Superliga. "Nasaf", "Dinamo", "Bunyodkor" va "Neftchi" mehmonda yutqazmayapti
07 avg 15:28
Yangiliklar


Superliga. "Nasaf", "Dinamo", "Bunyodkor" va "Neftchi" mehmonda yutqazmayapti
Chempionatning 17-turiga kelib turnir jadvalida hamon nol raqamlari borligini ko'rishimiz mumkin. Mehmonda qo'lga kiritilayotgan natijalarga etibor qaratamiz. Ayni paytga kelib faqatgina "Nasaf", "Dinamo", "Neftchi" va "Bunyodkor" safar uchrashuvlarida mag'lubiyatga uchragani yo'q.
"Buxoro" va "Xorazm" barcha uchrashuvlarini neytral maydonda o'tkazmoqda. Shunday bo'lsa-da, rasmiy jihatdan mezbon va mehmon maqomiga ajartish to'g'ri hisoblanadi. Bu yil raqib maydonida "So'g'diyona" va "Sho'rtan" g'alaba qozona olmayapti. Ivan Boshkovich shogirdlari 9 uchrashuvning 6 tasida mag'lubiyat, 3 tasida durang qayd etdi. G'uzorliklar esa 5 bor engilgan bo'lsa, 3 ta uchrashuvda bir ochkodan qo'lga kiritdi.
"Qo'qon-1912" mehmondagi 8 uchrashuvning 1 tasida g'alabani tantana qildi ("Bunyodkor", 2:1)
Oldinda mavsumning qolgan bahslari kutmoqda. Mavsum yakunida yuqoridagi ko'rsatkichlar yana o'zgarishi mumkin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
YENGILMAS JAMOA !!!!
NASAFGA O'XSHASHI YO'Q !!!!!