"Andijon"ning sloveniyalik legioneri qaerda?
07 avg 16:45
Yangiliklar
"Andijon"ning sloveniyalik legioneri qaerda?
U oxirgi bor 26 iyun kuni Superliga 14-turi doirasidagi "Xorazm" bilan o'yinda zaxiradan qo'shilib, bor-yo'g'i 11 daqiqa harakat qilgandi.
5 iyul kungi "Andijon" – "Bunyodkor" uchrashuvidan so'ng andijonliklar bosh murabbiyi Maksim Shackixdan "Altin Kreziu nega zaxirada qolyapti?", degan savolga quyidagicha javob bergan:
"Kim qanday ishlasa, shunga yarasha o'ynaydi. Bu haqida har kuni o'yinchilarga aytaman va buni ular yaxshi bilishadi. Bu normal jarayon deb hisoblayman. Mashg'ulotlarda borini berib mehnat qilish kerak. Boshqa yo'l ham yo'q".
Biz Kreziu haqida "Andijon" matbuot xizmatidan malumot so'radik va quyidagicha javob oldik.
"Altin Kreziuda biroz jarohat bor. Shuning uchun u jamoaga yordam berolmayapti", – dedi "Andijon" matbuot kotibi Shuhratbek Jo'raev.
23 yoshli Kreziu joriy mavsum "burgutlar" tarkibida 14 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar