҳусанов захирада қолдирилди, "Тоттенхэм"да эса йирик ҳисобда мағлуб бўлди  37 20:10Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Трактор" ғалабага эришди, Ўрунов ва Ҳамробеков майдонда ҳаракат қилишди  1 19:31Ўзбекистонлик ҳакамлар “SEA Games Thailand 2025” мусобақасида фаолиятини давом эттиради  2 19:04А Серия. "Милан" 77-дақиқада тўп ўтказиб юборган ҳолда, ўз уйида "Сассуоло"ни мағлуб этолмади  8

Chipta narxi Jennifer Lopes koncertidan karrasiga arzonroq, shiddati esa yuqoriroq bo'lishi kutilayotgan o'yinga prevyu Yangiliklar

Chipta narxi Jennifer Lopes koncertidan karrasiga arzonroq, shiddati esa yuqoriroq bo'lishi kutilayotgan o'yinga prevyu

Bugun Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Andijon" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Turnir jadvalining qudratpeshvosi bo'lib turgan "Nasaf" ushbu turda ulkan muxlislar armiyasiga ega "Andijon"ni qabul qiladi. "Nasaf"ning qaynoq yozgi tanaffus chog'idagi "qaynoq" transferlari ikkinchi davraning ilk turida "muzlatgich" vazifasini o'tab berdi. Ehtimol, bo'lajak uchrashuvda ulardan jillaqursa bir nafarini baholash imkoniyati paydo bo'lar. Vodiy klubining yangi qizil liboslilari esa allaqachon jamoaga moslashishni boshladi. Jumladan, Qirg'iz Respublikasi darvozaboni Erjan Tokotaev o'tgan turning ramziy jamoasiga kiritildi. Biroq bu turda u darvoza chetidagi sochig'i bilan yuzidagi terlarini avvalgidan ko'proq artishiga to'g'ri keladi.

Ikki jamoa ham ikkinchi davrani Bazz Layter multqahramoni qiyofasidagi kayfiyatda boshladi. "Nasaf" Jizzaxda "So'g'diyona"ni qiyinchilik bilan mag'lub etgan bo'lsa, "Andijon" "Qo'qon-1912"ni ayab o'tirmadi.

Jamoalar Superliga doirasida o'zaro 47 marotaba to'qnash kelishgan bo'lib, ularning 28 tasida "Nasaf"ning qo'lib baland kelgan, 12 o'yinda tomonlar o'yindan so'ng o'zaro qo'l siqishgan bo'lsa, 7 bellashuvda qarshiliklar qarshilik qila olishmagan. Mazkur bahslarda "Nasaf" Benjamin Franklin surati aks etgan qog'ozda qayd etilgan son bilan baravar gol urgan bo'lsa, o'z davrozasidan shuning yarmidan sal ko'proq (52 marta) o'z darvozasidan to'p olib chiqqan.

Jamoalar joriy yil ikki marotaba to'qnash kelishga ulgurdi. Dastlabkisi – Superliga doirasida bo'lib, vodiydagi bellashuvda jamoalar bir-biriga bittadan to'p tuhfa qilishgandi. Ikkinchisi esa jiddiyroq – O'zbekiston Superkubogi bo'lib, unda Husayn Norchaevning penaltidan urgan golini o'yin taqdirini hal qilgandi. "Andijon" ushbu mag'lubiyat alamini olish uchun ham Qashqadaryoga tashrif buyurishi turgan gap.

Qolaversa, Maksim Shackix hozirgi qadar bosh murabbiy sifatida Ro'ziqul Berdiev jamoasini mag'lub eta olmagan. Ushbu seriya naq 8 o'yinni tashkil etadi.

Taxmin. Chipta narxi Jennifer Lopes koncertidan karrasiga arzonroq, shiddat jihatdan esa yuqoriroq bo'lishi kutilayotgan o'yinga tashrif buyurgan mezbon jamoa muxlislari 56 yoshli xonim tomoshasini tanlamagani uchun afsuslanmaydigan kayfiyatda stadionni tark etishsa kerak.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика